Abstraktsiya o'zi nima?
Abstraktsiya obyektga yo'naltirilgan dasturlash (OOP) tillarining asosiy tushunchalaridan biridir. Uning asosiy maqsadi foydalanuvchidan keraksiz ma'lumotlarni yashirish orqali murakkablikni boshqarishdir. Bu foydalanuvchiga barcha yashirin murakkablikni tushunmasdan, undan foydalanishga imkon yaratadi.
Abstraktsiya faqatgina dasturlashga taaluqli bo'lgan tushuncha emas, uni real hayotimizda ham ko'p javhalarda kuzatishimiz mumkin. Keling bo'lmasa, abstraktsiya tushunchasini, kundalik hayotimizda uchrab turadigan bankomatlardan pul yechish mavzusiga bog'lab ko'ramiz.
Abstraktsiya va bankomatdan pul olish
Tasavvur qiling siz talabasiz va bugun sizning bank kartangizga stipendiya tushdi. O'zingizni - o'zingiz mehmon qilish maqsadida, kartadagi mablag'ni naqd ko'rinishga keltirish uchun bankomatga tashrif buyurdingiz. Bankomatdan o'zingizga kerakli bo'lgan summani belgilab, uni naqd ko'rinishida qabul qilib oldingiz.
Ushbu jarayonda siz bilishingiz kerak bo'lgan ish bu - bankomat aparatiga kartani solib, yechilgan pulni qabul qilish. Sizga bankomat aparati o'zi qanday ishlaydi va pulni naqdlash jarayoni qanday bo'ladi - bu ahamiyatsiz. Kimdir bundan xavotirlanib, bankomat aparatini yaratdi, endi u abstrakt vazifasini bajaradi va sizga taaluqli bo'lmagan tafsilotlarni yashiradi. Siz shunchaki ichki dastur haqida hech qanday bilim talab qilmaydigan oddiy interfeys bilan o'zaro aloqada bo'lasiz.
Dasturlashda ham shu kabi tushunchalar o'rinli. Endigi navbatda C# dasturlash tilidan foydalanib mavzuni yanayam mustahkamlaymiz.
C# dasturlash tilida abstraktsiya
Abstraktsiya tushunchasi asosan sinf va metodlar uchun foydalaniladi va abstract kalit so'zi yordamida quriladi.
Abstrakt sinf- bu sodda qilib aytganda cheklangan sinf. Ya'ni undan obyekt olish taqiqlangan. Unga kirish uchun, undan voris sinf olish lozim.
Abstrakt metod - bu tanasi mavjud bo'lmagan, hamda faqatgina abstrakt sinfda ishlovchi metod hisoblanadi. Uni tanasi esa, voris sinfda taqdim etiladi.
Yuqorida aytilgan fikrlarni hisobga olsak, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari quyidagicha masalalarni hal qilishi mumkin:
1. An’anaviy dasturlash tillarida mavjud bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf qilish;
2. An’anaviy dasturlash tillari yordamida yechib bo‘lmaydigan yoki juda katta qiyinchiliklar bilan yechilishi mumkin bo‘lgan masalalarni hal qilish;
3. Qayta ishlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar va ularning tiplari doirasi an’anaviy dasturlash tillariga nisbatan ancha keng;
4. Foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan muloqot interfeysini yaratish;
5. Kiritilayotgan va chiqarilayotgan turli tipdagi ma’lumotlarni nazorat qilish;
6. Yangi tipdagi ma’lumotlar, klasslar va modullarni osongina tashkil etish va ma’lumotlarni nazorat qilish;
7. Multimedia va animatsion vositalaridan foydalanib, turli darajadagi tovushli va xarakatli effektlarni hosil qilish va qayta ishlash;
8. Ma’lumotlar bazasi va undagi ma’lumotlar ustida amallarni bajarish, SQL so‘rovnomalari yordamida ma’lumotlarni qidirib topish kabi masalalar juda osonlik bilan hal qilish;
9. OLE konteyneri yordamida WINDOWS muhiti uchun mo‘ljallangan ilovalardagi ob’eklar bilan ishlash;
10. Foydalanuvchilar uchun yaratilgan dasturiy ta’minotdan foydalanish uchun yordamchi ma’lumotnomalar tizimini yaratish;
11. Dasturiy ta’minotni boshqa kompьyuterlarga ko‘chirish uchun o‘rnatuvchi disklarni yaratish;
12. Dastur matnini tashkil qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatoliklar bilan ishlash masalasini hal qilish va x.k.
Ko‘rinib turibdiki, echilayotgan masalalarni an’anaviy dasturlash tillari yordamida echishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kattakon bo‘shliqni ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari to‘ldiradi hamda zamonaviy dasturlashning ko‘plab talablariga javob beradi.
dawdawd
Do'stlaringiz bilan baham: |