2-savolning bayoni: Islomning G‘arb dunyosida tarqalishi. Islom dunyodagi eng yosh dinlardan biri bo‘lsa-da, unga e’tiqod qiluvchilarning soni yil sayin o‘sib borishi barobarida u tarqalgan hududlar ham kengayib bormoqda. Buni aholisining asosiy qismi musulmon bo‘lmagan o‘lkalarda ham islomga e’tiqod qiluvchilar soni ortib borayotganida ko‘rish mumkin. Masalan, hozir AQSHda qariyb 10 million, Fransiyada 6 million, Germaniyada 3,5 million, Buyuk Britaniyada 1,5, Italiyada 1 milliondan ortiq, Gollandiyada 1 million atrofida musulmonlar istiqomat qilmoqda. Evropa Ittifoqi bo‘yicha jami dinga e’tiqod qiluvchilarning 15 millioni musulmonlardan iborat. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yilga kelib ularning soni 40 milliongacha o‘sishi bashorat qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |