O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanini o’rganish usullari



Download 9,19 Mb.
bet3/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanini o’rganish usullari.
Fiziologiya eksperimental fan. Fiziologiya hayot hodisalarini kuzatib va o’rgana borib, ularga sifatli va miqdoriy baho berishga, ya’ni (ularni) aniq tasvir qilish va o’lchashga, shuningdek kuzatish natijalarini xujjatlashga intiladi.
O’lchash uchun ham, asoslash uchun ham tekshirish usuliga mos maxsus asbob va anjomlar kerak. Chunki ko’pgina jarayonlar shu qadar oz bo’lib, shunchalik tez o’tib ketadiki, ularni o’lchash uchun maxsus moslamalar zarurdir. Zamonaviy fiziologiya yuksak darajadagi sezgir apparatlardan foydalanayotganligi bilish imkoniyatlarini g’oyat kengaytiradi.
Mutaxassis fiziologiya jarayonlarini kuzatibgina qolmasdan, balki nima uchun bu jarayon sodir bulayotganligini ham bilishi zarur. Buning uchun fiziolog maxsus, o’zgarib turadigan sharoitda tajriba, eksperiment o’tkazishi zarur.
Fiziologlar organizmdagi har qanday jaryonlarni tajribada tekshirilayotgan paytda mazkur jarayonni qanday sharoitda vujudga keltirish, kuchaytirish yoki susaytirish mumkinligini aniqlashga intiladilar.
Fiziologik tajriba shakli tekshirish vazifasiga ham bog’liq. Masalan, tashqi muhit ta’siri aniqlanayotganda tekshiriluvchi havoning gaz tarkibi yoki harorati, namligi, yorug’ligi o’zgartirilgan xonaga joylanadi. Bunda tahlil aniq bo’lishi uchun tekshirilayotgan faqat bir omil o’zgartiriladi, faqat bir ta’sir ko’rsatiladi va eksperimentning tekshirilayotgan bir shartidan boshqa hamma shartlari turg’un turgan sharoitda o’tkaziladi.
Organizmdagi biror a’zoning funktsiyasi yoki ahamiyatini bilish uchun fiziologlar shu a’zoni yoki uning biror qismini olib tashlashadi (olib tashlash, yoki ekstirpatsiya usuli) yoki organizmning yangi joyiga ko’chirib o’tkazishadi (kuchirib o’tkazish, yoki transplantatsiya usuli) va bu muolajadan so’ng qanday oqibatlar bo’lishini kuzatishadi. A’zo faoliyati nerv tizimi ta’siriga bog’liq ekanligini bilish uchun shu a’zoga boradigan nerv tolalari qirqiladi (denervatsiya usuli). A’zolarning qon tomir tizimi bilan aloqasini uzish uchun turli qon tomirlar bog’lab tashlanadi (ligatura solish usuli) yoki bir tomirning markaziy qismi ikkinchi tomirning periferik qismiga ulanadi (tomirlar anostomozi usuli). Gavdaning ichkarisida joylashgan va shuning uchun bevosita kuzatib bo’lmaydigan ba’zi a’zolar faoliyatini o’rganish uchun fistula qo’yish usuli qo’llaniladi. Yurak, qon tomirlari, bez yo’llarida o’tkaziladigan bir qator tekshirishlarda ularga ingichka naychalar – kateterlar suqiladi, a’zolar faoliyatini yozib olish uchun bu kateterlar turli maxsus asboblarga ulanadi yoki muayyan moddalar shu kateterlar orqali yuboriladi (kateterizatsiya usuli). A’zolar faoliyatini sun’iy qo’zg’atish uchun fiziologlar elektr, mexanik, kimyoviy yoki boshqa biror yo’l bilan ta’sir ko’rsatishadi.
Yuqorida aytib o’tilgan usullar o’tkir va surunkali tajribalarda tadbiq etiladi. O’tkir tajribalar (eki vivisektsiya) hayvonga narkoz berib yoki uni boshqa usulda harakatsiz qilib, a’zolarning faoliyati o’rganiladi. Surunkali tajribalarda fiziologlar hayvonni har xil usulda operatsiya qilib, u tuzalgandan so’ng tekshira boshlashadi. Bunday hayvonda oylab va yillab tajriba o’tkazish mumkin.
A’zolar funktsiyasi organizmidagina emas, balki organizmdan ajaratilgan sharoitda ham o’rganiladi. Qirqib olingan (ajratib olingan) a’zo tomirlaridan maxsus eritmalar o’tkaziladi, bu eritmalar tarkibini eksperimentator tartibga solib turadi (perfuziya usuli) va tirik to’qima uchun zarur tashqi muhit muhayyo qilinadi.
Hozirgi paytda odam organizmiga hech qanday shikast yetkazmasdan uning ko’pgina funktsiyalarini o’rganish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Masalan, badanga elektrodlar qo’yib elektr o’lchash apparatlarini tadbiq etib, a’zolarda sodir bo’layotgan elektr hodisalari o’rganilmokda.



Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish