Uchinchi bosqich, ya’ni 1996–1998 yillarda nazorat paketlari davlat mulki shaklida saqlanib kelayotgan yirik korxona va tarmoqlar isloh qilindi. Bunda Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan xususiylashtirishga jalb etilmaydigan ob’ektlar ro‘yxati belgilandi. Ularga suvdan foydalanish ob’ektlari, melioratsiya tarmoqlari, muzeylar, sanepidemstansiyalar, statistik va harbiy ahamiyatdagi byudjet jamg‘armalari kiritildi.
To‘rtinchi bosqich (1998 yil oxiridan) xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni davlat byudjetiga safarbar etish va hokazolarni amalga oshirmoqda. Masalan, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘ 2004 yilda 78,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi2.
2007 yilning boshida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining soni qariyb 350 mingtaga yetdi yoki 2000 yilga nisbatan 2,3 marta ko‘paydi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi mahsulot (YaIM)dagi ulushi 42,1 foizni tashkil etmoqda. 2006 yilda YaIM 7,3 foizga o‘sdi. Ishlab chiqarish hajmining sanoatda 10,8, qishloq xo‘jaligida 6,2 foizga oshgani, investisiyalarning 11,4, qurilish-pudrat ishlarining 12,8, xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘rsatkichlarning 19,5 foizga o‘sgani iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillari bo‘lib xizmat qildi.
Hozirgi paytda (2007 yil) respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda va ularda slkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda1.
“O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish vazifasi belgilandi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu borada Prezident I.A.Karimov “O‘zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekanmiz, shuni ta’kidlashni istardimki, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish yo‘li o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlarning asosiy bog‘lovchi bo‘g‘iniga aylandi”,41 – deb ta’kidlaganlar.
Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish esa demokratik jamiyat qurilishining asosi sifatida uning iqtisodiy negizlarini mustahkamlashni ta’minlaydi. Uning natijasida jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni kafolotlovchi, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi amalda o‘rta mulkdorlar sinfi shakllanadi.
Demokratik jamiyatga xos bo‘lgan tadbirkorlikning rivojlantirilishi, iqtisodiyot tarkibiy o‘zgarishlarning birgalikda amalgaoshirilishi tufayli O‘zbekiston 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tdi. BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) buyurtmasiga ko‘ra markaziy va Sharqiy Yevropa hamda MDH mamlakatlarida aholining ijtimoiy farovonligini tadqiq qilish ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning amaldagi o‘sishi 2002 yilda 1989 yilga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi. Ayni paytda Moldovada bu ko‘rsatkich 38,4%, Rossiyada 64,3%, Qozog‘istonda 85,6% ni tashkil etgan2.
Mamlakatda iqtisodiy o‘sishga erishganlik oqibatida aholini ijtimoiy himoya qilishga va ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan xarajatlarning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 1997 yildagi 44,7 % dan 2003 yilda 46,1 % ga o‘sgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga mahallalar berilayotgan bir oylik moddiy yordam miqdori 1996-2002 yillarda 13,6 barobarga, bolali oilalarning bolalariga berilayotgan nafaqaning o‘rtacha oylik miqdori esa 20 barobardan ziyodga ko‘paydi3. «Obod mahalla» yilida qabul qilingan dastur asosida 1 milliard 200 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatilgan. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat tomonidan nafaqa tayinlandi. Shuningdek, 180 mingta kam ta’minlangan oilaga qariyb 14 milliard so‘m miqdorida yordam ko‘rsatilgan4.
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimi qayta ko‘rib chiqildi. Valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi va milliy valyutamiz – so‘m 2003 yil 15 oktyabrdan joriy to‘lovlar bo‘yicha erkin almashuvi amalga oshirila boshlandi.
Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish jarayonlari mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurishlishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda amalga oshirilishi oqibatida uning demokratik jamiyat qurishdagi rolini va ahamiyatini yanada kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |