I. Umumiy qoidalar. Harbiy doktrina O‘zR mudofaa siyosatining negizini tashkil etadi va milliy xavfsizlik konsepsiyasining tarkibiy qismi bo‘lib, tashqi siyosat, davlatlararo munosabat masalalariga, urush va tinchlik muammolariga yangicha yondashuvlarga asoslanadi. O‘zR mustaqil davlat va xalqaro munosabatlarning sub’ekti sifatida o‘z mudofaa siyosatini barcha mamlakatlarning tinch-totuv yashashi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ularning mustaqilligini, chegaralar buzilmasligi va o‘zgarmasligini hurmat qilish prinsiplariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |