O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Download 1,09 Mb.
bet116/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

1-savolning bayoni: O‘zbekistonning xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ishtiroki mintaqaviy tashkilotlardagi faoliyatida ham yorqin namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro siyosatning asosiy subyektlariga davlatlar tomonidan tuzilgan xalqaro-siyosiy yoki harbiy-siyosiy tashkilotlar ham kiradi. Ular qatoriga Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN), Yevropa Ittifoqi, Arab mamlakatlari ligasi (AML), Amerika davlatlari tashkiloti (ADT), Afrika birligi tashkiloti (ABT), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT), Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) kabi bir qator mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasining ushbu shartnomalarda qatnashishi uning ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomidir.

Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf etish masalalariga oid siyosiy-huquqiy hujjatlar nafaqat BMT doirasida, balki Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, YeXHT, Shanxay hamkorlik tashkiloti kabi tuzilmalar a’zolari bo'lgan davlatlar o‘rtasida ham imzolangan. MDH a’zolari tomonidan 1999-yilning 4-iyunida imzolangan «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi shartnoma» O‘zbekiston MDHdagi aksilterror markazi ishida ham faol qatnashayotganidan dalolat beradi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti tomonidan 2001-yil 15-iyunda «Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash» Konvensiyasi qabul qilindi. Mazkur konvensiya nisbatan qisqa muddatda tashkilotga a’zo barcha mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston ekstremistik guruhlarga qarshi kurashda mazkur konvensiyaning 1-moddasida «ekstremizm» tushunchasiga berilgan ta’rif va undan kelib chiqadigan me’yorlarni asos qilib olganini alohida ta’kidlash o‘rinli.

2002-yil 7-iyunda Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari o‘rtasida imzolangan kelishuv va boshqa hujjatlarda terrorizm, separatizm va ekstremizmning xalqaro tinchlik va xavfsizlikka, davlatlararo do‘stona munosabatlarga hamda insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlashga xavf solayotganligi, shuning uchun barcha tinchliksevar kuchlarning unga qarshi kurashda hamkorlik qilishi zarur ekanligi qayd etilgan.

2004-yil iyunida Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkentda bo‘lib o‘tgan Sammitida xavfsizlikka tahdidlar masalasida yagona yondashuv va qarash, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro miqyosdagi yetakchi aksilterror markazlari (BMT, Interpol, ASEAN) bilan konstruktiv hamkorlik qilish Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining faoliyatidagi o‘ziga xos prinsipial jihatlar ekanligi yana bir bor qayd etildi. Shuningdek, Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmning barcha ko‘rinishlari hamda xalqaro jinoiy faoliyatni moliyaviy ta’minlab turgan narkotrafikka qarshi izchil kurashish borasida mintaqa mamlakatlariga ko‘maklashishi zarur.

Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida «uch yovuz kuch», ya’ni «terrorchilik», «ayirmachilik» (separatizm) va «ekstremizm»ga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. 2004-yil 1-yanvaridan boshlab, Toshkentda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yuritmoqda. Bu tuzilma faoliyati tufayli 2005-yilning o‘zida ko‘plab sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlarining oldi olinganligi ma’lum.

Xususan, 2005-yilning iyul oyida tashkilotning Shanxay shahrida bo‘lib o’tgan sammitida unga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan bir qator hujjatlar imzolandi. Xalqaro axborot xavfsizligi to‘g‘risidagi bayonot; terrorchilik, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha 2007-2009-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga doir qaror; ShHT mamlakatlari hududida qo‘shma aksilterror mashqlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi bitim; a’zo davlatlar hududiga terrorchilik, ayirmachilik va ekstremistik faoliyatga aloqador kishilar kirib kelishini aniqlash va bunday yo‘llarni to‘sib qo‘yish borasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim shular jumlasidandir. Bundan tashqari ShHT doirasida 2020-yilgacha bo‘lgan davrda savdo-iqtisodiy hamkorlikni ko‘zda tutuvchi dastur qabul qilingan. Shuningdek, ShHTga a’zo mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari, jumladan ichki ishlar organlarining terrorchilik, separatizm, ekstremizmga va giyohvandlikka qarshi birgalikda harakat qilishi, bu borada o‘zaro axborot almashishi yaxshi samara bermoqda.

Shuning bilan birga, O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga 1994-yildan a’zo bo‘lgan. Mazkur tashkilotning maqsadi musulmonlar birdamligini mustahkamlashga ko‘maklashish, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ilmiy sohalarda hamkorlik qilishdan iborat. Shuningdek, irqiy kamsitishlarga, kolonializmning barcha shakllariga chek qo‘yish, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga oqilona yondashish, tashkilotga a’zo mamlakatlar orasida va boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro kelishuv, hamkorlikni rag‘batlantirish IHT faoliyatida muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekistonning yuqorida qayd etib o‘tilgan mintaqaviy tashkilotlar ishidagi faol ishtiroki, tashabbuslari va takliflari global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekistonning tutgan o‘rni muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Jumladan, 2010-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining «Ming yillik rivojlanish maqsadlari» bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisida Birinchi Birinchi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutq so‘zladi. Unda terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikka qarshi birgalikda kurashish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish mavzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik kelgusida ham O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib qolaveradi.

«Biz xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlangan o‘z yo‘limizda qat’iymiz: ya’ni O‘zbekiston aqidaparastlikning — u xoh diniy, xoh kommunistik shaklda bo‘lsin — har qanday ko’rinishlariga qarshimiz».

Islom Karimov.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish