O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Xotiraning fiziologik mexanizmi. Oliy nerv faoliyati tiplari



Download 9,19 Mb.
bet87/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Xotiraning fiziologik mexanizmi. Oliy nerv faoliyati tiplari.
Reja:
1. Nerv jarayonlarining induktsiyalanishi.
2. Xotira va uning turlari.
3. Uyqu va uning mexanizmi.
4. Oliy nerv faoliyati tiplari.
5. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari.
Tayanch iboralar: induktsiya, xotira, uyqu, emotsiya, hissiyot, idrok tafakkur, diqqat, nutq, sangvenik, melanxolik, flegmatik, xolerik.
Nerv jarayonlarining induktsiyalanishi.
Oliy nerv faoliyatining asosiy jarayonlarining harakati faqat irradiatsiyalanish yoki kontsentratsiyalanish orqaligina amalga oshmasdan ularni o’zaro induktsiyasi orqali ham amalga oshishi mumkin. Induktsiya deb asosiy nerv jarayonlarining o’z atrofida qarama-qarshi jarayonni keltirib chiqarishga aytiladi.
Induktsiya xodisasini quyidagi tajribada ko’rishimiz mumkin. Musbat induktsiya xodisasini kuzatish uchun itning oldingi oyog’iga so’lak oqizuvchi shartli refleks tugmachasi, orqa oyog’iga esa farqlovchi tugmacha o’rnatilgan tormozlovchi tugmachani ta’sirlaganda so’lak oqmaydi, ammo shundan keyin oldingi oyoqdagi tugmacha qo’zg’atilsa shartli refleksni kuchayganini kuzatiladi.
Analizatorni bir joyi bilan bog’liq bo’lgan o’xshash ta’sirlagichlarni farqlash tormozlanishini kuzatilganda ham qo’zg’alishning induktsiyalanishini ko’rish mumkin. Itda kuchli yorug’likka so’lak oquvchi shartli refleks hosil qilingandan keyin kuchsiz yorug’ ta’siriga farqlash tormozlanishni hosil qilingan. Kuchsiz yorug’ ta’sir qilgandan keyin birdaniga kuchli yorug’ bilan qo’zg’atilsa so’lak oqish taxminan 50% ortishi kuzatiladi.
Demak, musbat induktsiya xodisasini bir analizatorning qo’shni qismlarida yoki bir joyining o’zida kuzatish mumkin.
Emotsiya, hissiyot. Emotsiya, lotincha «Emovere» so’zidan olingan bo’lib, «qo’zg’atmoq to’lqinlantirmoq» ma’nosini anglatadi. Emotsiya bu insonni tashqi dunyoga va o’ziga bo’lgan munosabatini ko’rsatuvchi qisqa muddatli somatik va vegetativ javoblar majmuasi.
Oliy psixik faoliyatlar. Psixik faoliyat-ongda ob’ektiv vokealarning aks etishidan hosil bo’lgan ruhiy kechinmalar majmui, ruhiy holat. Sezish va qabul qilish o’z-o’zimizni va tashqi dunyoni bilishimizning boshlang’ich davri hisoblanadi. Sezish-sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilgan narsalar va ob’ektiv borliqning markaziy nerv sistemasida aks etishi. Har qanday sezgi ma’lum bir sifatga, kuch va davomiylikka ega. Sezginig o’ziga xos sifati, uning modalligi deb ataladi. Sezgi tevarak-atrofimizni bilishimiz uchun asos bo’lib qoladi.
Idrok. Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’sir qilish jarayonining kishi ongida aks etishi idrok deb ataladi. Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga solinishi hamda narsalar va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi.
Qo’zg’atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilardan farqli o’laroq, idrok narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig’indisidan iborat tarzda emas, balki hissiy bilishning o’ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.
Kishining idroki uning tafakkuri bilan, narsaning mohiyatini tushunib yetishi bilan chambarchas bog’liqdir. Narsani ongli idrok etish unga fikran nom berish, ya’ni idrok etilgan narsani narsalarning muayyan guruhiga, sinfiga kiritish, uni o’z vositasida umumlashtirish demakdir. Hatto o’zimizga notanish narsani ko’rganimizda ham uning bizga tanish ob’ektlar bilan o’xshashlik jihatlarini payqab olishga, uni qandaydir toifaga kiritishga urinamiz. Idrok shunchaki sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan qo’zg’atuvchilarning oddiy yig’indisi bilan belgilanmaydi, balki mavjud ma’lumotlarni yaxshilab talqin qilish, izohlab berish yo’llarini jadal izlash bo’lib hisoblanadi.
Tafakkur. Jiddiy ravishda yangilikni qidirish va ochishga bog’liq, aloqador psixik jarayondir, uning tahlili va sintezi jarayonida voqelikni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo’ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi.
Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurdan o’tib ketishi mumkin. Biroq istagan tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan, ya’ni sezish, idrok va tasavvurlar bilan bog’langan bo’ladi. Tafakkur faoliyati o’zining butun «materialini» faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan oladi.
Kishining tafakkur faoliyati uchun tilning nutq bilan o’zaro bog’liqligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bunda inson va hayvon psixikasi o’rtasidagi printsipial farqlardan biri namoyon bo’ladi. Faqat nutq paydo bo’lgach, bilinayotgan ob’ektdan ma’lum bir xususiyatni ajratib olib, uni maxsus so’z yordamida tasavvurda yoki tushunchada mustahkamlash, qayd qilish imkoniyati tug’ildi. Tafakkur so’zda o’zining zaruriy moddiy qobig’iga ega bo’ladi, tafakkur faqat so’z orqali boshqalar uchun va o’zimiz uchun ham bevosita reallikka aylanadi. Inson tafakkurini, u qanday shaklga ega bo’lmasin, tilsiz amalga oshirib bo’lmaydi.
Diqqat. Individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
Yo’naltirilgin sub’ektning ehtiyojlari uning faoliyati maqsadlari va vazifalariga mos keladigan ob’ektlarning tanlanganligida, ixtiyoriy va ixtiyorsiz tanlashda, ajratishda namoyon bo’ladi. Diqqat e’tiborning bir xil ob’ektlarda to’planganligi (kontsentratsiyalanishi) ayni paytda barcha begona narsalardan chalg’ishni, boshqa ob’ektlarning vaqtincha inkor etilishini taqozo qiladi. Shu tufayli in’ikos aniq-ravshan bo’la boradi, tasavvurlar va o’y fikrlar faoliyat tugallanmagunga qadar, undan ko’zlangan maqsadga erishilmaguncha ongda saqlanib qoladi. Shu yo’sinda faoliyatning nazorat qilib va boshqarib borilishi ta’minlanadi.
Diqqat sezgi, xotira, tafakkur va harakat jarayonlarida namoyon bo’lishi mumkin. Shu sababli diqqatni biror narsaga qaratish ob’ektiga (idrok etiladigan buyum, xotira, tafakkur, harakat tasavvurlari) bog’liq holda diqqat namoyon bo’lishining quyidagi: sensor (pertseptiv), aqliy harakatlantiruvchi shakllarini ajratib ko’rsatadilar.
Diqqat bamisoli bilish (idrok, xotira va tafakkur) jarayonlari orasida namoyon bo’lib, ular samaradorligining oshishiga yordam beradi. Jumladan, idrokning aniq-ravshanligi va to’laqonligi diqqatga bog’liq, diqqatning susayishi pertseptiv jarayonlarning birmuncha darajada buzilishiga va shakllanayotgan siymoning o’zgarib ketishiga olib borishi mumkin.
Hosil bo’lish xususiyatiga amal qilish usullariga ko’ra diqqatning ikkita asosiy turi-ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud. Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno hosil bo’ladi va qo’llab quvvatlanadi. Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo’ladi.
Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning ahamiyati benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to’planib turishini taqozo qiladi. Ixtiyorsiz diqqat sub’ektning anglashilgan niyatlaridan mustasno tarzda, uning biron bir irodaviy urinishlarisiz ro’y beradi.
Ixtiyoriy diqqat diqqatning oliy turi sifatida mehnat jarayonida tarkib topgandir. Ixtiyoriy diqqat agar kishi faoliyati jarayonida o’z oldiga ma’lum bir vazifa qo’ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo’lsa yuz beradi. Uning diqqatini jalb etadigan ob’ektlarning alohida ajratib ko’rsatilishi ana shu hol bilan bog’lanadi. Diqqat ancha yangi, qiziqarli, maroqli bo’lgan narsalarga karatilmasdan, aksincha faoliyatning maqsadi bilan bog’liq holatlar, uni amalga oshirish uchun muhim va zarur bo’lgan narsalarga jalb etilgan sharoitlarda ko’pincha irodaviy kuch-g’ayratlarni ishga solish talab qilinadi.
Diqqatni boshqarishda miya o’zagining retikulyar formatsiyasi, talamik, subtalamik va gipotalamik yadrolar ishtirok etadilar. Bosh miya po’stlog’ining assotsiativ sohalari diqqat-e’tiborni boshqarishdagi markaziy zvenodir.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish