Birinchidan, bugun dunyoda demokratiya, demokratik jamiyat to‘g‘risida muayyan mo‘’tadillashgan ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqilgan. Ularda demokratik jamiyatning qiyofasi, asoslari, yashash va rivojlanishining umume’tirof etilgan qonuniyatlari hamda uning har bir davlat, xalqning milliy-ma’naviy xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlari tobora keng miqyosda o‘z ifodasini topmoqda.
Bugungi kunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar umumbashariy va milliy qadriyat sifatida barpo qilinganligi e’tirof etilmoqda. Aynan hozirgi davrga kelib, demokratiya insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo‘li ekanini deyarli barcha e’tirof etayotganligi va uning jahoniy ko‘lam kasb qilayotganligi demokratiyani fan sifatida o‘rganishni taqozo etayotgan sabablardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |