Andrey Vezaliy (1514 - 1564) ilmiy anatomiyaning asoschisi
hisoblanadi. U murdalami yorib qilgan kuzatishlari asosida «Odam
tanasining tuzilishi haqida yetti kitob»ini yozadi. A. Vezaliy Galen-
ning xatolarini ko ‘rsatib bergan. Uning shogirdlari XVI - XVII
asrlar davomida odam a’zolarining tuzilishini to ‘g ‘ri yoritib berdilar.
Gabriel Fallopiy (1523-1562) tarixda birinchi b o ‘lib kalla
suyaklarining tuzilishi va taraqqiyoti, mushaklar, jinsiy a ’zolar,
bachadon nayi (bu a ’zo m uallif nomi bilan ham ataladi), eshituv va
ko‘ruv a ’zolarini o ‘rganib, “Anatomik kuzatishlar” kitobini yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |