O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet29/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Orqa miya reflekslari (spinal reflekslar). Terining og’ritilishiga, masalan, igna sanchilishiga javoban ro’y beruvchi bukish reflekslari (fleksor reflekslar) orqa miya ko’ndalangiga to’la qirqib qo’yilgach boshqa reflekslardan ertaroq tiklanadi. Bukish refleksi to’la tiklanganda oyoqnibukuvchi muskullar qisqarishi bilan bir vaqtda retsiprok (payvasta) tormozlanish natjisida yozuvchi muskular bo’shashadi. Ayni vaqtda qarama-qarshi-kontralateral-oyoqni yozuvchi muskullar qisqarib, bukuvchi muskullar bo’shashadi. Terining turli qismlariga ta’sir etib, bukish refleksini yuzaga chiqarish mumkin. Ayni vaqtda javob reaktsiyasining xarakteri har xil bo’lishi, ya’ni unda turli muskul guruxlari qatnashuvi mumkin. Bir reflektor aktning ta’sirot joyiga bog’liq bo’lgan xususiyatlari refleksning mahalliy belgilari deb ataladi.
Spinal hayvonda oyoq panjalarining kaft yostiqchalari sal-pal bosilganda yozish refleksini, tananing yon yuzasiga ta’sir etilganda qashish refleksini, shuningdek muskul payiga urilganda shu muskulning cho’zilishiga javoban bir qancha miotatik reflekslarni ham kuzatish mumkin. Ayrim hollarda kuchli ta’sirotga javoban almashinish (otdacha) fenomeni kelib chiqishi tufayli (kuchli ta’sirot bukish refleksini yuzaga chiqaradi) oyoqning ritmik harakatlari vujudga keladi. Spinal itning tanasi osib qo’yilganda oyoqlaridan birining panjasi bosilsa to’rttala oyoqni bosib qadamlash tipidagi reflektor harakatlar kelib chiqadi (Filippson refleksi). Ichki organlarning ba’zi reflekslari: siydik chiqarish defekatsiya, tomir harakatlantirish reflekslarini ham orqa miya markazlari yuzaga chiqaradi.
Orqa miya yuqoriroqdan qirqib qo’yilib, markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo’limlaridan ajratib qo’yilgach boya aytilgan reflekslarning hammasi saqlanib turgani uchun bu reflekslarning markazlari orqa miyaning qirqilgan joyidan pastroqda, degan xulosa chiqishi tabiiy: orqa miyaning ko’pchilik qismi yuqoridagi ko’krak segmentlaridan boshlab pastdagi bel segmentlarigacha umurtqa pog’onasining kanalidan sitib chiqarilgach orqa miyaning barcha reflekslari yo’qoladi. Orqa miyaning muayyan qismlari yemirilganda yoki ularga mos keluvchi orqa miya ildizlari qirqib qo’yilganda ham muayyan reflekslar yo’qoladi.
Odamning orqa miyasi uzilgach bir necha vaqtdan keyin bukish reflekslaridan tashqari, tizza refleksi va axill refleksi yaqqol ko’rinadi. Tizza refleksi shundan iboratki, son to’rt bosh muskulining payiga urilganda oyoq tizza bo’g’imidan yoziladi, axill refleksi shundan iboratki, axill payiga urilganda oyoq boldir-panja bo’g’imidan yoziladi. Bu reflekslar «spinal» odamda ayniqsa kuchaygan bo’ladi. Odam orqa miyasi to’la uzilgandan keyin bir necha vaqt o’tgach siydik chiqarish va defekatsiya reflekslari tiklanadi, qovuq va to’g’ri ichak ma’lum darajada cho’zilgach shu reflekslar yuzaga chiqadi. Erkakning jinsiy olati ta’sirlanganda reflektor erektsiya va eyyakulyatsiya kelib chiqishi, ya’ni jinsiy olat bo’rtib, urug’ otishi mumkin.
Orqa miyasi uzilgan odamda qo’zg’alish jarayoni orqa miyaga keng yoyilgani sababli barcha spinal reflekslar normal chegaralanganlik va joylashganlik xususiyatlaridan mahrum bo’ladi. Bu miya o’zanining tormozlovchi ta’siri kelmaganligi sababli reflektor reaktsiyalar koordinatsiyasi juda buzilganligini ko’rsatadi. Har qalay orqa miyadagi koordinatsiya hayvondagiga nisbatan odamda kamroq rivojlangan, chunki markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo’limlarida ro’y beruvchi koordinatsiya jarayonlari kataroq ahamiyat kasb etadi.
Odam orqa miyasining chekli ayrim qismlari zararlanganda shu qismlarning joylashishiga qarab turli reflekslar yo’qolishini kuzatsa bo’ladi. Masalan, orqa miyaning ko’krak segmentlaridan bir nechtasi zararlanganda ko’krak va qorinning tegishli metamerlarida teri sezuvchanligi yo’qolib, ter ajratish va tomir harakatlantirish reaktsiyalari yuzaga chiqmaydi, shuningdek ayrim muskul guruxlarining harakat falaji ro’y beradi. Bunday ko’pgina mushohidalar orqa miya markazlarining nisbiy segmental tartibda joylashganligidan guvohlik beradi.
Orqa miyadagi bir qancha markazlarning segmentar joylashishini qayd qilar ekanmiz, butun orqa miyaning funktsional butunligini ta’minlaydigan segmentlar aro a’loqalar orqa miyada ko’p ekanligini ta’kidlab o’tmoq kerak.
Vegetativ nerv sistemasiga mansub bo’lgan bir qancha effektor markazlar: ko’z muskullarining spinal markazi, tomir harakatlantirish va ter ajratish markazlari, siydik- tanosil organlari bilan to’g’ri ichak funktsiyalarini boshqarish markazlari va hokazolar ham orqa miyada bu markazlarning joylanishi vegativ funktsiyalarning boshqarilishi haqidagi bobda ko’zdan kechiriladi.
Orqa miya o’tkazuvchi yo’llarining funktsiyalari. Orqa miya markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo’limlari (miya o’zani, miyacha va katta yarim sharlar) ga ko’tariluvchi va tushuvchi o’tkazuvchi yo’llar orqali bog’lanadi. Retseptorlar oladigan axborot ko’tariluvchi yo’llar orqali o’tadi.
Impulslar muskul pay va boylamlarning proprioretseptorlaridan markaziy narv sistemasining yuqoriroqdagi bo’limlariga qisman orqa miyaning orqa ustunlaridagi Goll va Burdax tutamlarining tolalari orqali, qisman yon ustunlaridagi Govers va Leksik yo’llari (orqa miya bilan miyacha o’rtasidagi yo’llar) ning tolalari orqali o’tadi. Goll va Burdax tutamlari retseptor neyronlarning o’siqlaridan hosil bo’ladi, bu neyronlarning tanalari orqa miya gangliylarida yotadi. Ana shu o’siqlar orqa miyaga kirgach yuqoriga ko’tariladi, ayni vaqtda orqa miyaning birmuncha yuqorida va pastda yotgan segmentlaridagi kul rang moddaga katta shoxchalar beradi. SHu shoxchalar orqa miya reflektor yoylarining tarkibiga kiruvchi oraliq va effektor neyronlarda sinapslar hosil qiladi. Goll va Burdax tutamlari uzunchoq miya yadrolarida tugaydi, afferent yo’lning ikkinchi neyroni shu yadrolardan boshlanadi va kesishgandan keyin talamusga boradi; talamusda uchinchi neyron bor, uning o’siqlari afferent impulslarni katta yarim sharlar po’stlog’iga o’tkazadi. Goll va Burdax tutamlarining tarkibiga kiruvchi tolalar uzilmasdan uzunchoq miyaga boradi. Orqa ildizlarning shulardan boshqa hamma afferent nerv tolalari orqa miyaning kul rang moddasiga kirib, shu yerda uziladi, ya’ni turli nerv hujayralarida sinapslar hosil qiladi. Orqa miyaning orqa shohidagi ustun yoki klark hujayralaridan va qisman orqa miyaning komissural yoki bitishma hujayralaridan Govers va Fleksig tutamlarining nerv tolalari boshlanadi.
Orqa miya bilan miyacha o’rtasidagi yo’llar (Govers va Fleksig yo’llari) dan afferent impulslar o’tmay qolishi natijasida murakkab harakatlar buziladi, miyacha zararlangandagi kabi, bunda ham muskul tonusi buziladi va ataksiya hodisalari kuzatiladi.
Orqa miyaning tushuvchi yo’llari orqali unga yuqoriroqdagi effektor markazlardan impulslar kelib turadi. Orqa miya bosh miya markazlaridan tushuvchi yo’llar orqali impulslar olib va ularni ishlovchi a’zolarga o’tkazib turadi, shu tariqa o’tkazish-ijro etish vazifasini bajaradi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish