Davlat qaramog’i muassasalarida ijtimoiy pedagog faoliyati
Bolalarning asosiy ijtimoiy muammolari ularning psixofiziologik maqomi va ular yashayotgan jamiyatning ob’ektiv holatidan kelib chiqadi. Haqiqiy, uyg’un oila hayotini ko’rmagan bolalar juda kam holatda to’liq oilaviy munosabatlarni qura olishadi. Bunday sharoitlarda ijtimoiy muhim qadriyatlar-oila, nikoh, bolalar, ota-onalarning qadriya pasayadi.
So’nggi yillarda oilaviy aloqalar tuzimi ishda ham inqirozli o’zgarishlar ro’y berdi, chunki aksariyat ota-onalar bolalarini nafaqat ijtimoiy, balki fziologik jihatdan ham ta’minlay olmadilar. Kambag’allik va uning oqibatlari bola, o’smir olamini vayron etadi, chunki uning ota-onasi, tabiiy himoyachilari bolaning barcha ehtiyojlarini qondirishga qurbi yetmaydi.
Qarovsiz qolgan bolalar-oilaviy aloqalarning barbod bo’lishi natijasidir. Ijtimoiy yyetimlar soni borgan sari oshib bormoqda. shuning uchun davlat birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolish va u davlat muassasasiga tarbiyalash uchun topshirishni oldini olishga barcha kuchini ishga solmoqda. agar bolani oilada saqlab qolish iloji bo’lmasa, u uchun yangi oila qidiriladi. Biroq bolani yangi oila yoki tarbiya muassasasiga topshirayotganda bolaning etnik guruhi, mahalliy an’analari bilan bog’liq muhitda qolishi uchun barcha narsa qilinadi.
Har bir davlatda bola tarbiyasi va rivojlanishiga tegishli ijtimoiy qarorlar tizimi tuzilmoqda va mustahkamlanmoqda. ularniquyidagi variantlarni kirgizsak bo’ladi: bolani o’z oilasida saqlab qolish, o’z oilasiga qaytarish, davlat ichida bolalikka olish, boshqa davlatda bolalikka olish, maxsus tarbiya muassasalariga topshirish.
Agar bola bolalikka olinmasa yoki qabul qiluvchi oilaga topshirilmasa unda uning tarbiyasi va rivojlanishi bilan davlat muassasalari shug’ullanadi.
Go’daklar uyida 3 yoshgacha bo’lgan tashlandiq bolalar, tug’ma yyetimlar tarbiyalanadilar, keyinchalik ular yoki bolalikka olinadilar yoki bolalar uyi hamda maktab internatlarga o’tishadi. Bolalar uyining maktab internatdan asosiy farqi uning tarbiyalanuvchilari shu atrofdagi maktablarda ta’lim olishadi, maktab-internat tarbiyalanuvchilari esa o’sha muassasaning o’zida ham yashashadi ham ta’lim olishadi.
O’z oilasidan boshqa joyda ulg’ayayotgan bola-doimo g’ayitabiy hodisadir. Go’dak hayotining ilk haftalarida hayotga eng qulay sharoitlarda onasiz tarbiya 90% holatlarda uning rivojlanishining buzilishiga olib keladi. Internat turidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar ruhiy va emotsional deprivatsiyadan azob chekishadi, sensor jihatdan och qolishadi, ular real hayotdan ajratib olinganlar. Bolalar uylari, maktab-internatlarini deyarli barcha tarbiyalanuvchilari ruhiy jarohatniboshdan kechirishgan, bu esa ularning rivojlanishi uchun yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday bolalar chuqur ijtimoiy pedagogik qarovsizlik holatida bo’lishadi. Ijtimoiy tarbiya sharoitlari, emotsional-shaxsiy aloqalarning sustligi, oilaviy hayotning imitatsiyasi ijtimoiy infantilzim, kommunikativ muammolarni keltirib chiqaradi.
Bu vaziyatda go’daklar uylari, bolalar uylari, maktab-internatlar nafaqat ta’lim-tarbiya funksiyalarini bajarishga qaratilganlar, ular bolaning normal ijtimoiylashuvi, uning to’liq rivojlanishini ta’minlashadi, nuqsonlarini to’g’irlashadi, tarbiyachilarning huquqiy va psixologik himoyalarini ta’minlashadilar. Bu faoliyatda bolalar va o’smirlarning psixologik xususiyatlarini yaxshi tushunadigan ijtimoiy pedagog o’z o’rniga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |