Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2010 yil 12 noyabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek, mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.

Fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy instituti sifatida ommaviy axborot vositalarining mavqeini belgilashda, ularning davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlari qaysi yo‘nalishlar asosida amalga oshirilishini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda ushbu munosabatlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yuzaga kelayotganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
-
Birinchidan, davlat jamiyat hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni muayyan huquq normalari yaratish orqali tartibga solib boradi. OAV ham o‘z faoliyatini muayyan huquq normalari asosida amalga oshiradi. Davlat bunda OAVni tashkil etish, tugatish, ular faoliyatini litsenziyalash va kafolatlash kabi masalalarga oid huquq normalarini belgilab beradi.
-
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida OAV mulkchilikning turli xil shakllari ko‘rinishida tashkil etiladi hamda ular bozor qonuniyatlari asosida faoliyat yuritadilar. Shu bilan birga, davlat OAVning barqaror faoliyat yuritishi hamda muayyan ijtimoiy funktsiyalarni amalga oshirishlari uchun ularga har tomonlama yordam beradi.
-
Uchinchidan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida davlatimiz o‘zining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda hamda ularning mazmun va mohiyatini aholiga yetkazishda OAVdan asosiy vosita sifatida foydalanmoqda.
-
To‘rtinchidan, ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati organlarini shakllantirish jarayonida fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida ishtirok etmoqda.
-
Beshinchidan, ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati organlarining huquq ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etmoqda.
-
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi: