O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Download 1,09 Mb.
bet15/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

1-savol bo‘yicha dars maqsadi: talabalarga din va e’tiqod tushnchasi, dinning, xususan islom dinining bag‘rikenglik mohiyati to‘g‘risida tushuncha berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:

-din tushunchasini izohlaydi;

-e’tiqod tushunchasini mazmunini biladi;

-dining bag‘rikenglik mohiyatini tushntira oladi.


1-asosiy savolning bayoni:

E’tiqod tushunchasi. E’tiqod (arabcha «i’taqada» fe’lidan) ishonch, imonli bo‘lish ma’nolarini anglatadi. Keng ma’noda e’tiqod inson faoliyati uchun ma’naviy asos, yo‘l-yo‘riq va mo‘ljal bo‘lib xizmat qiluvchi, aql his va iroda vositasida anglangan bilim, g‘oya va shu asosda shakllanadigan maqsadlar majmuini hamda ularning to‘g‘riligiga ishonch bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik holatni ifodalaydi. Bilim va g‘oyalar insonning ham aqli, ham qalbi bilan o‘zlashtirib olinganidagina e’tiqodga aylanadi. Umuman olganda, e’tiqod shaxs, guruh va ommani jipslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy hayotning faol a’zosiga aylantiruvchi omil hisoblanadi.

E’tiqod inson voyaga etishi bilan bog‘liq holda to‘plangan bilimlar, o‘ziga xos ehtiyoj va manfaatlar, hayotiy tajriba asosida shakllanib, mustahkamlanib boradi va shaxs faoliyatining izchil, mantiqiy, maqsadli bo‘lishiga olib keladi.

Ijtimoiy jihatdan e’tiqod insonning faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Zero, e’tiqod faqat amaliy faoliyat jarayonida o‘zligini namoyon qiladi.

YUqoridagi sifatiy xususiyatlar bilan bir qatorda jur’atsizlik, qat’iyatsizlik va befarqlik kabi holatlar ham mavjudligi va ular e’tiqodning zaifligini ko‘rsatishini ta’kidlash zarur. Bunday kishilar ko‘pincha boshqalarga ergashib yoki taqlid qilib yashaydilar. SHaroitga qarab goh u, goh bu tomonga og‘adilar. Bunday e’tiqodiy zaiflik, bo‘shlik shaxs kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Agar e’tiqod mutaassib, irqiy, millatchilik, tor siyosiy va iqtisodiy manfaatlar bilan cheklangan bo‘lsa, bunday holda u buzg‘unchilik, beqarorlikka xizmat qiladi, rivojlanishga to‘siq bo‘ladi. Taraqqiyot, hurlikka etaklovchi ishonch va e’tiqod bilan buzg‘unchi, aldamchi, adashtiruvchi, yolg‘on «e’tiqod»ni farqlash juda muhim.

SHu nuqtai nazardan qaraganda, sog‘lom e’tiqod shaxs dunyoqarashi tizimida muhim o‘rinni egallaydi. Uning ahamiyati birinchidan, shaxs dunyoqarashidagi barqarorlikni belgilovchi halqa sifatida chiqishida, ikkinchidan, mavjud yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan cho‘chimaslikka, ularga qarshi tura olish va bartaraf etishning oqilona yo‘llarini izlashga, uchinchidan, xulqidagi sobitlik, izchillik va amaliyotdagi faollikni ta’miniashga xizmat qilishida ko‘rinadi.

SHuning uchun, kishilarda ijtimoiy qadriyatlar, buyuk kelajak, taraqqiyotga bo‘lgan ishonchni, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga bo‘lgan e’tiqodni shakllantirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Din e’tiqodning o‘ziga xos ko‘rinishi. Har qanday e’tiqod diniy bo‘lavermaydi. Ammo din ham e’tiqodning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida jipslashtiruvchi xususiyatga ega. Diniy e’tiqod bu - inson irodasidan yuqori turgan zotga imon keltirish, undan madad olish, asotiriy voqea-hodisalarning takror sodir bo‘lishi va unga daxldorlik hamda muayyan tasavvur, aqida, muqaddas kitob, payg‘ambar, avliyo va hokazolarga ishonch demakdir.

Diniy e’tiqodda muayyan timsollar (buyum, harakat, so‘z, matnlar) diniy ma’no va mazmun kasb etadi. Ularning majmui diniy yo‘nalishning shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Har bir din yoki diniy konfessiya (yo‘nalish)ning sobit aqidalari mavjud.

Islom dinida imoni mufassal quyidagi aqidani - Alloh, Uning farishtalari, muqaddas kitoblari, payg‘ambarlari, oxirat kuni, taqdir (yaxshilik va yomonlik Allohning irodasi bilan bo‘lishi)ga va o‘lgandan keyin tirilishga ishonishni o‘z ichiga oladi.




Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish