2?
йУ
#
2
45 sm dan katta bo ‘lsa, u yetilgan; tana og‘irligi 2500 g kam b o ‘lsa
yetilmagan bo ‘ladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning boshi katta va yumoloq, bo ‘yini
va ko‘krak qafasi qisqa, qomi uzun, oyog‘i kalta va qo‘li uzun va
ko‘krak qafasi bochkasimon shaklda b o ‘ladi.
Emizikli davrda bola tez o ‘sadi. Bu davrda uning og‘rligi 3 marta,
b o ‘yining uzunligi esa 1,5 marta kattalashadi. 6 oydan boshlab sut
tishlari chiqa boshlaydi. Bola 6 oylikda emaklab, davr oxirida yura
boshlaydi. Birinchi yil davomida b a ’zi a ’zo va tizimlar (harakat-
tayanch, ovqat hazm qilish va nafas olish) tez o ‘sadi.
Erta bolalik davrida barcha sut tishlari chiqib b o ‘ladi. 2-3
yoshlarda bola bo‘yiga sezilarli o‘sadi. Bosh miyaning tez o ‘sishi
munosabati bilan aqlan tez rivojlanadi.
Bolalikning I davrida 6 yoshdan boshlab birinchi doimiy tishlar
(birinchi katta oziq tish va pastki ja g ‘ning medial kurak tishi) paydo
bo ‘ladi. Erta bolalik va bolalikning I davrlarida o ‘g ‘il va qiz bolalar
tana o ‘lchamlari va shakli jihatidan bir birlaridan farq qilmaydi.
Bolalikning II davrida (qizlarda 8 - 1 1 , o‘g ‘il bolalarda 8 - 1 2
yoshlarda) tana shakli va o ‘lchamlarida jinsiy farq bilina boshlaydi.
Bu davrda tananing bo ‘yiga o ‘sishi qiz bolalarda o ‘g‘il bolalarga
nisbatan yuqori b o ‘ladi, chunki qiz bolalaming jinsiy yetilishi
o ‘rtacha ikki yil oldinroq boshlanadi. 8-9 yoshlarda qiz bolalaming
chanog ‘ i kengayib, soni yumaloqlashadi va moy bezlarining sekretsi-
yasi oshadi. Qiz bolalaming jinsiy gormonlarini ishlab chiqarilishini
kuchayishi ikkilamchi jinsiy belgilaming taraqqiyotiga olib keladi.
Ularda dastlab sut bezlari, so‘ngra qov va qo‘ltiq osti sohalarida
tuklar paydo bo ‘ladi.
0 ‘g ‘il bolalaming jinsiy taraqqiyoti biroz kechroq boshlanadi.
1 0 - 1 1 yoshlarda ulaming hiqildog‘i, moyagi va yorg‘og‘i o ‘sa
boshlaydi. Davr oxirida esa erlik oloti o‘sadi.
Balog‘at davrida (qizlarda 12-15, o ‘g ‘il bolalarda 13-16 yosh)
ikkilamchi jinsiy belgilar kuchayib, jinsiy a ’zolar o ‘sishi tezlashadi.
Qizlarda sut bezlari kattalashib, qov va qo‘ltiq osti sohalarida tuklar
quyqlashib, jinsiy a ’zolar kattalashadi va hayz ko‘rish boshlanadi.
Balog‘at davrida o ‘g ‘il bolalaming jinsiy taraqqiyoti nisbatan
tez o ‘tadi. 13 yoshlarda ulaming tovushi o ‘zgarib, qov sohasida,
14 yoshlarda esa qo‘ltiq sohasida tuklar paydo b o ‘ladi. M oyak va
erlik olati kattalashib, yorg‘oq terisida pigment ko ‘payadi. 15-16
yoshlarda yuzida soqol va m o‘ylab paydo bo ‘lib, jinsiy a ’zolar
yanada kattalashadi va birinchi eyakulatsiya ro ‘y beradi.
0 ‘smirlik davrida (qizlarda 16-20, o ‘g ‘il bolalarda 17-21 yosh)
organizmning taraqqiyoti va o ‘sishi tugallanadi. Barcha a ’zo va
tizimlar o ‘zining morfofunksional yetuklik darajasiga yetadi. Jinsiy
a ’zolar tizimi taraqqiyoti tugallanib, reproduktiv faoliyat yetiladi.
Oxirgi 100 yil davomida bolalar va o ‘smirlarning jism oniy hamda
fiziologik taraqqiyoti tezlashganiligi (akseleratsiya) ko‘zga tashlanadi.
Hozirgi davrda yangi tug‘ilgan chaqaloqlaming bo ‘ у ini uzunligi
1,5-2 sm, massasi 100 - 300 g oshgan. Bir yoshli bolalar b o ‘yining
uzinligi XIX asrdagi tengdoshlaridan 5 sm uzun bo ‘Isa, 1,5-2 kg
og‘irdir. So‘nggi 100 yil davomida maktab yoshigacha bo ‘lgan
bolalaming bo ‘yi 10 - 12 sm kattalashgan bo ‘lsa, maktab yoshidagi
bolalarda 10 - 15 sm o ‘sadi.
Akseleratsiya butun organizmni qamrab olib, tana olchamlari,
suyaklar va a ’zolaming
o‘sishi, jinsiy taraqqiyotda ko ‘rinadi.
Hozirgi o ‘smirlaming jinsiy taraqqiyoti ikki yil oldinroq ro ‘y beradi.
Erkaklarda akseleratsiya ayollarga nisbatan kuchli.
Do'stlaringiz bilan baham: