Tashkil qilishga yordam oilaviy dam olishni tashkil qilishga qaratilgan. Oilaviy dam olish o’z ichiga xayriya auksionlari o’tkazish, oilaviy bayramlar, tanlovlar, uy xo’jaligini yuritish bo’yicha kurslar tashkil qilishdan iborat.
Tartibga solishga yordam berish muayyan oilaning muammosini hal qilish bo’yicha turli muassasa va xizmatlarni faollashtirishdir. Bunday muammolarga:
Bolani tarbiyalash uchun boshqa oilaga topshirish,
Bolalikka olish,
Bolalarni bolalar uylariga joylashtirish kiradi.
Axborot berishga yordam oilani ijtimoiy himoya masalalari bo’yicha axborot bilan ta’minlashga qaratilgan va konsultatitsiya shaklida o’tkaziladi. Masalalar maishiy, oilaviy, mehnat, fuqorolik, nafaqa qonunchiligi, bolalar, ayollar, nogironlar huquqlari, shuningdek oilaviy nizolarga tegishli bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |