O `zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi


Deviatsiya va uning turlari



Download 7,91 Mb.
bet157/212
Sana31.12.2021
Hajmi7,91 Mb.
#231431
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   212
Bog'liq
navoiyIJTIMOIY PEDOGOGIKA

Deviatsiya va uning turlari:

Odatda deviatsiyalar o’spirinlik davrida yuzaga keladi. O’spirinlik davri yoshlik davrlari ichida eng murakkabidir. Uni o’tish davri ham deb atashadi, chunki bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o’tish ro’y beradi va bu jarayon o’smir rivojlanishining barcha jihatlari-anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, axloqiy rivojlanishida o’z ta’sirini ko’rsatadi.

O’smirlik davrida o’smir hayoti va faoliyatida jiddiy o’zgarishlar ro’y beradi, bu esa o’z navbatida ruhiyatning qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarning yangi shakllari paydo bo’lishiga olib keladi. O’smirning ijtimoiy maqomi o’zgaradi. Unga nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo’yila boshlaydi.

Jamiyat tomonidan qabul qilingan hatti-harakatlar. qoidalar va me'yorlardan chekingan o`smirlarni oqir yoki tarbiyasi qiyin yoki tabiyasi oqir o`smirlar deb atashadi.

Tarbiyasi qiyin o`smirlar deganda turli xil sabablarga ko`ra pedagogik ta'sirlarga qarshi chiquvchi bolalar tushuniladi. Jamiyatda o`rnatilgan me'yor va qoidalarga rioya qilmaydigan shunday tarbiyasi oqir o`smirlarni ilmda deviatsiya deb atashadi.

Deviant hatti-harakat-bu psixik sog`lom shaxslar tomonidan me'yoriy qoidalarni buzish hollaridir.

Deviatsiya- bu ijtimoiy pedagogik muammo bo`lib, inson ruqiy olamidagi, uning atrofidagi muhitning o`zgarish hollari Bilan bog`liq. Bu hol, ayniqsa, o`smir yoshdagi bolalarga xosdir. Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr bo`lib, bu yoshdagi bolalarning anatomo-fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqacha jihatlarida o`zgarishlar ro`y beradi. Bu o`zgarishlar o`z navbatida ularning psixikasida uzgarishlar ruy berishiga zamin yaratadi. Ularning ijtimoiy statusida, jamoada o`zini tutishida o`zgarishlar ro`y berib, ularni ko`proq «Men kimmanq”-degan savol qiynaydi.

Deviatsiya o`z ichiga deviant, delinkvent va kriminal hatti-harakatlarni birlashtiriradi.

Deviant hatti-harakat-bu kichik ijtimoiy munosabatlar (oila, maktab) hamda xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jiqatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me'yorlardan, hatti-harakatlar va qoidalardan og`ish, chekinishning bir turidir. Ya'ni bu turdagi harakatni intizomsizlikdeb ham atash mumikn.

Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida o`z boshimchalikka yo`l qo`yish, bolalar va o`smirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, oliftagarchilik qilishlari, assotsial xarakatlarga berilish kabilar deviant xarakatlarning asosiy ko`rinishlaridir. Ma'lum vaziyatlarda bolalar va o`smirlarning shu kabi hatti-harakatlarni namoyon etishi deviant harakatlarning tipik xususiyatidir.



Delinkvent hatti-harakat- deviant qarakatlardan farqli o`laroq, ular vaziyat ta'sirida emas, balki yuqoridagi kabi assotsial xarakatlarning quyidagi turlari mavjud:

· haqoratlash, xo`rlash, azoblash va undan huzurlanish kabi agressiv

bosqinchilik harakatlar;

· Kichik o`g`riliklar, ta'magirlik, avtotransport va boshqada kerakli buyum va anjomlarni o`qirlash kabi moddiy foyda ko`rishga qaratilgan o`z shaxsiy mafaati yo`lidagi xarakatlar;

· Narkotiklar sotish va tarqatish.

Kriminal hatti-harakat- bu jinoiy javobgarchilikka tortilishga yoshi yetgan shaxslarning huquqlarga zid harakatlari bo`lib, ular ustidan jinoiy ish qo`zg`atilish jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent xarakatlar asos yaratadi.

Deviant xarakterlarning asosiy sabablari

Bolalar, o`smirlar va umuman ba'zi jamiyat a'zolarining jamiyat tan olgan me'yorlarga zid keluvchi hatti-harakatlarni namoyon etishi-bu birdaniga, o`z-o`zidan bo`ladigan qodisa emas. Ya'ni o`sha insonlarning shunday yo`l tutishiga nimadir sabab bo`ladi. Ya'ni har bir fazilat o`z tarixiga ega. Insonning rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lgan turli xil faktorlarga bog`liq: irsiy, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati va h.k.

Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga kltiruvchi qator faktorlar mavjud. Jumladan:

1.Biologik faktorlar, ya'ni bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvini murakkablashtiruvchi nohush fiziologik va anatomik holatlar. Ularga:

▪ genetik (tuqma aqli zayflar, ko`rlar, karlar va h.k.),

▪ psixofiziologik (ya'ni inson organizmiga salbiy ta'sir ko`rsatuvchi, somatik xarakatlarni, allergiyalar va toksik kasalliklarni vujudga keltiruvchi turli xil ziddiyatlar, kimyoviy moddalar, energiyalar va h.k.),

▪ fiziologik (atrofdagilarda noqush kayfiyat uyqotuvchi tashqi qiyofa, tilning duduqligi va h.k.)

2.Psixologik faktorlar, ya'ni insondagi psixopotologik yoki aktsentuant (haddan tashqari) holatlar. Bu faktorlar asab kasalliklari (psixopatiya, nevrasteniya kabi kasalliklardir)

3.Ijtimoiy-pedagogik faktorlar, ya'ni bolalik davridan boshlab maktab, oila va jamoatchilik tarbiyasidagi nuhsonlar.

4.Ijtimoiy-iqtisodiy faktorlar, ya'ni bu jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikdir: jamiyatning boylar va kambag`allar deb ajratilishi, xalqning ma'lum qismining qashshoqlanib qolishi, oylik maoshining kamligi, ishsizlik, inflyatsiya va h.k.

5.Ma'naviy-aqloqiy faktorlar. Ularga birinchidan,jamiyatdagi ma'naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning ma'naviy qashshoqlanishi kirsa, ikkinchidan, muayyan jamiyatning undagi ro`y berayotgan deviant harakatlarga befarqlik, loqaydlik kiradi.

Maktab o’qo’vchisining dezadaptatsiyasi o’z rivojlanishida quyidagi bosqichlardan o’tadi:

-o’quv dekompensatsiyasi-bola bir yoki bir nechta fanlarni o’zlashtirishida qayinchiliklra paydo bo’lishi bilan xarakterlanadigan holat;

-maktab dezadaptatsiyasi –o’qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o’qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo’ladigan, xulq-atvor buzilishi bilan xarakterlanadigan bola holati;

-ijtimoiy dezadaptatsiya-bu holatda o’qishga, maktab jamoasiga qiziqish batamom so’nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;

-bo’sh vaqtni o’tkazish muhitining kriminallashuvi.

Bolaning psixo ijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim omili noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda g’ayriijtimoiy xulq-atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib ko’rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ular:

-o’zida bir tomondan bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq-oila uchun yurish-turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan tariyaviy munosabatlar turi;

-to’liqsiz oilada, bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;

-spirtli ichmliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g’ayriaxloqiy hayot tarzi, ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog’liq a ijtimoiy munosabatlar turi.

SHavqatsiz muomula (haqorat) deb bolaga g’amxo’rlik qiluvchi yoki unga vasiylik qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi.

Bolaning ruhiy-ijtimoiy rivojlanishiga oila va uning ta’sirini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlari buziladi. Ularning bir qismi deviatsiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishgan.

4. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag’allarga sinflashishi, axoli ko’p qismining kambag’allashib ketishi, ishsizlik, inflyatsiya, daromad olish usullarining cheklab qo’yilishidan iborat.

5. Axloqiy omillar bir tomondan zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida, qadriyatlarning yo’qolib ketishida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan esa jamiyatning deviant xulq-atvorning namoyon bo’lishiga befarq qarashida o’z aksini topadi.


Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish