O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


Musulmon va musulmon bo‘lmagan aholini o‘ldirishlik orasida hech qanday farq yo‘q



Download 1,09 Mb.
bet114/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

Musulmon va musulmon bo‘lmagan aholini o‘ldirishlik orasida hech qanday farq yo‘q.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) o‘zlarining oxirgi xutbalarida insonlar hayoti, mol-mulkini va obro‘-e’tiborini saqlash haqida shunday dedilar: «Albatta, Alloh taolo qoningiz, molingiz va nomusingizni bir-biringiz uchun mana shu muqaddas shahringiz, tabarruk oyingiz va ulug‘ ayyomingiz kabi muqaddas ayladi».

Ushbu hadisga ko‘ra, bir odamni nohaq o‘ldirish, uning moliga tajovuz qilish, obro‘siga putur yetkazish mutlaqo taqiqlanadi.

Darhaqiqat, musulmon yoki boshqa din vakilini ular qayerda yashashlaridan qat’i nazar ularning hayotiga tajovuz qilishlik mumkin emas. Bu haqda Qur’oni Karimda quyidagicha bayon etiladi: ya’ni «... biron jonni o‘ldirmagan va Yerda (buzg‘unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni o‘ldirgan odam xuddi hamma odamlarni oldirgan kabidir» (Moida, 32).

Ushbu oyatda «nafs» so‘zining ishlatilishi barcha bashariyat uchun dalolat qilishni anglatadi. Islomda har bir jon juda qadrlanadi. Shu bois, bir beayb insonni o'ldirgan odam butun boshli insoniyatni oldirgandek jinoyat qilgan hisoblanadi. Chunki jonlar ko‘p bo‘lgani bilan hayot kechirish haqqi bitta. Har bir jon hayot kechirish haqqiga ega. Ana o‘sha jonlardan bittasini o‘ldirgan odam hamma jonlarning hayot kechirish haqqiga tajovuz etgan bo‘ladi. Shuning uchun bir jonni nohaq uni qaysi dinga mansubligidan, tilidan yoki qaysi mamlakat fuqarosi ekanligidan qat’i nazar qatl etish islom dinida qat’iyan man etiladi. Aksincha, bitta jonning hayotini saqlab qolish esa, hamma jonlarning hayot kechirish haqqini saqlab qolgan bilan teng bo‘ladi2.

Tohir Qodiriy

Pokistonlik hanafiy ulamo,

«Xalqaro Qur’on yo‘li» tashkilotining asoschisi.

* * *

2014-yil 22-aprelda qabul qilingan «O‘zini-o‘zi turli yo‘llar bilan qasddan o‘ldirishning og‘ir gunohligi haqida»gi O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvosida shunday deyiladi:



Keyingi vaqtda jamiyatimizda ayrim kishilar bilib-bilmay, ayniqsa xotin-qizlar o‘zlarining jonlariga qasd qilib, Alloh taolo ato qilgan hayot nurini bevaqt o'chirishga, ikki dunyoda abadiy la’natga va do‘zax azobiga duchor bo‘lishdek og‘ir gunoh qilishga o‘tmoqdalar. Islom ta’limotida inson o‘z joniga qasd qilishi qattiq qoralanadi, ushbu ishni qilgan osiy banda jahannam o‘ti bilan azoblanishi ta’kidlanadi. Alloh taolo aytadi: «...o‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz! (Barcha ishlarni) chiroyli qilingiz. Albatta, Alloh chiroyli (ish) qiluvchilarni yaxshi ko‘radi» (Baqara, 195).

Rasululloh (s.a.v.) o‘z hadisi shariflarida bunday deydilar: «Kim tog‘ tepasidan tashlab, o‘zini-o’zi o’ldirsa, o‘lgandan so‘ng jahannamda ham shu xil azobga giriftor boladi. Agar zahar ichib O‘zini-o‘zi oldirsa, jahannamda ham abadiy shu azobga mubtalo bo‘ladi. Kim o‘zini temir parchasi bilan o‘ldirsa, o‘sha kimsa temir parchasini qorniga suqqan holda jahannam o‘tida abadiy qoladi».

Yana Imom Buxoriy rivoyat qilishlaricha, Hazrati Rasuli akram (s.a.v.) aytadilar: Alloh taolo hadisi qudsiyda marhamat qiladi: «Bandam o‘zini-o‘zi o‘ldirib, mening unga bergan umrimga shukur qilmay, shoshildi. Shuning uchun unga jannatni abadiy harom qildim».

Jahondagi nufuzli islom muassasalari va ulamolari o‘zini turli portlovchi vosita bilan portlatish orqali begunoh odamlarning olimiga sabab bo'lish shar’an harom amal ekanligini ta’kidlagan lar. Bu ishni Islomga hech bir aloqasi yo‘q. Bu gunoh ishni amal­ga oshirganlar kim bolishidan qat’i nazar Alloh taoloning azobiga uchraydi, deb alohida uqtirishgan.

