O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet94/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Nazorat savollari.
1. Nerv jarayonlarining induktsiyalanishi?
2. Emotsiya, hissiyot?
3. Oliy psixik faoliyatlar?
4. Idrok?
5. Tafakkur?
6. Diqqat?
7. Xotira?
8. Harakat xotirasi?
9. Emotsional xotira?
10. Obraz xotirasi?
11. Xotiraning fiziologik mexanizmi?
12. Qisqa muddatli xotira?
13. Uzoq muddatli xotira?
14. Xotirani ko’chirish?
15. Uyqu vaqtidagi fiziologik o’zgarishlar?
16. Uyqu turlari?
17. Gipnotik uyqu?
18. Davriy sutkali uyqu?
19. Uyqu nazariyalari?
20. uyqu markazi nazariyasi?
21. Oliy nerv faoliyati tiplarini ko’rsatkichlari?
22. Oliy nerv faoliyati tiplarining turlari?
23. Birinchi signal tizimlari?
24. Ikkinchi signal tizimi?
25. Nutqning fiziologik asosi?
8. MA’RUZA. Endokrin tizimi fiziologiyasi.


Reja:

  1. Gormonlarning umumiy fiziologik xossalari

  2. Ichki sekresiya bezlarining faoliyati va gormonlari

  3. Buyrak usti bezining po`stloq qismining ichki sekresiyasi

  4. Qalqonsimon bezning ichki sekresiyasi

  5. Jinsiy bezlar faoliyati va gormonlari



Tayanch so`z va iboralar
Endokrin sistemasi, Endokrin bezlar, Gormon tushunchasi, Ginofizar panizm, Gipofunktsiya, Ginerfunktsiya, Kritinizm, Gipotalamo-gipofizar tizim, Meksedema, Bo’ydorlik (gigantizm), Akromegaliya, Endomik buqoq.


8.1 Gormonlarning umumiy fiziologik xossalari
Nerv sistemasi bilan bir qatorda endokrin sistemasi organizm faoliyatini boshqarishda juda katta axamiyatga ega. endokrin bezlar sistemasiga bir-biridan mustaqil bo`lgan uch bo`lakdan tashkil topgan gipofiz bezi, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlarining po`stloq va mag`iz qismlari oshqozon osti bezining Langergans orolchalaridan hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlari, epifiz hazm a'zolari shiliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. endokrin tizim maxsus moddalar - garmonlar yordamida ta'sir qiladi. garmonlab ishlab chiqaruvchi endokrin bezlarining chiqarish yo`llari yo`q. Sintezlangan moddalar tug`ridan to`g`ri qonga o`tadi.
Garmon so`zi grekcha so`zdan kelib chiqqan bo`lib, o`zbekcha «qo`zg`otaman» degan mazmunga ega. Garmonlar o`ziga xos bir nechta xususiyatlarga egadir.
1. Xar bir garmon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi.
2. Xar bir garmon muayyan a'zo va faoliyatlarga ta'sir etib, ularda o`ziga xos o`zgarishlar paydo qiladi.
3. Garmonlar juda katta biologik faollikka ega (1 g adrenalin 10 mln. ajratib olingan baqa yuragining ishini tezlashtila oladi).
4. Garmon ishlab chiqaradigan bez bilan u ta'sir qiladigan a'zo (nishon) orasida odatda ma'lum masofa bo`ladi (distant ta'sir)
5. Garmonlar hujayra membranalaridan o`tish qobiliyatiga ega.
6. Garmonlar nisbatan tez parchalanadi, yarim parchalanish vaqti bir necha sekunddan (peptid garmonlar) bir necha kunni (yodtironinlar) tashkil qiladi.
7. Ko`pchilik garmonlarning turga oid spesifik xossalari yo`q.
8. Garmonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarida ro`y beruvchi jarayonlarga ta'sir etadi.
Garmonlarning ximiyaviy tuzilishiga ko`ra, bir necha guruxga bo`lish mumkin bo`lar: aminlar, yodtironinlar, kichik peptidlar, oqsillar, glikoproteinlar va steroidlar. Amin garmonlar guruxini davomini, noradrenalin, adrenalin va melatonin tashkil qiladi. Yodtroninlar tiroksin (T4) va triyodtironindan (T3) iborat. Peptid garmonlar guruxiga antidiuretik gomon (ADG), oksitosin, mellanositlarni rag`batlantiruvchi gormon (MSG), tireotropin – rilizing-gormon (TRG), gonadotropin riziling-gormrn (GnRG), somatostain (SRIF), kortiqotrotin - riziling-gormon (KRG), somatokrinin (STG-RF), angiotenzin kiradi.
Garmonlar guruxlari orasidagi oqsil tabiatli garmonlar eng katta guruxni tashkil qiladi. Ularga quyidagi garmonlar kiradi: insulin, glyukogen, o`sish garmoni (GR), plesentar laktogen (Pl), prolaktin (PRL), paratgormon (PTG), enkafalin, kalsitonin, adrenokortikotrop gormon (AKTG), sekritin, xolesistokinin (XSK). Gastrin, Oshqozonning ingibirlovchi peptidi (JIP). Glyukoproteid gormonlarga folekllarni rag`batlantiruvchi (FSG), lyuteinlovchi (LG), qalqonsimon bezni rag`batlantiruvchi garmonlar va xorionik gonadotronin (XG) kiradi. Glyukortiqoidlar, estrogenlar, testosteronin, progesteron, aldosteron steroid garmonladir.
Garmonlar o`z vazifasiga ko`ra uch turga bo`linadi:
1. Nishon organlarga bevosita ta'sir qiluvchi gormonlar (yeffektor gormonlar).
2. effektor gormonlarning sintezi va ajralishini boshqaradigan gormonlar (glandotrop gormonlar).
3. Gipotalamusning nerv hujayralaridan sintezlanuvchi va glandotrop garmonlarning ajralishi boshqaruvchi riziling-gormonlar va ingibitor gormonlar. Shu gormonlar tufayli, endokrin sistema markaziy nerv tizimi bilan bog`lanadi.
Navbatda gormonlarning ta'sir ko`rsatish mexanizmlariga tuxtalamiz. Ta'sir ko`rsatish mexanizmlariga muvofiq gormonlarning ta'siri nishon-a'zolari hujayralaridagi ba'zi fermentlarning katalitik faolligini kuchaytirish yoki sustlashtirish bilan ro`yobga chiqadi. Bu birinchidan, hujayralardagi fermentlarni faollash (yoki ingibirlash) natijasi bo`lishi mumkin. Bu jarayonda siklik adenozinmonofosfoat (AMF), kalsiy ionlar va fostatidilinozitol (FI) metabolitlari ishtrok etadi. Ikkinchidan, gormonlar hujayralarda fermentlar sintezini tezlashtirib, ularda fermentlar miqdorini oshirish yo`li bilan ta'sir o`tkazadi.
Umuman gormonlar uchta juda muxim vazifani bajaradi:
1. Organizmning jismoniy, jinsiy va ruxiy rivojlanishini va ko`payishini ta'minlash.
2. Organizm va uning faoliy tizimlarining doim o`zgarib turuvchi sharoitlariga moslashishini ta'minlaydi.
3. Ba'zi fiziologik ko`rsatkichlarning (qonda glyukoza, kalsiy, fosfor va boshqalar miqdorining) barqarorligini saqlaydi (gomeostatik faoliyat).

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish