O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet44/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Tayanch iboralar: elektroentsefalogramma, sensor, xaraqat, nutq, proektsion, assotsiativ zonalar.


Bosh miya katta yarim sharlarini o’rganish usullari.
Bosh miya katta yarim sharlari — markaziy nerv sistemasining kechroq rivojlangan, strukturasi va funktsiyalari ayniqsa murakkab bo’lgan oliy bo’limidir.
Katta yarim sharlar va po’stlog’ining ahamiyati ularni operatsiya qilib olib tashlash, ya’ni ekstirpatsiya qilish tajribalarida yaqqol ko’rinadi.Katta yarim sharlarni olib tashlash va buning oqibatlari.
XIX asrning birinchi choragidayoq Flurans qushlar bosh miyasining katta yarim sharlarini birinchi marta olib tashlagan (ekstirpatsiya qilgan). Qeyinchalik ko’pgina tadqiqotchilar sut emizuvchi hayvonlarning katta yarim sharlarini yoki ularning po’atlog’ini olib tashlashdi.
Katta yarim sharlarni yoki ularning po’stlog’ini olib tashlash tajribalari operatsiyadan keyin hayvonning qaysi funktsiyalardan mahrum bo’lishini va qaysi funktsiyalari saqlanib qolishini bilish maqsadida qilinadi.
Qush bosh miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach havoga uloqtirilganda ucha oladi, qafasda turganda itarilsa yurib ketadi. Operatsiya qilingan qushlarga ta’sir etilmasa, ular ko’p soatlab qimirlamay turaveradi. Ular eshituv va ko’ruv ta’sirlariga reaktsiya ko’rsatish qobiliyatidan to’la mahrum bo’lmay, keskin soya beruvchi to’siqlarni chetlab o’ta biladi. Fazoda gavda vaziyatining o’zgarishiga javoban normal reaktsiya ko’rsatadi. Qushlar bosh miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach ro’y beradigan xarakterli o’zgarishlar shundan iboratki, xulqatvorning individual turmush tajribasida kasb etilgan murakkab harakatlari buziladi. Operatsiya qilingan qushlar o’zicha ovqat topib yeya olmaydi; ularni sun’iy yo’l bilan boqishga va suv berib turishga to’g’ri keladi. Hayvon qo’lga o’rganish qobiliyatidan ham mahrum bo’ladi.
Sut emizuvchilar bosh miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach xulqatvor yanada baralla buziladi. Bosh miya katta yarim sharlarining po’stlog’i olib tashlangan itda operatsiya oqibatlari yo’qolib, jarohat tuzalgach it harakatlana oladi, ayni vaqtda yotarlicha aniq uyg’un harakatlar qila oladi. Buning sababi shuki, hayvonning fazodagi vaziyati va harakatlanishi o’rta miya, ko’ruv do’mboqlari va targ’il tana funktsiyalariga bog’liq, operatsiya vaqtida esa miyaning bu bo’laklari avaylab beshikast qoldiriladi. Bunday hayvonning yurishturishi kuzatilganda faqat harakatlar chaqqonligi, tekisligi va aniqligi kamayganligi qayd qilinadi, xolos.
Katta yarim sharlar po’stlog’idan mahrum qilingan itlarda jinsiy instinkt juda susayadi. O’yqu va tiyraklik normal ravishda almashinadi; it uzoqroq uxlaydi.
Sensor funktsiyalar keskin darajada buziladi. It operatsiyadan keyin ko’r va qisman karga o’xshab qoladi. To’siqlarga kelib uriladi, egasini tanimaydi, laqabini aytib chaqirilganda indamaydi, oldiga ovqat qo’yilsa yaqin kelmaydi, hidning farqiga bormaydi; terining kuchsiz ta’sirlanishiga javoban ro’y beradigan reaktsiyalar ancha susayadi. SHu bilan birga, katta yarim sharlar po’stlog’i olib tashlangach itning ba’zi ko’ruv va eshituv sezgilari saqlanib qoladi. Masalan, boshiga juda ravshan yorug’lik tushirilsa, boshini bura oladi; qorachiq refleksi qayd qilinadi. Katta yarim sharlar po’stlog’i olib tashlangach ta’m bilish sezgilari saqlanib turadi: ovqatga bironta achchiq narsa qo’shilsa, hayvon ovqatni tuflab tashlab, tumshug’ini burishtiradi.
Katta yarim sharlar po’stlog’idan mahrum qilingan it umrini cho’zish uchun eksperimentator itning og’ziga ovqat solib va suv quyib, uni sun’iy yo’l bilan boqib turadi. G.P.Zeleniyning tajribalariga qaraganda, operatsiya qilingan it ovqat yutganda me’da shirasining normal reflektor sekretsiyasi yuzaga chiqadi.
It boshli maymunlarning katta yarim sharlar po’stlog’i olib tashlangach yanada keskin o’zgarishlar ro’y beradi. Bunday maymunlar operatsiyaga chidash bermay, tez nobud bo’ladi. Individual hayot davrida turli ta’sirlarga javoban kelib chiqqan reaktsiyalar yo’qolib ketadi. Operatsiya qilingan maymunda harakat aktlari ro’yrost buziladi. Unda ixtiyoriy harakatlar mutlaqo yuzaga chiqmaydi, mimika va jestikulyatsiya yo’qoladi. Tashqi ta’sirlarga javoban bajariladigan harakatlar sust va bo’sh bo’ladi. Katta yarim sharlar po’stlog’idan mahrum qilingan maymunga ta’sir etilmasa, u qimir etmay turaveradi; ko’proq uxlaydi.
Bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’idan mahrum bo’lib tug’ilgan bolalar (anentsefallar) da xulq-atvor chuqur o’zgaradi.
Hayvonlarning har xil turlarida bosh miya katta yarim sharlari yoki ularning po’stlog’ini olib tashlash natijalari shundan guvohlik beradiki, markaziy nerv sistemasining oliy bo’limlari filogenetik taraqqiyot protsessida tobora ko’proq ahamiyat kasb etib boradi. Katta yarim sharlar po’stlog’i boshqa nerv tuzilmalaridan ancha ustun bo’lib, tobora katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bosh miya katta yarim sharlarini yoki ularning po’stlog’ini olib tashlashdan keyin tuban darajadagi hayvonlarga nisbatan yuksak darajadagi hayvonlarda keskin va chuqur o’zgarishlar ro’y berishi shuni ko’rsatadi. Buning sababi shuki, murakkab nerv funktsiyalari markaziy nerv sistemasining kechroq rivojlanadigan oliy bo’limi katta yarim sharlar po’stlog’iga ko’chib o’tgishi ya’ni funktsiyalar kortikalizatsiyasi ro’y bergan.
Murakkabroq nerv funktsiyalari markaziy nerv sistemasining tarixan yoshroq bo’limlariga ko’chib o’tganligi shu sistema taraqqiyotining eng muhim va xarakterli faktlaridan biridir. Masalan, baliqlar yoki suvda hamda quruqda yashovchilar miyasining katta yarim sharlari olib tashlangach ko’ruv sezgilari deyarli o’zgarmaydi, itlarda esa katta yarim sharlar po’stlog’ining o’zi olib tashlangandayoq murakkab ko’ruv sezgilari butunlay yo’qoladi. So’ngra, baqa yoki toshbaqa katta yarim sharlari olib tashlangach shartli reflekslar hosil bo’lishi mumkin, bu hayvonlarda shartli reflekslarni oraliq miya va o’rta miya, yuzaga chiqara oladi; itlar yarim sharlar po’stlog’ining o’zi olib tashlanganda esa individual hayot davrida kasb etilgan eskidan bor hamma shartli reflekslar yo’qoladi, yangi shartli reflekslar vujudga kela olmaydi.
Odamning katta yarim sharlar po’stlog’i shikastlanganda ayniqsa katta o’zgarishlar ro’y beradi. Odamning gavdasini tikka tutishi va mehnat faoliyati bilan bog’langan murakkab harakatlarni yuzaga chiqarishi uchun nerv protsesslarining bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’iga bog’liq bo’lgan g’oyat mukammal koordinatsiyasi talab qilinadi. Taraqqiyot protsessida katta yarim sharlar pustlog’i harakat sferasini — ko’ndalangtarg’il muskullarni, shuningdek vegetativ protsesslarni kontrol kiladigan bo’lib qoladi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish