Milliy xarakterning shakllanishi ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida.
Milliy tarbiya taraqqiyotimiz uchun zarur fazilatlarini yoshlarning xarakter sifatlariga aylantira olsagina uning natijalaridan qoniqish mumkin bo`ladi. Shuning uchun ham masalaga milliy xarakter kontseptsiyasi nuqtai nazardan yondoshmoq zarur. Ana shunda tarbiyada ham xuddi ta'limdagidek aniqlikka va samaradorlikka erishiladi.
Milliy xarakter-bu har bir xalq va har bir millatga xos fe'l-atvor,siyrat, shamoyil, tabiatdir. Tabiatni, jamiyatni, yashashdan maqsadni, insonni, mustaqil davlatchilikni zamonaviy tarzda o`sha millatga xos tushunish, munosabat bildirish milliy fazilatlar tizimidir. Ma'naviy yangilanishning ijtimoiy-pedagogik mohiyati-sho`rolar raqbatlantirishning befarqlik, uning natijalaridan begonalashuv, maxalliychilik, ijtimoiy loqaydlik va h.k.lardan xalqimiz xarakterini poklashni anglatadi.
Inson xarakteri-ijtimoiy pedagogik xodisadir. Insonga xos yaxshi yoki yomon sifat o`z-o`zidan, birdaniga paydo bo`lib qolmaydi. O`g`rilik ham, jinoyatchilik ham, vatanparvarlik ham, vatanga befarqlik ham, jinoyatchilik ham, foqishalik ham yoki ular haqidagi namunalar va ma'lumotlarni muttasil:
1) Ko`rish.
2) Eshitish.
3) O`qish orqali shakllana boradi.
Bir kishini xushmuomala yoki odobli yoki adolatsiz yoki odobsiz deyishsa, buning aniq sabablari(tarbiyaviy), tarixibor. Masalan, agarda adolatparvar insonning hayotini tuqilgan kunidan boshlab videotasmaga olinganida edi, undagi adolatparvarlik fazilatlarning “sirlari”ni “ko`rish”, “ko`rsatish” mumkin bo`lar edi. Buning esa hozircha iloji yo`q. Lekin pedagogik nazariya, amaliy ijtimoiy pedagogika orqali, millatning pedagogik tarixi, hozirini sharqlash, kelajagini loyiqalash (modellashtirish) mumkin.
Ma'naviy salohiyatlar iqtisodiy islohatlardan orqada qolishi mumkin. Maqsad shunday bo`lishi kerakki, milliy xarakter qiyinchiliklarni matonat bilan yengishga qodir yangi, peshqadam, bunyodkor millatni barpo qilsin. Bu esa amalga oshirsa bo`ladigan, real
ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy-psixologik ishdir. Buning uchun psixolog, faylasuf, pedagog va sotsiologlardan:
▪ Milliy xarakterimizdagi yutuq va kamchiliklarni ob'ektiv o`rganish:
▪ Ilg`or, ogoh, bunyodkor millatlarga xos fazilatlar, ularning mezon, ko`rsatkich va darajalarini ilmiy aniqlash:
▪ Yetakchi fazilatlarni xarakter, ya'ni amaldagi “ishlayotgan” sifatlarga aylantirish uchun kim, qachon, qaerda, nima ish qilishi kerak qachon va qanday tarbiya millatimizni shuhratga burkagan qanday tarbiya tufayli millat mustamlakaga aylangan-kabi savollarga javob olish zarur. Bunga millat tarixini, bugunini pedagogik o`rganish javob beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |