2.O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi tuzilishini keltiring.
3.Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘inida shakllanuvchi pul fondlari hamda ularni daromad manbalari, ulardan foydalanishning o‘ziga xos shakllari
Davlat byudjeti
|
davlat pul mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlash- tirilgan fondi, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega bo’lgan davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining qonunchilik organi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat pul mablag’lari markazlashtirilgan fondini shakllantirish va foydalanish jarayonidagi iqtisodiy (pul) munosabatlar(i)ni ifodalaydi. Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funksiyalari 1) mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; 2) iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag’batlantirish; 3) davlatning sotsial siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; 4) pul mablag’larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish.
|
Davlatning maqsadli jamg’armalari
|
Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan fondlar bo’lib, ularning har biri uchun mablag’lar manbalari, har bir manbadan mablag’ tushish normalari va shartlari, shuningdek shu mablag’lardan foydalanilishi mumkin bo’lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Aniq maqsadlarga mo’ljallangan pul fondlari. Aholiga taqdim etiladigan sotsial xizmatlarning ko’lamini kengaytirish, infrastrukturaning qoloq tarmoqlari rivojlanishini rag’batlantirish, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarini qo’shimcha resurslar bilan ta’minlash bu fondlarning maqsadidir. Bu fondlar Pensiya fondi, Respublika yo’l fondi, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasining maxsus fondi (hisob varag’i), Ish bilan ta’minlashga ko’maklashish davlat fondidan iboratdir. Ularning daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik uzilishni (etishmovchilikni) qoplash uchun davlat maqsadli fondlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan respublika byudjetidan byudjet dotatsiyalari va ssudalari ajratilishi mumkin. Davlat maqsadli fondlariga tushgan daromadlar xarajatlardan oshgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ortiqcha summa yilning har bir choragi yakunlari bo’yicha respublika byudjetiga to’liq yoki qisman olib qo’yilishi mumkin.
|
Davlat krediti
|
Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat bo’lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi. Bunday iqtisodiy (kredit) munosabat-lar(i)ning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mab- lag’larni qarz oluvchi bo’lib hisoblanadi.
|
Tijoratga assoslangan XYS
|
|
Tijoratga assoslanmagan XYS
|
|
Moliyaviy vositachilar
|
Ular moliyaviy operatsiyani engillashtirish uchun ikki tomon o'rtasida vositachilik qiluvchi shaxslar yoki muassasalardir. Ular o'rtacha iste'molchiga tijorat banklari, investitsiya banklari va aktivlarni boshqarish tizimiga kiritilgan xavfsizlik, likvidlik va miqyosli iqtisod kabi bir qator imtiyozlarni taqdim etadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |