O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti


Jadidlar qarashlarida ma’rifiy-demokratik tamoyillar



Download 2,27 Mb.
bet30/241
Sana08.07.2021
Hajmi2,27 Mb.
#112973
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   241
Bog'liq
O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sh

Jadidlar qarashlarida ma’rifiy-demokratik tamoyillar. Turkiston milliy davlat mustaqilligi uchun kurashda ozodlik harakatlarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda shart-sharoitlarini siyosiy jihatdan tahliliga e’tibor qaratish lozim.

Bunda Jadidlarning mustaqillik uchun kurash g‘oyalarining vujudga kelishi nazarda tutiladi. Millat ozod bo‘lib, o‘zining mustaqil davlatini o‘rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo‘lmasligi Behbudiy kelgan birinchi xulosalardan edi1. Ayni paytda, bunday g‘oya milliy istiqlolchilik harakatining asosini tashkil etgan.

Jadidchilar asosiy e’tiborini jamiyatda ma’naviyatni rivojlantirishga qaratadilar. Ular yangi usuldagi maktablarni tashkil etish, gazetalar chiqarish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini nashr ettirish, g‘arbning yangi madaniyat va texnologiya uslubiyatlarini joriy etish zaruriyatini hamda uni Turkistonda targ‘ib etish orqali milliy-dunyoviy ta’limni yuzaga keltirish, ma’naviy hayotni yangilash va boyitish orqali milliy o‘zlikni anglashni yuksaltirishga zamin yaratishga intilganlar. Bunday siyosiy yondashuv bevosita jamiyatda adolatli-demokratik davlat qurilishining asoslarini rivojlanishiga xizmat qiladigan nazariy omillar ekanligini e’tirof etmasdan bo‘lmaydi. Albatta, ular demokratiyaning tom ma’nodagi ko‘rinishlaridan uzoqda bo‘lganlar.

Turkistonda mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash va uning ijtimoiy-siyosiy asoslarini yorituvchi manbalar Munavvarqori Abdurashidxon o‘g‘li2, Behbudiy, Fitrat, Avloniy3, Huvaydo va boshqa asarlarda o‘z ifodasini topgan.

O‘z davrida jadidlar milliy-madaniy muxtoriyat qurilishi tamoyillarini ulkan rivojlantirishning amaliy dasturlarni, Turkistonda davlatchilik shakli va uni boshqarish vakolatlari, barcha sohalar bo‘yicha qonunlarni joriy etish, sud organlarini tashkil qilish, davlat tuzilmalarini yaratish kabi masalalariga katta e’tibor bergan. Ammo, shu davr siyosiy sharoiti hamda yerli xalqning tushunchasida Turkistonda mustaqil demokratik jamiyat qurish to‘g‘risidagi qarashlari bir muncha cheklanganligini ko‘ramiz. Behbudiyning “Turkiston madaniy muxtoriyati loyihasi”4 dasturida to‘la mustaqil demokratik jamiyat to‘g‘risida emas, davlatning avtonomiya shakli nazarda tutiladi. 1917 yildagi Umumturkiston musulmonlarining qurultoyida ham davlatchilik qurilishi to‘g‘risidagi qarashlarda demokratik yoki federativ shakllari to‘g‘risida bahs olib boriladi. Ammo, ularning demokratiya va federatsiya to‘g‘risidagi qarashlari ham aslida konstitusion monarxiya tuzumidan tashqariga chiqib ketolmaydi.1

Aynan shu davr voqea-hodisalari bayoni, tafsilotlari hamda muvaffiqiyatsizlikning sabablariga M.Chuqay “Istiqlol jallodlari” asarida qo‘yidagicha ta’rif beradi: «Birinchidan, ob’ektiv omillar: ...Biz kurashga o‘zimiz tanlagan fursatda emas, Rusiya inqilobi jarayonini keltirib chiqargan vaziyat ijoboti bilan kirishdik. Ikkinchidan, sub’ektiv, ya’ni o‘zimizdan bo‘lgan omillar: Milliy manfaatlar yo‘lida kurashish lozimligini bilganlari holda turkistonliklar o‘zaro kuchli birlik qura olmadilar va bunga ulgurmadilar»2.

Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi, uning siyosiy faoliyati, so‘ngra inqirozi masalalari mamlakatimizning bir qator olimlari asarlarida o‘z ifodasini topgan3.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish