O ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi



Download 47,41 Kb.
bet3/7
Sana14.07.2022
Hajmi47,41 Kb.
#796950
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ahmadjonova Durdona

1.2 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o‘quv mehnat, samarali faoliyatlar jarayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. O‘ozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o‘zlashtirib olish, ularni jamg‘arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo‘lgan bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari deb hisoblanadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metod iva tashkil etilishiga qarab belgilanadi.
Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali xal etish 1) bolaning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, 2) bola organizmining umumiy charchashiga savob bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha nagruzka bo‘lmasligi yo‘llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini o‘rganish bilan shuQallanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarini yanada chuqarlashtirish, xajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta’lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to‘grisida kattagina xajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo‘lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi voqealardagi muhim va muhim bo‘lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba’zi bir sabab natijali boQlanishlarni bilib oladigan bo‘lib qoladilar. Ular o‘quv faoliyatining dastlabki ko‘rsatkichlari shakllandi. SHuning uchun bog‘cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta’limi bo‘ladi. O‘ayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy hayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko‘rgazmali-xarakatli, ko‘rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so‘z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, voqealarni, chuqur anglab olish, ularni muhim bo‘lgan va muhim bo‘lmagan tomonlarini ajratishga o‘rgatish lozim.
Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak-atrofdagi voqea-xodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashga, hamma narsani ushlab his qilib, diqqat bilan tomosha qilishni kuzatishda namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yo‘llab, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.
Bolalar bog‘chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirsh vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyn bo‘ladi va rivojlanadi. Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik – fahm farosatlilik, tanqidiy ko‘z bilan qarash, sermulohazalik kabs sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolani bilimlarini muvaffaqiyatli egallab olishga yordam beradi. Masalan: o‘simliklar va hayvonlar bilan tanishtirish bo‘yicha sistemali mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar ayrim konkret o‘simliklar yoki hayvonlar to‘g‘risida ma’lum bir tasavvurga ega bo‘ladilar.
So‘ngra bolalardagi aqliy-ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilanquyidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirishi mumkin: “Paxta o‘simligini, momaqaymoq o‘simligi bilan solishtirish”, “Qafasdagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish” didaktik o‘yini va shunga o‘xshash tadbirlar o‘tkazish. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni xal etishda foydalanishga o‘rgatish zarur.
Ilk va bog‘cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish juda tez o‘sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivojlanishi xarakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bolaning qiziquvchanligini, bilishga bo‘lgan har qanday hoxishini sezishlari va rag‘batlantirib borishlari kerak. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to‘g‘ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak.Maktabgacha ta’lim yoshida bola boshqa yosh davrlariga qaraganda aqliy rivojlanishning yuqori sur’atda taraqqiy etishi kuzatiladi.Shu yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni keyinchalik bartaraf etish qiyin kechadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishida bilish jarayonlari –xotira va xayol katta ahamiyatga ega.Xotira inson hayotida muhim rol o‘ynaydi.Bola tug‘ilganda hech narsani bilmaydi va hech narsa qila olmaydi.U rivojlanishning birmuncha yuqoriroq darajasiga ko‘tarilib,biron bir foydali ish qilish uchun ko‘pgina bilim va malakalarni eslab qolishi hamda xotirasida saqlashi lozim.Xotiraning rivojlanishi bolaning hayot sharoitlariga,uning ta’lim va tarbiyasiga bog‘liq.Ruhiy faoliyatning maxsus shakli –xayol maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.Xayol ijodiy faoliyat uchun zarurdir,shuning uchun uni maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab rivojlantirib borish katta ahamiyatga ega.Xayol bolaning hayoti jarayonida,uning faoliyatida,ta’lim va tarbiya ta’sirida tarkib topa


Download 47,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish