O'bekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar


partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini partiyalarning fraksiyalarida



Download 48,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana04.03.2022
Hajmi48,86 Kb.
#482243
1   2   3
Bog'liq
O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar


partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini partiyalarning fraksiyalarida 
oldindan ko‘rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida huquqiy hujjatlar 


loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini albatta eshitish amaliyoti 
shakllandi.
3.O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. 
Ko‘ppartiyaviylik – jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat 
yuritishidir. Bu holat demokratik yo‘lga kirgan davlat va jamiyatlarga xos 
hisoblanib, jamiyat taraqqiyoti fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi. Jamiyatda siyosiy 
partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi demokratik huquqiy davlat barpo 
etishning asosiy garovidir.
Hozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri 
saylovlarning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishidir. Mustaqillik davrida tashkil 
topgan ilk siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 
1991-yilning noyabrida asos solindi. Uning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj 
aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur partiya tashkil 
tilganidan hozirgi kunga qadar besh marotaba Prezident saylovlarida hamda 
parlament saylovlarida ishtirok etib, parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga 
erishdi.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga ega 
partiyalardan yana biri O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bo‘ldi. Ushbu 
partiya 1992-yil tashkil topgan. 1999-yili “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi 
ta’sis etildi. U O‘zbekiston fidokorlar maqsadlari va intilishlarini qo‘llab-
quvvatlaydigan siyosiy uyushma sifatida dunyoga keldi. 2000-yil aprelda “Vatan 
taraqqiyoti” partiyasi va “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasining qo‘shma 
qurultoyi bo‘lib, unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi 
muhokama qilindi, ularning birlashib ishlashlari maqsadga muvofiq degan xulosa 
asosida ikkita partiya birlashdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu –
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidir. U 1995-yil fevralda 
tuzilgan. Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy 
muammolarni hal etishga qaratilgan. Partiya shuning uchun ham rivojlangan 
mamlakatlardagi sotsial-demokratik yo‘nalishdagi partiyalar bilan aloqalarni 
yo‘lga qo‘yishga va xalqaro sotsial-demokratik harakatlarda faol ishtirok etishga 
intilmoqda. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘rta sinf va 
ehtiyojmand aholi tabaqasiga tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini 
ifodalashga intiladi.


Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri – bu O‘zbekiston Milliy 
tiklanish demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995-yili iyunda tuzilgan. 
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsadvazifasi
milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. 2008-yil iyunda O‘zbekiston 
“Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish”
demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib, unda O‘zbekiston “Milliy 
tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini 
birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Qurultoyda partiyalarning maqsadli 
dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra birbiriga yaqinligi ta’kidlandi va 
ular birlashtirildi.
O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston 
Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan. 
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot sifatida 
mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, 
ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, 
ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. O‘zbekiston
Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi faoliyatiga nazar 
tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratilganini 
ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Siyosiy 
Download 48,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish