Laboratoriya jihozlari :Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
Yassi qutblangan nur samoda oddiy nurga qaraganda tartiblangan bo‘ladi. Yassi qutblangan nurning doimiy qutblangan sirti bo‘ladi. Ayrim moddalar ulardan o‘tayotgan nurning qutblanish tekisligini o‘zaro ta’sir natijasida burish xossasiga ega. Bunday moddalar optik faol moddalar deyiladi. Tabiiy yorug‘likdan qutblangan nurni ajralish jarayoni polyarizatsiya deyiladi. Bu jarayonni imkonini beruvchi asbob polyarizator deyiladi.
Polyarizator bundan tashqari qutblangan nurni analiz qilish imkonini ham beradi. Bunday holda u analizator deb yuritiladi.
Agar tabiiy yorug‘lik polyarizatorga tushsa undan o‘tgan yassi polyarlangan nur intensivligi unga tushgan nur intensivligining yarmiga teng bo‘ladi.
Polyarimetrik usul — moddalarning undan o’tayotgan qutblangan nur sathini ma’lum bir burchakka burishiga asoslangan.
1 — nur manbai, 2 — qutblanmagan nur, 3 — polyarizator, 4 — qutblangan nur, 5 — modda eritmasi solingan kyuveta, 6 —30°ga optik burilish, 7 — analizator, 8 — kuzatuvchi
Portativ P-161 pribori optik faol tiniq eritmalar va suyuqliklarning qutblangan nur tekisligini burish burchagini aniqlashgamo‘ljallangan.
Priborning xatoligi 0,1°
Burish burchagini o‘lchash chegarasi ±20°.
Portativ P-161 polyarimetrida uch qismga bo‘lingan ko‘rish maydoni ravshanligini tenglashtirish prinsipi qo‘llaniladi. Ko‘rish maydonini uch qismga bo‘lish optik tizimga kvars plastinka kiritish orqali amalga oshirilgan bo‘lib, u ko‘rish maydonining o‘rta qismini egallagan. Nur to‘lqini yo‘nalishi kvars plastinkaning optik o‘qiga mos keladi. Ko‘rish maydonlarini tenglashtirish ular to‘liq qorong‘ulashganda sodir bo‘lib, bu polyarizator va analizatorning to‘liq kesishishiga mos keladi(83-85°).
Portativ P-161 polyarimetri.
1. Analizator boshi (1) hisoblash lupasi (2) va kolonka (9).
2. Ko‘zguli polyarizatsiya qurilmasi (4).
3. SHtativ (5).
4. Eritmalar uchun Kyuveta (6). Kyuveta uzunligi 95,04 mm.
Yorug‘lik nuri ko‘zgu yordamida polyarizatorga yo‘naltiriladi. Zarg‘aldoq rangli svetofiltr va polyarizatordan o‘tgan yorug‘lik nurining o‘rta qismi kvars plastinka orqali analizatorga tushadi. Ikki chetki qismi esa to‘g‘ridan to‘g‘ri analizatorga tushadi.
Uchchala ko‘rish maydonini birlashtirish ya’ni B holatga keltirish analizatorni burash orqali amalga oshiriladi. Bu paytda asbob 0 nuqtaga keltirilgan hisoblanadi. Bu jarayon uch marta takrorlanadi. Agar polyarizator va analizator o‘rtasiga tekshiriluvchi optik faol eritma solingan kyuveta joylashtirilsa, ko‘rish maydonlarining bir xilligi o‘zgaradi ya’ni fotometrik tenglik buziladi. Uni analizatorni eritmaning qutblangan nurni burish burchagiga teng bo'lgan burchakka aylantirish orqali tiklash mumkin.Bunig uchun asbob yana analizator boshchasini burash orqali B holatga keltiriladi.
Analizator boshchasi Qimirlamaydigan gradusli shkaladan va birgalikda qimirlaydigan qismlar: nonius, analizator, ko‘rish trubkasi va hisoblash lupasidan iborat.
Ko‘rish trubkasi uchta ko‘rish maydonini kuzatish uchun xizmat qiladi va ob’ektiv hamda okulyardan iborat.Mufta 7ni aylantirish bilan okulyar orqali kuzatilayotgan ko‘rish maydonlarining ravshanligi o‘zgartiriladi.
Polyarizatsion qurilma polyarizator (Ikki himoya oynasi orasiga elimlangan polyarizatsion plyonka), zarg‘aldoq svetofiltr va polyarizatorning markaziga simmetrik o‘rnatilgan kvars plastinkadan iborat.
Analizator ikki himoya oynasi orasiga elimlangan polyarizatsion plyonkadan iborat bo‘lib, opravaga qotirilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |