OCHIQ DARS ISHLANMA
Familiyasi
|
Nurboboyev
|
Ismi
|
Adham
|
Sharifi
|
Axmad o’g’li
|
Ish joyi
|
53 – umumiy o’rta ta’lim maktabi
|
Lavozimi
|
O’qituvchi
|
Tuman
|
Oqdaryo
|
Viloyat
|
Samarqand
|
Fan
|
O’zbekiston davlati va huquq asoslari
|
Sinf
|
8 – sinf
|
Mavzu
|
Davlat
|
O’quvchi soni
|
24 nafar
|
|
|
|
|
ANNOTATSIYA: O‘qitish metodlarini xilma – xillash, butun dars davomida o‘quvchilarda ishchanlik qobiliyatini saqlash uchun usullarni oqilona almashtirib turish bugungi kun o‘qituvchisidan ijodkorlik va tashabbuskorlikni talab qiladi. O`zbekiston davlati va huquqi asoslari darslarida o‘yinlar – o‘quv mashg‘ulotining faol usuli bo‘lib, bunday dars tashkil etishdan asosiy maqsad – darsda yuqori emotsional kayfiyatni yuzaga keltiruvchi o‘yin ruhiyatini uyg‘otishdir.
Dars ishlanmamga yangi pedagogik texnologiyalardan “Bilimdon sandig’i” o’yini, “Aqliy hujum”, “Mavzuga zamin” hamda “Guruhlarda ishlash” kabi metodlarni kiritdim.
“Mavzuga zamin” usuli orqali o’quvchilarni o’tilgan mavzuni mustahkamlashdan oldin, shu mavzu bo’yicha o’quvchilarni darsga tayyorlab, zamin hozirlab oladi, “Aqliy hujum” metodi orqali o’quvchilar fikrlash jarayonida uyg’unlikka erishishga, “Bilimdon sandig’i” o’yini o’quvchilar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalarini ko’proq eslab qolishga hamda “Guruhlarda ishlash” metodi orqali o’quvchilar o’rtasida bahamjihatlik bilan qaror qabul qilish va o’zaro hurmat tuyg’ularini shakllantirishga yordam beradi.
Dars yakunida xotirasi sustroq o’quvchilarni kichik matnlarni eslab qolishiga ko’maklashuvchi kartochkalar hamda dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilar faol o’quvchilarni rag’batlashtirish uchun mo’ljallangan rag’bat kartochkalar orqali rag’batlantirildi. Darsda xotirasi sust qisman faol qatnashgan o’quvchilarga “RAG’BAT” kartochkalar berib boriladi. “RAG’BAT” kartochkalarning bir tomoniga rasm va uning ikkinchi tomonida shu rasmga mos matn yoziladi. “RAG’BAT” kartochkalar yutib olgan o’quvchilardan kartochkada berilgan matnni o’qib hamda yodlab borish taklifi aytiladi. NATIJADA: o’quvchi “Rag’bat” kartochkalar olish bilan birgalikda darsdan tashqari qiziqarli ma’lumotlarni o’rganib boradi. Xotirasi sust o’quvchilar kichik matnlarni tez o’zlashtiradi va faollashuv jarayonini ko’rishimiz mumkin.
Yuqorida keltirib o’tilgan barcha metod va usullarni ish tajribamda sinab ko’rdim va yaxshi natijalarga erishdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |