Biz object oriented dasturlash haqida gapira turib, ma’lum bir obyektga tegishli bo’lgan xususiyatlar va metodlarni bitta konteynerga joylaymiz dedik. Bu jarayon inkapsulyatsiya (ya’ni kapsulaga solish) deb ataladi. Inkapsulyatsiya bizga klasslar yaratishga va keyinchalik bu klasslardan boshqa obyektlarni yaratishga yordam beradi.
Abstraktsiya yordamida biz kodimizning ichki tuzilishini yashiramiz. Ya’ni, tashqaridan qaraganda obyektimiz 2 ta parameter va 2 ta metoddan iborat bo’lishi mumkin, lekin obyekt to’g’ri ishlashi uchun uning ichida o’nlab boshqa o’zgaruvchilar va funksiyalar yashirin bo’ladi. Klassdan foydalanishda esa uning ichki tuzilishi va qanday ishlashini bilish talab qilinmaydi. Bu o’zimizga ham boshqa dasturchilarga ham bu klassdan foydalanishda qulayliklar yaratadi.
Abstraktsiya
Do'stlaringiz bilan baham: |