O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi hamda siyosiy hayotni erkinlashtirish masalalari. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1999 yil 14 aprelda Oliy Majlis 14-sessiyasida"gi "O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda" ma’ruzasida XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatni rivojlantirish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning 6 ta ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan edi. Birinchi ustuvor yo‘nalish mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish masalasini qo‘ydi. Shundan so‘ng 2000 yil 28 yanvarda Oliy Majlis 1-sessiyasidagi ma’ruzasida Siyosiy sohada mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning bir qator yo‘nalish va vazifalarini bayon etdi. Siyosiy sohadagi islohotlar: 1) fuqarolar siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish, inson o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish; 2) o‘z fikrini erkin ifoda etishi; 3) ko‘ppartiyaviylikni qaror toptirish; 4) nodavlat tuzilmalar, jamoat birlashmalari faoliyatini oshirish; 5) siyosiy ong, siyosiy madaniyat, siyosiy faollikni ko‘tarish fuqarolik jamiyatining o‘zagi; 6) jamiyatda fikrlar xilma-xilligini yuzaga keltirish; 7) inson huquqlari va erkinliklari masalasini bayon etdi.
Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida hokimiyat tuzilmalarining bo‘linish prinsipini isloh qilish, ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, kadrlar masalasi bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi.
"Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" tamoyili fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo‘lib, nodavlat va jamoat tashkilotlari rolini kuchaytirish kerak bo‘ladi. Buning uchun esa, davlat hokimiyati organlarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish zarur. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida, ayniqsa 2000 yildan keyingi davrlarda 2006 yilgacha bo‘lgan davrda bu masala davlat siyosatining markazida bo‘ldi.
1. Davlat qurilishi va boshqaquvi sohasidagi eng muhim vazifa bu qonunchilik hokimiyati - mamlakat Parlamentining roli va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib, barqaror muvozanatga erishishdan iborat. Prezidentimiz I.Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma yig‘ilidida "Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir" ma’ruzasida chuqur tahlil qilib berdi. Bunda: 1) Prezident vakolatlarining bir qismini Senatga va hukumatga o‘tkazish Konunchilik palatasini shakllantirib uning huquqlarini kengaytirish; 2) Bosh vazir, mamlakat huqumatining rolini, mas’uliyatini kuchaytirish; 3) sud hokimiyatini mustahkamlash va erkinligini ta’minlash vazifalarini bayon etdi. Mamlakatimizda davlat hokimiyatini erkinlashtirishda ikki palatali parlament barpo etishdan maqsad: 1) parlament o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirish; 2) Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional tarzda olib borish; 3) Senat asosan mahalliy Kengashlar, hududlarning vakillaridan iborat bo‘lishini ta’minlash; 4) aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtirokini kengaytirish lozim bo‘ladi.
Mamlakatni modernizatsiya qilishda uzoqni ko‘zlaydigan "Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini o‘zida ifoda etadi. Bu shuni nazarda tutadiki: 1)dan hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazish; 2) siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining muhim qarorlar qabul qilishdagi rolini kuchaytyrish.
Demak, davlat va jamiyat qurilishi, siyosiy hayotini erkinlashtirish hokimiyat organlarining ayrim funksiyalarini quyi hokimiyat organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish bu fuqarolik jamiyatining muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |