KRIPTOGRAFIK PROTOKOLLAR VA ULARNING BARDOSHLILIGI
Rahmonov S.Sh. (TerDU, magistr)
Protokol – ikki yoki undan ko‘p tomonlarning birgalikda biror amaliy masalani yechish uchun qiladigan qadamlar ketma-ketligi. Barcha qadamlar qat’iy tartibda bajarilishi, ya’ni biror bir qadamdagi ish oxiriga yetkazilmasdan keyingisi amalga oshirilmasligi lozim.
Amalga oshiriladigan qadamlar ketma-ketligi ortida protokollarni qandaydir maqsadga erishishi ko‘zda tutilgan.
Har qanday protokolni quyidagi xossalarga ega bo‘lishi talab etiladi:
protokolda qatnashuvchi har bir tomon qadamlar ketma-ketligini oldindan bilishi kerak;
protokolda qatnashuvchi har bir tomon qadamlar ketma-ketligiga rozi bo‘lishi lozim;
protokol aniq va uning qadamlari tushunmovchiliklarga olib kelmasligi kerak;
protokol to‘liq bo‘lishi lozim (har qanday sharoitda ham qilinajak harakat aniq bo‘lishligi).
Asosi kriptografik algoritm hisoblangan protokollar kriptografik protokollar deb yuritiladi.
Kriptografik protokollarni foydalanishga ko‘ra quyidagicha sinflarga ajratish mumkin:
qatnashchilar o‘rtasida indentifikatsiyani ta’minlovchi protokollar;
generatsiya qilingan kalitni uzatish protokollari;
seans kalitni birgalikda generatsiya qilishni ta’minlovchi protokollar.
Sinflarga ajratilgan ushbu uchta kriptografik protokol ham umumiy bo‘lgan bitta qoidaga bo‘ysinadi.
Protokolda qatnashuvchi tomonlar protokolda aniqlangandan tashqari hech narsani bilishi yoki qilishlari mumkin emas.
Kriptografik protokollar asosan quyidagi turlarga bo‘linadi:
Simmetrik kalitli kriptografik algoritmlar yordamida maxfiy aloqani tashkil qiluvchi protokollar:
Asimmetrik kalitli algoritmlar yordamida maxfiy aloqani tashkil qilish protokollari.
Kriptografik protokollar (KP) quyidagi bir necha ishtirokchilardan tarkib topgan taqsimlangan algoritmdir: odamlar, kompyuter dasturlari, kompyuterlar va hisoblash komplekslari, ma’lumotlar bazasi, aloqa tarmoqlari, autentifikatsiya vositalari va boshqalar.
Har bir ishtirokchi tomonidan bajariladigan amal quyidagicha bo‘lishi mumkin:
boshqa ishtirokchi (yoki ishtirokchilarga) xabar yuborish;
boshqa ishtirokchidan xabar qabul qilish;
ichki amal, ya‘niishtirokchi amalga oshiradigan hisoblash ishlari.
Kriptografik protocol ishtirokchilari quyidagi 3 sinfga bo‘linadi:
qonuniy ishtirokchilar;
ishonchli vositachi;
buzg’unchi ishtirokchilar (passiv va aktiv buzg‘unchilar).
Kriptografik protokolning xossalari:
aniqlik;
xavfsizlik (yaxlitlik, maxfiylik);
turg’unlik;
samaradorlik;
adaptatsiya;
hujjatlashtirilganlik;
mobillilik va moslashuvchanlik.
Kriptografik protokollarning sinflanishi:
Ishtirokchilar soniga ko‘ra (ikki tomonlama, uch tomonlama, ko‘p tomonlama);
Yuboriladigan xabarlar soniga ko’ra (faqat bir tomonlama xabar yuboruvchi va o‘zaro xabar almashinuvi);
Belgilangan maqsadiga ko‘ra (xabar yaxlitligini ta’minlovchi, elektron raqamli imzo protokoli, identifikatsiyalash protokoli va kalitlarni taqsimlash protokollari).
Kriptografik protokollarning vazifalari:
Ma’lumotlar manbasining autentifikatsiyasi;
Tomonlar autentifikatsiyasi;
Ma’lumotlar maxfiyligi;
Rad etishning mumkin bo‘lmasligi;
Qabul qilganlikning isboti bilan rad etishning mumkin bo‘lmasligi;
Manbaning isboti bilan rad etishning mumkin bo‘lmasligi;
Ma’lumotlar yaxlitligi;
Qayta tiklashsiz ulanishning yaxlitligini ta’minlash;
Qayta tiklashli ulanishning yaxlitligini ta’minlash;
Foydalanishni chegaralash.
Kriptografik protokollarga qilinadigan asosiy hujumlar:
Ma’lum kalitlar bo‘yicha hujum;
Seansni takrorlash usuli bo‘yicha hujum;
O‘zini boshqa shaxs nomidan ko‘rsatish usuli bo‘yicha hujum;
Lug‘at bo‘yicha hujum;
Kanalga suqilib kirish usuli bo‘yicha hujum;
Protokolning obro‘sizlantirilishi.
Mazkur ishda kriptografik protokollar tahlil qilindi, keyingi tadqiqotlarda kriptografik protokollarga nisbatan amalga oshiriladigan hujum usullarini tadqiq qilish rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |