anterioris) bor. Uning orqasida o ‘mrov osti arteriya egati (sulcus
arteriae subclaviae), oldida esa o ‘mrov osti venasining egati
(sulcus venea subclaviae) mavjud. Ikkinchi qovurg‘aning (costa
secunda) tashqi yuzasida oldingi tishsimon mushak g ‘adir-budurligi
(tuberositas musculi serrati anterioris) bor.
Rentgenoanatomiyasi. Ko‘krak qafasini hosil qiluvchi suyak-
lardan to‘g‘ri rentgenogrammada faqat qovurg‘alaming soyasi ko‘-
rinadi. Qovurg‘alaming soyasi rentgenogrammada qiya yo‘nalgan
hoshiya shaklida ko‘rinadi. Qovurg‘alar qiya yo‘nalgani uchun rent
genogrammada uning orqa qismi soyasi, oldingi qismi soyasiga
qavatlanadi. Shuning uchun rentgenogrammada qovurg‘alar ichida
o‘pka to‘qimasi ko‘ringan to‘rtburchak shaklidagi katakchalar hosil
qiladi. Qovurg‘aning orqa qismi soyasi gorizontal joylashib, umurt-
qadan ko‘krak qafasining lateral chetiga boradi va qovurg‘a o ‘zining
bo‘ylama o ‘qi atrofida buralib pastga tushaboshlaydi. Qovurg‘aning
oldingi qismi soyasi ko‘krak qafasining lateral chekkasidan bosh-
lanadi va pastga qiyshiq yo‘naladi. Uning qavariqligi pastga qaragan.
Qovurg‘aning oldingi qismi soyasi o ‘z yo‘nalishida uning orqa qismi
soyasini kesib o ‘tadi. Qovurg‘alaming tog‘ay qismi yaxshi ko‘rinmaydi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda 7 juft chin, 2 ju ft soxta va 3 juft
yetim qovurg‘alar boiadi. Ulaming qovurg‘asi ikki: suyak va tog‘ay
qismlardan iborat. Bu qismlaming bir-biriga nisbati kattalamikiga
o ‘xshaydi. Qovurg‘a boshchasi va do‘mboqchasi tog‘aydan iborat.
Qovurg‘a bo ‘yinchasi suyak va tog‘ay qismlardan iborat bo‘lib,
uning tog‘ay qismi qovurg‘a boshchasi va do‘mboqchasini bir-biri
bilan qo‘shib turadi. Qovurg‘aning tanasi yumaloq, qovurg‘a egati
va burchagi yaxshi bilinmaydi.
Erta bolalik davrida qovurg‘alar o ‘sishi tezlashadi. Uning orqa
qismi bo‘yinchasi hisobiga uzayadi. Oldingi qismi tez o ‘sib tanasi
48
yassilanadi va ichkariga qarab buriladi. Bolalikning birinchi davrida
qovurg‘a o ‘sishda davom etadi va uning burchagi aniq bilinadi.
Bolalikning ikkinchi davrida qovurg‘a boshchasi va do‘mboqchasi
uchun ikkilamchi suyak nuqtalari paydo bo‘ladi.
U tana bilan
1 8 - 2 5 yoshda birikadi. X qovurg‘a tog‘ayi qovurg‘a ravog‘i bilan
qo‘shiladi va bu davrda 7 ju ft chin, 3 juft soxta va 2 juft yetim
qovurg‘alar bo ‘ladi. Balog‘at davrida qovurg‘alarning relyefi paydo
b o ‘lib, bo‘yincha tog‘ayi yo‘qoladi. Suyak nuqtalari o ‘zaro birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |