4-varinat
1. Geologiya hulosalarini olish
Har qanday ob'ektni muhandislik-geologik tadqiqotlar loyihalash va qurishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Muhandislik-
geologik tadqiqot ishlari ob'ekt turiga (sanoat korxonasi, uy-joy, avtomobil yo'llari va boshqalar) bog'liqdir. Shuning uchun, ob'ektning
har bir turi uchun tadqiqotlar o'ziga xosligi, o'ziga xos xususiyatlariga ega, ammo barcha tadqiqotlar umumiy standartga ega.
Muhandislik-geologik tadqiqotlar natijalari hisobot shaklida loyiha tashkilotiga taqdim etiladi. Hisobotlar
muhandis loyihachi
uchun muhandislik-geologik tadqiqotlar natijalarining asosiy ma’lumotlar bo'yicha materiallarni o'zida jamlagan bo‘lishi kerak:
Ob'ektni qurish uchun yer maydonini umumiy yaroqliligini baholash;
Zamin va poydevorlarni loyihalash uchun barcha geologik materiallar jamlangan bo‘lishi;
Ob'ektdan mumkin bo'lgan dinamik ta'sirlarning zaminning sezuvchanligini baholash;
Geologik muhitning o‘zgarishi va bu o‘zgarish ob'ektning kelajakdagi barqarorligiga ta'siri;
Yer osti suvlarining to'liq tavsifi;
Zamin bo'yicha barcha ma'lumotlar, shuningdek, yer ishlarini bajarish qiyinchiligi bo‘yicha xarakteristikasi;
Kelajakda quriladigan ob'ektning tabiiy muhitga ta'siri haqida ma'lumot.
Tadqiqot tarkibiga quyidagilar kiradi:
muhandislik-geologik tadqiqotlar; qidiruv ishlari va geofizika ishlari; dala sharoitidagi tajribalari, grunt va er osti suvlari bo'yicha
ishlar; laboratoriya tadqiqot ishlari va muhandislik-geologik hisobotni tayyorlash ishlaridan iboratdir.
Ko'pgina hollarda yer maydoni murakkab, o'ziga xos sharoitlar bilan ajralib turadi. Bu qo'shimcha ishlarni talab qiladi, tarkibi va
mazmuni yer maydoni sharoitlarining xususiyatlariga bog'liq. Bunday sharoitlarga yer maydonining zilzilaviy hududda joylashganligi,
botqoq yerlari, texnogen ifloslangan yerlar, ko'chki ehtimoli bor yerlar, shuningdek, doimiy muzlangan yerlar, cho‘kuvchan gruntdan
tashkil topgan yerlar kiradi.
Geologik qidiruv ishlari poydevorning joylashishiga qarab — binoning perimetri yoki o'qi bo'ylab namunalar olinadi.
Namunalar orasidagi taxminiy masofalar, m
Binoning turi
Geologik sharoitlar
oddiy
o'rtacha
murakkab
Bir qavatli
60
30
7-15
Ko‘p qavatli
30
15
7
Tadqiqot ishlarida namunalarning chuqurligi geologik sharoitning xususiyatlari va murakkabligiga bog'liq. Qurilish
maydonchasi yer qatlamining bir jinsli (loy, supes, suglinok va hokazo) yoki kamroq qatlamlaridan iborat bo'lsa, namuna olish
chuqurligi bir yarim-ikki barobar kenglikga teng, ammo kamida 6-8 m bo‘lishi kerak. Agar murakkab geologik sharoit bo‘lsa ularning
chuqurligi 20-25 m yoki undan ham ko'proq bo'ladi.
Qurilish maydonida
b(suv bilan to'yingan qum, loy va boshqalar) namuna quduqlaridan 2-3 m chuqurlikda olinsa yetarli
hisoblanadi.
Oriyentirovochnыe glubinы skvajin, m
Binoning eni, m
Qavatlar soni