* * *

2002-yilda bo‘lib o‘tgan «Islom Olami Robitasi qoshidagi Islom Fiqhi Akademiyasining terrorizmga munosabati» haqidagi Makkai mukarrama bayonotida shunday deyiladi:



Ekstremizm, kuch ishlatish va terrorizmning islomga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu ishlar xatarli ishlar bo‘lib, ular o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Ularda insonga tajovuz qilish, zulm qilish bor. Shariatning ikki manbayi Allohning Kitobi va Nabiy (a.s.) sunnatini o‘qigan kishi ularda o‘zgalarga nohaq tajovuz qilish kabi ekstremizm, kuch ishlatish va terrorizmning hech qanday ma’nosini topmaydi.

Islom dinida shaxslar va guruhlarga mo‘tadil bo‘lish, ekstremizmni tag-tomiri bilan yo‘qotish, ularga olib boruvchi dinda chuqur ketishga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘rsatmalar bor. Chunki bularda aniq halokat bordir. Rasululloh (a.s.) aytganlar: «Dinda chuqur ketmanglar. Sizlardan oldingilarni dinda chuqur ketish halok qilgan» (Imom Ahmad va Nasoiy rivoyati).

Islom qo‘rqitish, vahimaga, sarosimaga solish, nohaq oldirishga olib boruvchi yomon illatlarni davolagan. Rasululloh (a.s.): «Musulmonga boshqa musulmonni qo‘rquvga solish halol emas», deganlar (Abu Dovud rivoyati). Yana Nabiy (s.a.v.): «Kim birodariga bir temirni o‘qtalsa, o‘sha ishini to‘xtatmaguncha farishtalar uni la’natlab turadi. Agar u ota yoki ona bir aka yoki ukasi bo‘lsa ham», deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Islomda jihod haqqa yordam, zulmni qaytarish, adolat, tinchlik va omonlikni qaror toptirish, Rasululloh (a.s.) olib kelgan rah matga yo‘l ochish uchun joriy qilingan. Bu rahmat odamlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchundir. Bu esa terrorizmning barcha ko‘rinishlariga barham beradi. Zero, urush ma’nosidagi ji­hod Vatan himoyasi uchun bosqinchilikka, boyliklarning o‘g‘irlanishiga, odamlarni o‘z yurtlaridan chiqarishga yordam beradiganlarga, ahdlarini buzadiganlarga, musulmonlarning dinlarida fitnalanishiga qarshi joriy qilingan.

Islomda jihodning o‘z odob va hukmlari bor. Ularga ko‘ra, urushmagan kishilar, keksalar, ayollar va bolalardan iborat begunoh insonlarni oldirish taqiqlanadi. Qochganlarni quvlash, taslim boiganlarni o‘ldirish, asirlarga ozor berish, o‘lganlarning jasadidan a’zolarini kesish, urushga aloqasi yo‘q bino va inshootlarni vayron qilish man qilinadi. Yurtlarni talayotgan, muqaddas narsalarni toptayotgan, boyliklarni o‘g‘irlayotgan zolimlarning zo‘ravonligi bilan zulm ko‘rganlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash yo‘lida qonuniy himoya huquqini amalga oshirishini tenglashtirmaslik kerak.

* * *


2002-yil 3-aprelda qabul qilingan «Xalqaro terrorizm haqida»gi Kuala Lumpur Deklaratsiyasida shunday deyiladi:

«Biz, o‘zimizning asosiy qonunlarimizga sodiq ekanimizni, islom ta’limoti odamlarni qirg‘in qilishdan nafratlanishini, tinchlikni, matonatni va o‘zaro hurmatni qadrlashini, shu bilan birga, begunoh insonlarni o‘ldirishni taqiqlashini yana bir bor ta’kidlaymiz. Biz, terrorizmga aloqador har bir holatni islom va musulmonlarga bog‘lashni rad etamiz. Chunki terrorizm hech qaysi bir dinga, madaniyatga yoki millatga daxldor emasdir».

* * *

2005-yil 6-iyulda qabul qilingan «Islom haqiqati va uning zamonaviy jamiyatda tutgan o‘rni» haqidagi Amman (Iordaniya) Deklaratsiyasida shunday deyiladi:



«Ahli sunna val-jamoaning to‘rt mazhabi: hanafly, molikiy, shofe’iy, hanbaliy, shuningdek ja’fariy, zaydiy, ibodiy va zohiriy mazhablariga ergashuvchi har bir shaxs musulmondir. Uni kofir deyish, joniga qasd qilish, sha’ni va mol-mulkiga tajovuz qilish mumkin emas. Umuman olganda, Allohga, Uning Rasuliga imon keltirgan, din arkonlarini hurmat qiladigan va ularning birortasini inkor etmaydigan musulmonlarning har qanday toifasini kofirga chiqarish joiz emas. Islomdagi mazhablar o‘rtasida umumiy jihatlar juda ham ko‘p. Sakkiz mazhab vakillari yagona Alloh taologa, muqaddas Qur’oni Karim (Alloh nozil qilgan Ka- lom)ga va Payg'ambar Muhammad (a.s.)ga imon keltirgan holda islom ta’limotiga rioya qiladilar. Ayni paytda, ular imon, namoz, zakot, ramazon ro‘zasi va haj qilish kabi islomning besh arkoniga hamda imon arkonlari: Allohga, Uning farishtalariga, muqad­das kitoblariga, payg‘ambarlariga, qiyomat kuniga va qazoyi qadarga ishonadilar».

Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan, o‘ta shiddatli va murakkab bir davrda yashamoqdamiz. Globallashuv nomini olgan ushbu fenomen mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy makonning shakllanishini hamda mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.

Globallashuv ta’sirida dunyo tobora bir butun va yaxlit bo‘lib bormoqda. Mamlakatlar va xalqlar taraqqiyoti bir-birini taqozo qiluvchi hodisaga aylanmoqda. Davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unlashuvi,ssivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi taraqqiyot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuviga olib kelmoqda.

SHu bilan birga, ezgulik va yovuzlik o‘rtasida azaldan davom etib kelayotgan kurash ham globallashuv ta’sirida o‘ziga xos shaklu shamoyil kasb etayotganini ta’kidlash zarur. Birinchi Prezidentimiz so‘zlari bilan aytganda, bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ayni paytda, inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ham unutmaslik lozim.

Globallashuv va uning salbiy oqibatlari haqida gap ketar ekan, diniy ekstremizm va terrorizmdek xatarli, inson va jamiyatning tinch va osuda hayoti hamda taraqqiyotiga tahdid tug‘dirayotgan hodisalar ham umuminsoniy miqyos va ko‘lam kasb etganini ta’kidlash zarur.

Globallashuvning ijobiy jihatlari mamlakatlar va xalqlarning faqat hamjijat harakati natijasida chuqurlashib borishi, ularning har birining taraqqiyotiga xizmat qilishi mumkin bo‘lganidek, uning salbiy oqibatlarini, shu jumladan, xalqaro ekstremizm va terrorizmdek balo-qazolarning oldini ham kuchlarni birlashtirgan, yakdil harakat qilgan holda bartaraf etish mumkin. Bunda global miqyosdagi ma’naviy-ma’rifiy hamkorlikning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Tizimli va tadrijiy tashkil etilgan g‘oyaviy – tarbiyaviy va ma’naviy – ma’rifiy ishlar diniy ong radikallashuvining oldini olish hamda fuqarolarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning asosiy vositalaridan biri hamda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning hayotiy va ta’sirchan omillaridan biri sanaladi.

Ko‘pchilik mamlakatlarda mafkuraviy va ma’naviy-ma’rifiy tarbiya tizimi dunyoviy mohiyatga ega ta’lim-tarbiya muassasalarida yoshlarga din haqida ilmiy asoslangan bilimlar berish va diniy muassasalar imkoniyatlaridan diniy-ma’naviy tarbiyaning muhim o‘chog‘i sifatida foydalanishdek jihatlarni qamrab oladi. Ularni ro‘yobga chiqarishda turli, shu jumladan, anchagina qismi xalqaro tashkilotlar maqomiga ega bo‘lgan nohukumat, notijorat tashkilotlar ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Diniy-siyosiy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning oxirgi yillardagi xalqaro tajribasida dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi targ‘iboti alohida o‘rin tutmoqda. Bugun uni targ‘ib qilayotgan o‘nlab tashkilotlar dunyo bo‘ylab faoliyat yurgizmoqda. Ularning orasida YUNESKO kabi global miqyosda amal qilayotgan nufuzli xalqaro muassasalar ham bor.

Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro siyosiy-huquqiy zaminini mustahkamlash bilan birga, uning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini kuchaytirish jahon hamjamiyati oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

SHu bilan birga, diniy ekstremistik tashkilotlarga munosabat, ular faoliyatini baholashda ikki yoqlama standartlardan voz kechish, bunday tafakkur va yondashuv tarziga barham berish, ayniqsa, o‘sib kelayotgan avlod ongida xususiy manfaatlar va maqsadlardan qat’i nazar, insonning ertangi kuni va jamiyat istiqboli uchun daxldorlik tuyg‘usini tarbiyalash va bu boradagi g‘oyaviy-tarbiy ishlarni tizimli tashkil etish global hayotiy-amaliy ahamiyat kasb etayotganini ham ta’kidlash zarur.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish