Akson reflekslar. Vegetativ nervlar ta’sirlanganda aksonreflekslar, yoki psevdoreflekslar degan g’alati reaktsiyalar qayd qilingan. Ularning reflekslardan farqi shuki, aksonreflekslarda qo’zg’alish retseptor neyrondan effektor neyronga o’tmaydi. Preganglionar yoki postganglionar neyronlarning aksonlari tarmoqlanganda bir tarmog’i bir organga yoki organning bir qismiga innervatsiya berib, ikkinchi tarmog’i boshqa organni yoki shu organning boshqa qismini innervatsiyalasa, akson reflekslar kelib chiqishi mumkin. Aksonning shunday tarmoqlanishi tufayli bir tarmoqning ta’sirlanishi natijasida qo’zg’alish ikkinchi tarmoqqa ham yoyilishi, shunga ko’ra ta’sirot joyidan uzoqdagi organ reaktsiya ko’rsatishi mumkin.
Akson refleksning klassik misolini o’tgan asrning 70 yillarida N.M.Sokovnin qovuq innervatsiyasini o’rganib tasvirlagan edi. Ichak tutqichning pastki tugunidan qovuqqa boruvchi bir qorin nervining markaziy uchiga ta’sir etilsa, qovuq refleks yo’li bilan qisqarishini Sokovnin kuzatgan. Qo’zgalish ikkinchi qorin nervi orqali qovuqqa o’tishi oqibatida reaktsiya kelib chiqadi. Bir tomondagi qorin nervining markaziy uchiga ta’sir etilsa, ichak tutqichning pastki tugunini markaziy nerv sistemasiga bog’lovchi preganglionar tolalar qirqib qo’yilgan taqdirda ham qovuq qisqaraveradi. Bu holda markaziy nerv sistemasi orqali bo’ladigan odatdagi refleks yuzaga chiqmaydi, balki qirqilgan qorin nervidan ichaktutqichniig pastki tuguni orqali ikkinchi (qirqilmagan) qorin nerviga va undan keyin qovuqqa nerv impulslari o’tadi.
Preganglionar tolaning tarmoqlanishi tufayli qo’zg’alishning bir qorin nervidan ikkinchi qorin nerviga o’tishini Lengli va boshqalarning tadqiqotlari tushuntirib berdi. Qorin nervi shoxchalarining ko’pchilik qismi ichak tutqichning pastki tugunidagi ganglioz hujayralarda tugaydi; shu tarmoqlardan bir qismi esa tugunda uzilmay, qorin nervining tarkibida kelib, ichak tutqichdan ieriferiyada, qovuq asosida yotgan ganglioz hujayralarda tugaydi . Qirqilgan qorin nervining markaziy uchiga ta’sir etilganda shu nerv tarkibida keluvchi preganglionar tolalar qo’zg’aladi. Qo’zg’alish o’sha tolalarning tarmoqlangan joyigacha boradi, so’ngra ichaktutqichning pastki tugunidagi ganglioz hujayralarga kiradi va bu tugundan ikkinchi qorin nervining tolalari orqali qovuqqa tarqaladi. Preganglionar tolalarning ahamiyati shu bilan isbot etiladiki, preganglionar tolalar qirqib qo’yilganda ayniydi, shu : qirqishdan 8—10 kun keyin qirqilgan qorin nervining markaziy uchiga ta’sir etilsa, ikkinchi qorin nervi butun turishiga qaramay, ta’sirot qovuqqa yetib bormaydi. Xuddi shuningdek, preganglionar neyron sinapslarida qo’zg’alish o’tishini to’xtatib qo’yadygan nikotin nerv tuguniga surilgandan keyin ham, qorin nervining markaziy uchiga ta’sir etish natija bermaydi.
Vegetativ markazlar tonusi. Vegetativ nerv sistemasining ko’pgina markazlari muttasil tonus holatida bo’ladi, ulardan innervatsiyalanadigan organlar qo’zg’atuvchi yoki tormozlovchi impulslarni shunga ko’ra uzluksiz olib turadi. Ilgari ko’zdan kechirilgan ikki misol bilan tushuntiraylik. Itning iqkala sayyor nervi bo’ynidan qirqib qo’yilsa, yurak qisqarishlari tezlashadi, chunki sayyor nervlarning tonus holatidagi yadrolari yurakka doimo ko’rsatadigan tormozlovchi ta’sirini shu nervlar qirqib qo’yilgandan keyin ko’rsatmaydi. Quyonning bir tomondagi simpatik nervi bo’ynidan qirqib qo’yilsa, shu nerv qirqilgan tomondagi quloq tomirlari kengayadi, chunki tomirlar vazokonstriktor tonusdan mahrum bo’ladi. Qirqilgan nervning periferik uchiga sekundiga 1—2 stimul bilan ritmik ta’sir etilsa, yurak qisqarishlarining sayyor nervlar qirqib qo’yilguncha mavjud bo’lgan ritmi yoki quloq tomirlarining simpatik nerv butun vaqtdagi torayish darajasi tiklanadi.
Vegetativ markazlarga ichki organlarning retseptorlaridan va qisman eksteroretseptorlardan afferent nerv impulslari kelib turishi, shuningdek qon va likvordagi ximiyaviy moddalarning ta’sir etishi tufayli vegetativ markazlar tonusi saqlanadi.
3-rasm. Langli aksonrefleksini tushuntirib beradigan sxema (Drezeldan). Sidirg’a chiziq preganglionar tolalarni, uzuquzuq chiziq postganglionar tolalari ko’rsatadi.
1-preganglionar tolalarning qirqiladigan joyi;
2-ichaktutqichning pastki tuguni;
Do'stlaringiz bilan baham: |