Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi



Download 73,21 Kb.
bet7/8
Sana26.03.2023
Hajmi73,21 Kb.
#921826
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pudrat shartnomasi (2).docx

XIII. Shartnomani bekor qilish
52. Buyurtmachi:
shartnoma kuchga kirgandan keyin qurilishning boshlanishi Buyurtmachiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Pudratchi tomonidan bir oydan koʻp vaqtga kechiktirilganda;
ishlarni tugatishning mazkur shartnomada belgilangan muddati Pudratchining aybi bilan bir oydan ortiq muddatga koʻpaygan holda, Pudratchi tomonidan ishlarni bajarish jadvaliga rioya etilmaganda;
Pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish meʼyorlari va qoidalarida nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
53. Pudratchi:
ishlarning bajarilishi Pudratchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyilganda;
Buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
54. Shartnoma bekor qilinganda Buyurtmachi va Pudratchining qoʻshma qaroriga koʻra tugallanmagan qurilish bir oy muddatda Buyurtmachiga beriladi, Buyurtmachi bajarilgan ishlar qiymatini Pudratchiga toʻlaydi.
55. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon mazkur boʻlim qoidasiga muvofiq ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.
56. Shartnoma bekor qilingan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani toʻlaydi.
57. Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida yoki mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


XIV. Tomonlarning mulkiy javobgarligi

58. Tomonlardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan taqdirda aybdor tomon:


ikkinchi tomonga yetkazilgan zararlarni qoplaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonun hujjatlarida hamda mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha javobgarlikka tortiladi.
59. Mazkur shartnomaga tegishli ilovalarda koʻrsatilgan oʻz majburiyatlariga rioya qilmaganligi, oʻz vaqtida moliyalashtirmaganligi va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni buzganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 15% foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar qiymatining 25% foizidan oshmasligi lozim.
Penya toʻlanishi Buyurtmachini shartnoma shartlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplashdan ozod qilmaydi.
60. Shartnomaga muvofiq bajarilgan ishlar hajmini tasdiqlashdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga oʻzi tasdiqlashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 10% foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
61. Pudratchi obyektni oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 15% foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi obyekt shartnomaviy joriy qiymatining 25% foizidan oshmasligi lozim.
Buyurtmachi tomonidan topilgan nuqsonlar va kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmagani uchun Pudratchi buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining 15% foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining 25% foizidan oshmasligi kerak.
Penya toʻlash Pudratchini ishlarni bajarishning yoki xizmatlar koʻrsatishning kechikishi tufayli yetkazilgan zararlarni qoplashdan ozod qilmaydi.
62. Agar bajarilgan ishlar sifati belgilangan standartlarga, qurilish meʼyorlari va qoidalariga, ish hujjatlariga muvofiq boʻlmasa, u holda Buyurtmachi “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasining xulosasi asosida obyektni qabul qilish va uning uchun haq toʻlashdan bosh tortishi, shuningdek Pudratchidan sifati zarur darajada boʻlmagan ishlar qiymatining 5% foizi miqdorida jarima undirish huquqiga ega.
63. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur moddada nazarda tutilgan jazolardan tashqari shartnomani buzgan tomon ikkinchi tomonga boshqa tomon tarafidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yoʻqotilishi yoki shikastlanishida, shu jumladan boy berilgan foydada ifodalanadigan penya bilan qoplanmagan zararlarni qoplaydi.
64. Muddat oʻtkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning boshqacha tarzda zarur darajada bajarilmaganligi uchun penya toʻlash tomonlarni ushbu majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

Download 73,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish