O `zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari



Download 7,48 Mb.
bet127/169
Sana01.06.2022
Hajmi7,48 Mb.
#628134
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   169
Bog'liq
ijtimoiy ped

Go’daklar uyida tarbiyalash xususiyatlari
Go’daklar uyi yosh bolalarni tarbiyalash tizimida alohida o’rin egallaydi. Bu tarbiyaviy-sog’lomlashtirish muassasalari ota-onasi qaramog’isiz qolgan bolalarga oila o’rnini bosishga, ona mehridan judo bo’lgan bolaning normal rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Hozirgi kunda go’daklar uyining moddiy bazasi ancha kengaydi, ulardagi tarbiyaviy ishlar ham yaxshilandi. Tarbiyaning ilmiy asoslangan asosiy qoidalarining amalga oshirilishi bolalar rivojlanishida ijobiy natijalarga olib kelmoqda.
Go’daklar uylarida bolalar tarbiyasi tizimining effektivligini belgilab beruvchi asosiy omil tarbiyachilarning insoniyligi, o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi hisoblanadi. Har bir tarbiyalanuvchiga mehr bilan munosabatda bo’lish bolalar sog’ligi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan asosiy shartdir.
Go’daklar uyi tarbiyachisi nafaqat tibbiy va pedagogik ma’lumotli bo’lishi, balki yuqori axloq, madaniyatga ega bo’lishi, bolalarni sevishi lozim.
Bolalar uylarida bolalarning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishda bolalarning yoshini emas, uning sog’ligi, holati va yetishgan rivojlanish darajasini inobatga olish kerak.
Bolalarning bir qismi tarbiya jarayoniga yoshiga qarab qurilishi mumkin, biroq aksariyat tarbiyalanuvchilar o’zlaridan ancha kichik yoshli bolalarga mos keluvchi ta’lim tarbiyaga ehtiyoj seziladi. Odatda go’daklar uyiga ijtimoiy noxush oilalardan kuchsizlangan go’daklar kelib tushishadi, ularning ba’zilari esa bundan oldin uzoq vaqt shifoxonada ham davolanishgan. Ularga alohida e’tibor qaratish lozim.
Go’daklar uyining spetsifik xususiyatlari bola organizmi rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan o’z salbiy jihatlariga ham ega. Odatda tarbiyachining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash qiyin bo’ladi. Biroq bu go’daklar uyining asosiy maqsadi hisoblanadi. Tarbiyachi va ijtimoiy pedagog noxush omillarning bolaga ta’sirini susaytirishi, bola hayotini taassurotlar bilan boyitishi lozim.
Go’daklar uyining asosiy vazifasi bolalarning to’liq jismoniy va ruhiy rivojlanishlarini ta’minlashi, ularni jamiyat hayotiga tayyorlash, ularning ijtimoiy adaptatsiyalarini yengillashtirishdir.
Go’daklar uyida pedagogik ishni tashkil qilayotganda yosh bolalarning asab-ruhiy rivojlanishlari qonuniyatlariga tayanish, ularning quyidagi xususiyatlari: jadallik, bolalar organizmining past qarshilik ko’rsatish darajasi, jismoniy va ruhiy rivojlanishning yaqin o’zaro munosabati, bolalarda kattalar bilan muomala qilishga, ijobiy emotsiyalarga, harakat faolligiga, yangi taassurotlarga katta ehtiyoj borligi kabilarni inobatga olish lozim.
Go’daklar uyida bolalar sog’ligini saqlashga, xususan ularning asab tizimlarini asrashga katta e’tibor beriladi. Bu esa harakat, nutq, xotira, diqqat, tafakkur, tasviriy faoliyat, estetik va axloqiy rivojlanish asosi hisoblanadi. Go’dak hayotining ilk 3 yili ichida kerakli ko’nikmalarni egallay olmasa keyinchalik buni o’rnini to’ydirishning iloji bo’lmaydi. SHuning uchun go’daklar uyining vazifasi bolaga hayotining ilk oylaridanoq rivojlanishdan ortda qolishga imkon bermaslik.
Go’daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalar kontingenti bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishadi. ijtimoiy noxush oilalardan kelib tushgan aksar bolalar noxush ijtimoiy va biologik analizga egalar. Agar xizmat ko’rsatuvchi shaxslar bola qichqirig’iga vaqtida javob bermasalar bolada shaxsiy-emotsional muomala aloqasi o’z vaqtida shakllanmaydi. Natijada hayotining ilk yilidayoq uning yurish-turishida ikki nuqson paydo bo’lishi mumkin. Birinchisi, bola passiv, harakat va emotsional faolligi past, bu esa salbiy odatlar (bammoq so’rish, boshini qimirlatib o’tirish)ning paydo bo’lishiga olib keladi.
Ikkinchisi, notinch uyqu, sababsiz yig’i, boshqa bolalarga agressiv munosabat va buning natijasi yurish-turishida salbiy streotiplar paydo bo’lishidir.
Bu nuqsonlari bor bolalarda kattalar bilan kam muomalada bo’lish nutq rivojining ortda qolishiga sabab bo’ladi. Hayotning ilk yilida oliy nerv sistemasining shakllanishiga yetarli e’tibor bermaslik bu tizimning rivojiga keyinchalik ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Hayotining ikkinchi yilida bolaning anglash faolligi susayadi, bola xonada maqsadsiz harakatlanadi, yangi odamlardan qo’rqadi yoki aksincha ular bilan ortiqcha jismoniy aloqaga intiladi. Nutq rivojlanishi ortda qolaveradi, salbiy odatlar ham saqlanib qoladi.
Hayotining uchinchi yilida bolada mavhum anglashning ilk belgilari namoyon bo’lishi lozim: bola o’zini shaxs sifatida ajrata boshlaydi, uning nutqi muomala vositasiga aylanishi mumkin va boshqa go’daklar uyida tarbiyalanayotgan bolalarda bu borada ortda qolish kuzatilishi mumkin.asabiy namoyon bo’lishlar kuchayadi (bolaga biror narsa rad etilganda yig’i bilan o’zini polga tashlashi mumkin), boshqa bolalarga, ba’zan kattalarga nisbatan agressivlik kuchayadi. Bular mikro ijtimoiy muhit xususiyatlari va sog’liq holati kabi ob’ektiv sabablarning natijasidir. Bunda kattalar bilan muomala qilishning yetishmasligi va ijobiy emotsiyalarning kamligi asosiy o’rin tutishini inobatga olib, bularning o’rnini bolaga tarbiyaviy ta’sir orqali to’ldirishga harakat qilish lozim. ijtimoiy pedagog oliy nerv faoliyatining rivojlanishini xarakterlaydigan normativ ko’rsatkichlardan kelib chiqishi kerak.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish