Shuningdek talabaning mustaqil ishi bo‘lib: Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
Talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
Faol va muammoli o‘qitish uslubidanfoydalaniladigano‘quvmashg‘ulotlari;
masofaviy (distansion) ta’lim.
Berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
Fanning bo‘limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha ishlash va ma’ruzalar qilish;
Vaziyatli muammollarga yo‘naltirilgan vaziyatli masalalar yechish;
Keys (real vaziyatli masalalar asosida case-study) yechish.
Grafik organayzerlarni ishlab chiqish va to‘ldirish;
Krossvordlar tuzish va yechish;
Prezentatsiya va videoroliklar tayyorlash hamda mustaqil ish jarayonida keng qo‘llash;
VI. Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar Kurs loyixasini mavzulari talabalarga shaxsiy topshiriq sifatida beriladi. Kurs ishining adabiyotlar sharxi mavzu yuzasidan mavjud bo’lgan adabiy manbaalarni yig’ish, ularni tartibga solish va tajriba qismini bajarish uchun tahlil usullarini belgilab olishdan iborat. Kurs ishining tajriba qismi fan bo’yicha ishlab chiqarish amaliyotini o’tish jarayonida bajarilib, ishlab chiqarish korxonasida ximoya qilinadi. Fan bo’yicha kurs ishlarining mavzulari, uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqilib, bunda kurs ishlarining mavzulari, rejalari va bajarish jarayonlari to’la aks ettirilgan.
Kurs ishlarining taxminiy mavzulari:
Xromatografiya, uni rivojlanish tarixi. Xromatografiyani sinflanishi ning nazariy asoslari.
Fizik-kimyoviy tahlili usullari. Bu usullarni dori turlari chinligini aniqlashda qo‘llanilishi.
Qog‘ozdagi taqsimlanish xromatografiyasi va uni fenotiazinhosilalari tahlilida qo‘llanilishi.
Qog‘ozdagi taqsimlanish xromatografiyasi va uni vitaminlar sofligini aniqlashda qo‘llanilishi.
Yupqa qatlamli xromatografiyaning nazariy va uslubiy asoslari.BarbiturkislotahosilalariniYuQXusulidaaniqlash
Yupqa qatlamli xromatografiyani markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiluvchi dori vositalari tahlilida qo‘llanilishi.
Yupqa qatlamli xromatografiya usulini neyroleptik dori vositasini tahlilida qo‘llash.
Yupqa qatlamli xromatografiyaning antidepressant dori vositasi tahlilida qo‘llanilishi.