O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti


Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati



Download 2,27 Mb.
bet103/241
Sana08.07.2021
Hajmi2,27 Mb.
#112973
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   241
Bog'liq
O‘bekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat Sh

Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati. Ma’lumki, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin o‘ziga xos bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini - ya’ni bozor iqtisodi tamoyillariga asoslangan erkin, ochiq demokratik davlat qurish vazifasini asosiy maqsad qilib belgilab oldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o‘tganidek: «Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz... Adolat va haqiqat g‘oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog‘i darkor. Adolat va haqiqat g‘oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo‘nalishi bo‘lmog‘i shart1.

Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi chambarchas bog‘liqdir. Yurtboshimiz belgilab berganlaridek, qabul qilinayotgan qonunlarimizning zamirida adolat yotishi lozim. Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib keladi.

Demokratik jamiyat qurish uchun mamlakatda qabul qilinayotgan qonunlar adolatli bo‘lishi, o‘zida xalq manfaatlarini ifoda etishi shart. Bunday qonunlarga og‘ishmay itoat etilsagina, jamiyatda demokratiya qaror topadi va mustahkam bo‘ladi. Chunki barcha demokratik institutlar, inson huquq va erkinliklari qonun vositasida joriy etiladi.

Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri - jamiyat a’zolarining qonun oldidagi tengligini, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlanganligidir. Shu bilan birga Konstitutsiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.

«Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi»2.

Qonun ustuvorligining mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qator moddalarida belgilab berilgan. Konstitutsiyaning III bobi ikkita 15 va 16-moddalaridan iborat bo‘lib, Konstitutsiya va qonun ustunligiga bag‘ishlangan.

Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar».

O‘z faoliyatini Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq amalga oshirish sanab o‘tilgan sub’ektlarning konstitutsiyaviy burchi bo‘lib hisoblanadi. Agarda davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, mansabdor shaxslar yoki fuqarolar o‘zlarining bu burchlarini bajarmasalar, ularga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo‘llanishi mumkin.

Konstitutsiya va qonunlarga rioya etmagan shaxslarning javobgarligi Konstitutsiyaning o‘zida yoki tegishli qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan bo‘ladi. Masalan, Konstitutsiya 93-moddasining 12-bandiga muvofiq Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan tuman va shahar hokimlarini Respublika Prezidenti o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.

Bu borada shuni ham aytib o‘tish lozimki, Konstitutsiyaning normasi boshqa qonunlarning normalariga nisbatan ustunlik xarakteriga ega. Chunki Konstitutsiya barcha boshqa qonunlar uchun poydevordir.

Shuning uchun ham Konstitutsiya 16-moddasida mustahkamlangan qoidaga binoan «Birorta ham qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas». Agarda birorta normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaga zid keladigan bo‘lsa, u bekor qilinishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasida normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini ta’minlash mexanizmi ishlab chiqilgan va amalda qo‘llaniladi.

Xo‘sh, Konstitutsiyaning bu moddasiga binoan qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga mosligini qaysi organ nazorat qiladi, degan savolning tug‘ilishi tabiiydir.

Normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini nazorat qilishni uning qaysi bosqichda amalga oshirilishiga qarab, quyidagi ikki turga bo‘lish mumkin:


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish