O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Download 9,19 Mb.
bet64/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Retseptorlarning sinflanishi.
Amaliyotda retseptorlarning psixofiziologik sinflanishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, ta’sirotlarga nisbatan sezish xarakteriga ko’ra: insonlarda ko’ruv eshituv, hid biluv, ta’m biluv retseptorlari, termo-proprio- vestibuloretseptorlar va og’riq retseptorlari tafovut etiladi.
Retseptorlar ichki va tashqi retseptorlar deb ataluvchi ikkita katta guruhga ham bo’linadi.
Ichki retseptorlar (interoretseptorlar) va tashqi (ekstraretseptorlar).
Interaretseptorlarga vestibulo-va proprioretseptorlar (tayanch-harakat apparatini retseptorlari) hamma vistseroretseptorlar (ichki organlar holatidan signal beruvchi) retseptorlar kiradi.
Ekstraretseptorlarga esa eshituv, ko’ruv, hid biluv, ta’m biluv retseptorlari kiradi.
Retseptorlarning tashqi muhit bilan aloqasining xarakteriga ko’ra distant, ta’sirlovchi manbadan axborotni ma’lum masofadan qabul qilinadi. (Ko’ruv, eshituv va hid biluv) va kontakt, retseptorlar ta’sirlovchini bevosita ta’sirida qo’zg’aladi (tam biluv, taktil).
Ta’sirlovchilarning tabiatiga ko’ra: retseptorlar: fotoretseptorlar, mexanoretseptorlar va boshqalarga bo’linadi.
Barcha retseptorlar birlamchi – sezuvchi va ikkilamchi – sezuvchi retseptorlarga bo’linadi. Birlamchi sezuvchi retseptorlarga hid biluv, taktil va proprioretseptorlar kiradi. Ularning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, ta’sirlovchi energiya nerv impulsga sensor tizimning birinchi neyronida yuzaga chiqadi. Ikkilamchi sezuvchi retseptorlarga ta’m biluv, kuruv, eshituv, vestibulyar apparat kiradi. Ularda ta’sirlovchi bilan birinchi neyron o’rtasida maxsus retseptor hujayrasi bo’lib, impulslar generatsiya qilmaydi. Shunday qilib, birinchi neyron bevosita qo’zg’almasdan balki retseptor hujayrasi orqali qo’zg’aladi.
Retseptorlarning umumiy qo’zg’alish mexanizmlari. Retseptor hujayralarida tashqi muhitdan berilgan ta’sirotlar yangi retseptor signaliga aylanadi yoki sensor signali transduktsiyasi amalga oshiradi. Bu jarayon 3 boskichni o’z ichiga oladi.
1. Hid taratuvchi molekula yoki ta’m biluv moddasi (hid biluv, ta’m biluv) yorug’lik (kuruv) yoki mexanik ta’sirotlar bilan retseptorlar hujayra membranasida joylashgan oqsil molekulasi bilan o’zaro aloqasi yuzaga chiqadi.
2. Retseptor hujayralarida sensor signallarning hosil bo’lishi va uning uzatilishiga bog’liq bo’lgan jarayonlar ro’y beradi.
3. Retseptor membranasida joylashgan ion kanallari ochilish va ular orqali ion tok oqimi o’ta boshlaydi. Bu o’z navbatida retseptor hujayra membranasini depolyarizatsiyaga uchratadi (retseptor potentsiali deb ataluvchi potentsial yuzaga chiqadi).
Birlamchi sezuvchi retseptorlarda bu potentsial membranani o’ta sezuvchan qismlarga ta’sir etib, harakat potentsialni generatsiyasini yuzaga chiqaradi – (elektr nerv impulslari). Ikkilamchi-sezuvchi retseptorlarda, retseptor hujayralarning presinaptik membranasidan mediatorlar ajratilishini yuzaga chiqaradi. Mediator (masalan, atsetilxolin) birinchi neyronni postsinaptik membranasidagi qutblanishni o’zgarishiga olib keladi (postsinaptik potentsial generatsiyasi yuzaga chiqadi) sensor tizimning birinchi neyronida hosil bo’lgan postsinaptik potentsial generator potentsial deb ataladi.
Sensor tizimni absolyut sezgirligi bo’sag’a reaktsiyasi bilan o’lchanadi. Sezgirlik va bo’sag’a bular xarakteriga ko’ra bir-biriga qarama-qarshi tushunchalardir: bo’sag’a qancha yuqori bo’lsa, sezgirlik shuncha past yoki aksincha.
Retseptor elementlarini adekvat ta’sirlovchilarga (odatda, ularga evolyutsion moslashgan) sezuvchanligi juda yuqori. Masalan, hid biluv retseptori, hid taratuvchi bitta molekula ta’sirida ham – hid bilish ro’yobga chiqadi. Eshituv retseptorlarning sezuvchanligi ham me’yorida: agar u juda yuqori bo’lganida edi, biz qulog’imiz ostida doimo shovqin eshitgan bo’lardik.
Sensor tizimda axborotlarni qayta ishlash mexanizmlari. Sensor tizimda axborotlarni qayta ishlanishida qo’zg’atuvchi va tormozlovchi neyronlar orasidagi o’zaro bog’lanish jarayonlari yotadi. Qo’zg’atuvchi o’zaro bog’lanish jarayoni negizida shu narsa yotadiki, markazga intiluvchi har bir akson yuqorida joylashgan sensor tizimni bir necha neyronlari bilan aloqa hosil qiladi, bularning har biri oldingi qavatdagi hujayralardan bir nechtasidan signal oladi.
Bir neyronga signallarni olib keluvchi retseptorlar majmuasiga retseptor maydoni deb ataladi.
Retseptiv maydon qo’shni neyronlar tomonidan qisman berkiladi. Sensor tizimdagi bunday bog’lanish nerv turi degan tuzilmani hosil qiladi. Bunday tur yordamida sensor tizimni kuchsiz signallarga ham sezuvchanligi ortadi, bundan tashqari o’zgaruvchan tashqi muhitga moslashuvini ta’minlaydi.
Sensor tizim tormozlovchi axborotlarni qayta ishlashida odatda, har bir qo’zg’atuvchi sensor neyron tormozlovchi interneyronni faollashtiradi. Interneyron o’z navbatida eng qo’zg’algan elementning impulsatsiyasini bo’g’ib qo’yadi (ketma - ket yoki qaytar tormozlanish) yoki shu qavatdagi qo’shnisini tormozlaydi (yon yoki lateral tormozlanish). Bu tormozlanishning kuchi qanchalik katta bo’lsa, unga yaqin qo’shni hujayralarga nisbatan shunchalik birinchi element qo’zg’alganligi yuqori bo’ladi.
Sensor tizimning moslashishi (adaptatsiyasi). Sensor tizim organizm extiyojiga hamda tashqi muhit sharoiti o’zgarishiga qarab o’zining hususiyatlarini o’zgartira oladi. Sensor adaptatsiya - bu sensor tizimning umumiy xossasi bo’lib, uzoq vaqt mobaynida berilgan ta’sirotlarga moslashishi tushuniladi. Adaptatsiya-sensor tizimni absolyut sezuvchanligining kamayishi va differentsial sezuvchanligining ortishi bilan namoyon bo’ladi. Sub’ektiv olib qaralganda, doimiy berilayotgan ta’sirotga moslashishi yotadi (masalan, odatiy kiyimlarni teriga berayotgan doimiy bosimini sezmaymiz).
Moslanish jarayonlari retseptorlardan boshlanib, asta-sekin sensor tizimning barcha neyronlarini qamrab oladi. Vestibulo- va propreoretseptorlarda moslashish jarayoni juda kuchsiz namoyon bo’ladi.
Ushbu jarayonning rivojlanish tezligiga ko’ra barcha retseptorlar tez va sekin moslashuvchi retseptorlarga bo’linadi. Tez moslashuvchi retseptorlarda moslashish yuz bergandan so’ng ta’sirlovchi to’g’risidagi axborotlarni bosh miyaga umuman jo’natmaydi, sekin moslashuvchi retseptorlardan esa axborot kuchsizlangan ko’rinishda uzatilib turiladi.
Doimiy ta’sirlovchi ta’siri tugashi bilanoq sensor tizimning absolyut sezuvchanligi qayta tiklanadi.
Sensor moslashishda sensor tizimning afferent idorasi muhim ahamiyat kasb etadi. Efferent idora etish yuqori bo’limlarni past bo’limlarga ta’sir etishi bilan namoyon bo’ladi. Sensor tizim xolati retikulyar formatsiya tomonidan ham nazorat qilinadi. Sensor tizimda efferent ta’sirlar asosan tormozlovchi harakterga ega bo’lib, bu o’z navbatida ularning sezuvchanligini kamayishiga olib keladi, hamda afferent signallar oqimini ham kamaytiradi. Retseptorlarga yoki sensor tizimning biror qavatiga keluvchi efferent neyronlarning umumiy soni odatda, shu qavatga kelayotgan afferent neyronlarning umumiy sonidan ko’p marotaba ozdir. Bu sensor tizim afferent nazorat bilan ta’minlangani holda uning tarqoq va keng tarmoqli harakterini ham ko’rsatib beradi.
Sensor tizimlarning o’zaro aloqasi. Sensor tizimlarning o’zaro aloqasi spinal, retikulyar, talamik va po’stloq darajasida yuzaga chiqadi. Ayniqsa signallar integratsiyasi retikulyar formatsiyada ro’y beradi. Bosh miya po’stlog’ida oliy tartibli signallar integratsiyasi amalga oshiriladi. Po’stloq neyronlarini ko’plab nospetsifik va sensor tizimlar bilan bo’lgan aloqasi har xil kombinatsiyalangan signallarga javob bera olish imkonini tug’diradi. Ayniqsa bu xususiyat miya katta yarim sharlari assotsiativ bo’limidagi nerv hujayralarida yaqqol namoyon bo’ladi. Ular yuqori plastiklik xossasiga ega bo’lib, bu narsa doimo yangi obrazlarni tanishida yordam beradi.
Bosh miya po’stlog’idagi sensoraro (kross-modal) o’zaro aloqa «dunyo karta»-sining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish