Kvalifikatsiya nomi: 1.Moliyachi
2.Davlat xaridlari mutaxassisi
O'quv rejadagi tartib raqami: 2.03
Ajratilgan soat: 100
L.Chinberdiyeva
Tuzuvchilar:
N.Qosimova
Toshkent Moliya Instituti huzuridagi Oltinko'l iqtisodiyot texnikumi kafedra mudiri
Toshkent Moliya Instituti huzuridagi Oltinko'l iqtisodiyot texnikumi maxsus fan o'qituvchis
i
Taqrizchilar: I.Ochilova
M.Xayitboev
Toshkent Moliya instituti "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi dotsenti.i.f.n.
Toshkent Moliya instituti
"Buxgalteriya hisobi" kafedrasi o'qituvchis
Dastur nomi
|
Buxgalteriya hisobi nazariyasi
|
Ajratilgan soat
|
100
|
Mavzular soni
|
11
|
Dasturning maqsadi
|
O'quvchilarda xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning buxgalteriya hisobini yuritish va hisob mahlumotlarini nazorat qilish bo'yicha ko'nikmalarini shakllantirish.
|
O'zlashtirish (o'qitish) natijalari
|
Xo'jalik mablag'lari va ularning tashkil topish manbalarini mablag'lar aylanishi bo'yicha guruhlarga ajratish.
Xo'jalik jarayonlarini hujjatlarda rasmiylashtirish.
Xo'jalik muomalalariga oddiy va murakkab buxgalteriya o'tkazmalari tuzish.
Asosiy xo'jalik jarayonlarini hisobga olish tamoyillarini bilish.
Buxgalteriya hisobi registrlarini tuzish.
Korxonalarning choraklik va yillik hisoboti bilan tanishish.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishning o'ziga xos xususiyatlarini bilish.
|
Bilimlar
|
buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, uning maqsadi, vazifalari, predmeti, ob'yekti va sub'yekti hamda metodlarini bilish;
buxgalteriya hisobining metodi va uning asosiy elementlarini bilish;
buxgalteriya balansi, uning tomonlari va bo'limlarini bilish;
buxgalteriya hisobida xo'jalik muomalalarini hujjatlashtirishni bilish;
asosiy xo'jalik jarayonlarini hisobga olish tamoyillari bilish;
buxgalteriya hisobotini tuzishning nazariy asoslarini bilish;
byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish.
|
Ko'nikmalar
|
buxgalteriya hisobi metodi va uning asosiy elementlarini hisobda qo'llay olish;
xo'jalik mablag'lari (aktivlar) va xo'jalik mablag'larining tashkil topish manbalari (passivlar)ni guruhlay olish;
buxgalteriya hisobining schyotlarini turkumlay olish, schyotlar yordamida xo'jalik muomalalariga provodkalar tuzish;
buxgalteriya hisobining barcha muomalalarini dastlabki va yig'ma hujjatlarda aks ettira olish;
asosiy xo'jalik jarayonlarini hisoblarda aks ettirish;
xo'jalik mablag'lari va ularinng tashkil topish manbalarini baholash va ularni belgilangan tartibda inventarizatsiyadan o'tkazish;
xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning buxgalteriya hisoboti asoslari va ularni tuzish hamda topshirish;
byudjet tashkilotlarida qo'llaniladigan registrlar va hisobvaraqlar rejasidan foydalana olish hamda hisobotlarni tuza olish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |