5. Saylov tizimi. 6. Prokuratura. 7. Moliya va kredit. 8. Mudofaa va xavfsizlik masalalari ham joy olgan va ular yangi tartibda bayon etilgan.
6.3. Prezidentlik instituti va uning shakllanishi
Prezident so‘zi – lotincha oldinda o‘tiruvchi ma’noni bildiradi. O‘zbekiston tarixida birinchi prezidentlik lavozimi 1990 yil 24 martda ta’sis etildi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Karimov saylandi”. 1991 yil 18 noyabrda “O‘zbekiston Prezidenti saylovi tug‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga 1997 yil 26 dekabr va 1999 yil avgustda hamda 2004 yil 24 aprellarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Mustaqillik yillarida tom ma’noda prezidentlik instituti to‘la shakllandi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 19-bobiga ko‘ra O‘zR Prezidenti O‘zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir. Prezidentlik lavozimiga 30 yoshdan kichik bo‘lmagan davlat tilini yaxshi biladigan bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq prezident bo‘lishi mumkin emas. Prezident fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov xuquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 7 yil muddatga saylanadi, u qonun bilan belgilab qo‘yilgan. 1991 yil 29 dekabrda alternativ asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida Islom Karimov 86% ovoz bilan (Salay Madaminov esa 14%) O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. Bu saylovda 9,900 ming 958 kishi yoki ovoz berish xuquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi Islom Karimovga esa 8,514 ming 136 saylovchi (86%) ovoz berdi. 1995 yil 26 martda Oliy Majlis qaroriga ko‘ra prezident vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazildi. Unda 11 mln 245028 kishi (99.3%) ishtirok etib ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 %i ijobiy javob bilan vakolat muddatini uzaytirishga rozilik bildirganlar. Qonunga ko‘ra, Prezident qilib 35 yoshdan kam bo‘lmagan va 65 yoshdan ortiq bo‘lmagan, saylanish xuquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi bayon etilgan. 2000 yil 9 yanvarda ikkinchi bor Prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston prezidentligiga nomzod qilib Islom Karimov (91.9%), Abdulhofiz Jalolov esa 4,17% ovoz olib, Islom Karimov g‘alaba qildi. 2002 yil 27 yanvarda referendum o‘tkazilib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o‘zgartirishga rozimisiz degan savolga ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11 117 841 nafari (91.78%i) yoqlab ovoz berdi. Natijada 2003 yil 24 aprelda O‘zbekiston konstitutsiyasining 19-bobiga, ya’ni Prezidentlik qoidalariga ba’zi bir o‘zgartirishlar kiritilib, endilikda prezidentlik saylovi vakolat muddati tugaydigan yilda dekabr (2007) uchinchi 10 kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilab olindi.
Demak, mustaqillik yillarida mamlakatimizda prezidentlik instituti shakllanib, u yanada takomillashdi, uning huquqiy negizlari barpo etilib, rivojlangan mamlakatlar yo‘lini tanladi. Shu boisdan ham O‘zbekiston davlat tizimi Respublika Davlat va hukumat boshlig‘i Prezident hisoblanadi. Prezident shaxsi daxlsiz bo‘lib, u qonun bilan muhofaza etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |