Zohidov Hakim Zohidovich (1912-1978) anatom olim va mohir
pedagog, 0 ‘zbekistonda xizmat ko ‘rsatgan fan arbobi, tibbiyot
fanlari doktori, professor. 0 ‘rta Osiyo tibbiyot Pediatriya instituti
odam anatomiyasi kafedrasining birinchi mudiri (1972-1978-yillar).
0 ‘zbek tilida yozilgan «Odam anatomiyasi» (1964) darsligi va
“Ruscha-o‘zbekcha-lotincha anatomiya lug‘ati” mualliflaridan biri.
Zohidov H. Z. yoshli anatomiyani o ‘rganishga ilk bor qo‘l urgan
o ‘zbek olimidir. U 1941-yilda «To‘sh suyagining suyaklanishi va
anatomik tuzilishi» mavzusida nomzodlik, 1959-yilda esa «Uch
shoxli nervning bosh miya so‘g ‘onidagi topografo-anatomik
mimosabatini yoshga qarab o ‘zgarishi» mavzusida doktorlik
dissertatsiyasini himoya qildi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
odam anatomiyasi kafedrasining xodimlari professor H.Z.Zohidov
rahbarligida bolalar organizmidagi turli yoshda b o ‘ladigan
o ‘zgarishlami o ‘rganishga o ‘z hissalarini qo‘shganlar. Yoshli
anatomiya y o ‘nalishida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va
ustoz ishining davomchisi bo ‘lgan dotsent A. Ahmedov tomonidan
tibbiyot institutlari talabalari uchun lotin alifbosida tayyorlangan
“Odam anatomiyasi” (2006) darsligi, shuningdek 2013-yilda
X. Rasulov bilan hammualiflikda tayyorlangan “Odam anatomiyasi
bolalar anatomiyasi asoslari bilan” darsligi va rus tilida tayyorlangan
2 jildlik “Атлас анатомии человека” oquv qo‘llanmasida bolalar
organizmida turli yosh davrlarida kuzatiladigan о ‘ zgarishlar haqidagi
m a’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, dotsent A.Ahmedov va
G. Ziyamutdinovalar tomonidan 2008- va 2012-yillarda tibbiyot
kollejlari uchun o ‘zbek va rus tillarida tayyorlangan “Anatomiya,
fiziologiya va patologiya” o ‘quv qo‘llanmasi oxirgi o ‘n yilda bir
necha bor qayta nashr qilindi.
15
Yosh davrlari
Odam organizmi taraqqiyotida ikki davr: prenatal (tug‘ulguncha)
va postnatal (bola tug‘ulganidan keyingi) tafovut qilinadi.
Prenatal davr ikkiga bo ‘linadi.
1. Embrion davri - pusht taraqqiyotining birinchi ikki oyini o ‘z
ichiga oladi.
2. Homila davri - pusht taraqqiyotining 3 oyidan to tug‘ilish
vaqtigacha bo‘lgan davr.
Bola tug‘ilganidan keyingi postnatal davrda organizm bir-biridan
to ‘qima va a ’zolaming takomillashuvi bilan farq qiluvchi bir necha
taraqqiyot davrlarini o ‘tadi. Yosh davrlarining tasniflari turli xil
o‘lchovlarga asoslangan.
Biz 1965-yilda Moskvada yoshli morfologiya, fiziologiya va
biokimyo muommolari bo ‘yicha o ‘tkazilgan VII anjumanda qabul
qilingan tasniflashni qo‘llaymiz. Unga asosan bolalik quyidagi
davrlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |