O'bekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar


partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi



Download 48,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana04.03.2022
Hajmi48,86 Kb.
#482243
1   2   3
Bog'liq
O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar


partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 
qonunlar hamda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish 
hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini 
kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni shular jumlasidandir.Tabiiyki, 
siyosiy partiyalarning jamiyatda qanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi 
asosiy mezon – bu ularning davlat hokimiyati. vakillik organlariga bo‘ladigan 
saylovlarda qanday natijalarga erishganligi hisoblanadi.
O‘zbekiston ekologik harakati. 2008-yil O‘zbekiston Respublikasining “Saylov 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish haqida”gi qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga besh yil muddatga 135 deputat saylanib, 
Qonunchilik palatasining 15 deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki 
qurultoyidan saylanishi belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning 
Qonunchilik palatasidagi deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi. 
O‘zbekiston ekologik harakati 2008-yil avgustda tashkil topgan. O‘zbekiston 
ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay 
atrof-muhit sharoitida yashashi, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy 
resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda 
ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini 


yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga 
qaratgan.
4.Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda nodavlat 
notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi 
ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va sud himoyasining 
samaradorligini oshirish mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilishning asosiy 
vazifalari bo‘lib, sudlarni har tomonlama mustaqil, o‘zini o‘zi moddiy-texnik 
jihatidan ta’minlash va moliyalashtirish darajasiga ko‘tarishni nazarda tutadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda Uzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va 
moliyaviy ta’minlash departamentining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini 
moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va 
vakolatlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tasarrufiga o‘tkazish alohida o‘rin 
egallaydi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 
fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan 
takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi PF-4966-son Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi, ularning shtat 
birliklari tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Ijtimoiy sheriklik – davlat tuzilmalari, tadbirkorlik sub’ektlari va jamoat 
birlashmalarining o‘zaro manfaatli uchburchagidir. Ularning hamkorligi 
qanchalik kuchaysa, jamiyat shunchalik kuchayadi. Fuqarolik jamiyati 
jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi, odamlarga milliy umuminsoniy qadriyatlarga 
rioya qilish, ijtimoiylashuv va tarbiyalashuvga qaratilgan, barcha uchun foydali 
yechimlarni taklif qiladi.
Ijtimoiy 
sheriklikni 
davlat 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash 
turlari 
quyidagilardan iborat: nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining 
boshqa institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlash; nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlariga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik hamda 
jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qonun 
hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berish; nodavlat notijorat tashkilotlariga va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va 


ijtimoiy buyurtmalari berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni 
moliyalashtirish.
Yollanma xodimlar va ish beruvchilargina mohiyatan ijtimoiy hamkorlar 
sanaladi, degan fikrlar ham mavjud. Shu sababli ijtimoiy-mehnat munosabatlarini 
tartibga solish davlatning aralashuvisiz, ya’ni bu munosabatlar ishtirokchilari 
o‘rtasida shartnoma erkinligi bilan yangi yaxshi darajada ta’minlanadi. Faqat 
istisno hollardagina davlat ularga oliy darajadagi hakam rolida yordamga kelishi 
mumkin.
Biroq davlatning haddan tashqari aralashuviga ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo‘lish lozim. Mamlakatning tarixiy tajribalari va xalqaro 
amaliyotning ko‘rsatishicha, ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida davlat 
vasiylik qilishi, boz ustiga, ma’muriy buyruqbozlik – juda ham zarar keltiradigan 
holat hisoblanadi.
Ijtimoiy sheriklik sharoitlarida davlatning roli mehnat va ijtimoiy 
qonunchilikni ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi paytda ijtimoiy sheriklikning 
huquqiy asoslari mamlakatda rivojlanib bormoqda. Xususan, davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro munosabatlariga doir turli masalalar 
mamlakatimizning 30 ta qonuni va yuzdan ortiq boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarida mustahkamlangan. Ular avvalo, Konstitutsiya, “Ijtimoiy sheriklik 
to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, 
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”, 
“Homiylik to‘g‘risida” va “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari 
to‘g‘risida”gi qonunlar bo‘lib, ularga muvofiq davlat hokimiyati organlari o‘z 
vakolatlari doirasida nodavlat notijorat tashkilotlarini turli shakllarda qo‘llab-
quvvatlashi mumkin.
O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni 
demokratlashtirishdagi o‘rni
Fuqarolar shaharchalarda, qishloqlarda, ovullarda, shuningdek, shaharlardagi, 
shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi hamda harbiy shaharchalardagi 
mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini 
fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘ini majlislari 
(fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari) orqali amalga oshiradi.


Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va 
ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, bevosita yoki o‘zlarining saylanadigan vakillari 
orqali o‘zini o‘zi boshqarishda teng huquqlarga ega.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlari va 
tashkilotlari, hamda ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari 
quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat;
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda mustaqillik;
jamoaviylik, aholi oldida hisobdorlik;
jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam;
ijtimoiy sheriklik;
mahalliy urf-odatlar va an’analarni hisobga olish.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi O‘zbekistonning butun hududida amalga 
oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, shaharlardagi, 
shaharchalardagi, 
qishloqlardagi 
hamda 
ovullardagi 
hamda 
harbiy 
shaharchalardagi mahallalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishining hududiy 
birliklaridir.
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlari, shuningdek, 
shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi hamda harbiy 
shaharchalardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlaridir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari 
tizimiga kirmaydi va qonun hujjatlari bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli 
hudud doirasida amalga oshiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda Davlat xizmatlari markazlarida hisobga olingan kundan e’tiboran yuridik 
shaxs maqomiga hamda o‘z nomi yozilgan muhrga va bankda o‘z 
hisobraqamlariga ega bo‘ladi.
Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud 
doirasida amal qiladigan qarorlar qabul qiladi.


Fuqarolar yig‘ini faoliyatini fuqarolar yig‘inining kengashi hamda raisi (oqsoqoli) 
tashkil etadi.
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va 
himoya qilish. 
Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan davr 
mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib borayotgani, 
qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo 
etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji 
tug‘ilmoqda.
Qisqacha aytganda, biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, 
ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, 
iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va 
jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimizga 
bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berishimiz tabiiydir.
Ma’lumki, O‘zbekiston 1991 yili o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng umrini 
o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz 
kechib, «o‘zbek modeli» deb nom olgan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.
Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan ushbu modelning 
ma’no-mazmuni – davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o‘zgartirish 
va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini 
ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar 
tashabbuskori bo‘lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini 
ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va 
izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya’ni «shok terapiyasi» yo‘li bilan amalga 
oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olganimiz 
tufayli xalqimizni qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy 


va ijtimoiy to‘fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo‘lganimizni bugun hayotning 
o‘zi tasdiqlab bermoqda.
Izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining 
barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan 
yangilanish va o‘zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish 
yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, Xalqaro valyuta 
jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya 
tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida 
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga 
hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real daromadlari 3,8 barobarni tashkil 
etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan 
marralar – aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat 
xarajatlarining 5 barobar ko‘paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda 
yaxshilangani va buning natijasida onalar o‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar 
o‘limi 3 barobar kamaygani, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 
yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga yetganini 
mamnuniyat bilan ta’kidlasak arziydi, deb o‘ylayman.
2008-2010 yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish 
sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarish pasaygan bir vaqtda 
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foizni, 2009 
yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga yetishi 
kutilayotgani, kelgusi 2011 yilda esa 8,3 foiz darajasida bo‘lishi belgilab 
berilayotgani ko‘pgina xalqaro tuzilmalar, ekspert va mutaxassislarda katta 
qiziqish uyg‘otmoqda.
Dunyoda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi qarzlari ko‘payib 
borayotgani jiddiy xavotir tug‘dirayotgan bir paytda O‘zbekistonning tashqi qarzi 
yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan oshmaydi, davlat byudjeti esa so‘nggi besh 
yilda profitsit bilan bajarilmoqda.
1992 yil dekabr oyida qabul qilingan, mamlakatimizning demokratik taraqqiyotini 
ta’minlash va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplarini belgilab 
bergan konstitutsiyamizning qoida va normalariga tayanish alohida ahamiyat 
kasb etadi. Bu boradagi ishlarimiz 2001 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan keyingi 10 yil 
davomida yanada faollashib, ko‘lami va miqyosi tobora kengayib bormoqda.
Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‘yicha 2002 yil 27 
yanvarda o‘tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda «Referendum yakunlari 
hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi 


konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni 
tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o‘z vakolatlarini 
amalga oshirish jarayonida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini 
shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat 
va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada 
tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil 
topgan yuqori palata – Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishi, quyi – 
Qonunchilik palatasi esa o‘z faoliyatini doimiy professional asosda amalga 
oshirishi hisobga olinganini aytib o‘tish lozim.
Ta’kidlash kerakki, milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi parlament va 
uning har bir palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari aniq 
belgilab berilgan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi 
konstitutsiyaviy qonunlarning 2003 yilda qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb 
etdi.
2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasidan mamlakatimiz Birinchi 
Prezidenti bir vaqtning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanini 
belgilaydigan normaning chiqarilishi ushbu davrdagi muhim siyosiy-huquqiy 
voqealardan biri bo‘ldi. Bugungi kunda konstitutsiyamizning 89-moddasida 
«O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati 
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini 
ta’minlaydi» degan qoida belgilab qo‘yilgan.
Ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti egallab turgan Vazirlar Mahkamasi raisi 
lavozimining tugatilishi ham liberallashtirish va demokratlashtirish yo‘lida 
muhim qadam bo‘ldi. Qabul qilingan qonunlarga muvofiq endilikda Bosh vazir 
nafaqat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi, balki unga rahbarlik qiladi 
va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasi 
majlislariga raislik qiladi, hukumat hujjatlarini imzolaydi, davlat va xo‘jalik 
boshqaruvi masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Hozirgi paytda mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy 
ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish 
jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora 
mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta sub’ekti, ya’ni davlat boshlig‘i 
bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi 
vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shart-
sharoitlarni yuzaga keltirmoqda.


Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 98-
moddasini quyidagi tahrirda bayon etish taklif qilinadi:
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga 
oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan 
iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi 
tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali 
faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari 
ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston 
Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy 
bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar
Davlat boshqaruv tizimida qanday o‘zgarishlar qilindi?
Hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi deganda nimani tushunasiz?
Ko‘ppartiyaviylikni jamiyat va davlat rivojlanishidagi o‘rni qanday? 
O‘zbekistonda qanday partiyalar faoliyat olib bormoqda va ularning dasturiy 
maqsadlarida nima ko‘zga tashlanadi?
Parlament sohasida qanday islohotlar amalga oshirildi?
Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar jamiyat taraqqiyotiga 
qanday ta’sir etadi?
Nodavlat notijorat tashkilotlarning jamiyat rivojlanishiga qanday ta’sir qiladi?
O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni 
demokratlashtirishdagi o‘rnini qanday bahol.

Download 48,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish