O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Download 1,09 Mb.
bet105/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

2-savolning bayoni: Zamonaviy terrorizm xilma-xil moliyaviy manbalardan oziqlanishi hisobiga faoliyat qamrovini kengaytirishga, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Bunda, shartli ravishda ichki va tashqi manbalarni ajratish mumkin.

Ichki manbalar sirasiga terrorchi tashkilotlarning ochiq, rasmiy faoliyat yurituvchi tuzilmalaridan keladigan daromadini hamda jinoiy yo‘l bilan topilgan va uyushma a’zolarining badal to‘lashi hisobiga olinadigan mablag‘larni kiritish mumkin.

1999 yilda Qirg‘izistonga bostirib kirgan, o‘zini «O‘zbekiston islomiy harakati» deb ataydigan tashkilot jangarilari muzokara olib borish uchun kelgan vakillarni 50 ming dollar hisobiga qo‘yib yuborgani, 2003 yilning 27 martida «SHarqiy Turkiston ozodlik tashkiloti»ga mansub terrorchilar Qirg‘izistonda 19 ta xitoylik savdogarni o‘ldirib, ularning katta miqdordagi pulini o‘zlashtirganlari bunga misol bo‘la oladi.

Bundan tashqari, deyarli barcha ekstremistik tashkilotlarning a’zolari oylik daromadining 5-20 foizi miqdorida oylik badal («baytulmol» yoki «taborro’») to‘lashini ham qayd etish lozim.

Homiy davlatlar, turli diniy, xayriya tashkilotlari va alohida shaxslar, shuningdek, YAqin SHarq va o‘arb davlatlaridagi ba’zi ijtimoiy guruhlar tomonidan maqsadli yiQiladigan pullar terrorchi guruhlarning tashqi moliyaviy manbai hisoblanadi. Soha mutaxassislari va ayrim tadqiqotchilar fikricha, bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan qariyb 150 ta nohukumat islomiy tashkilotlari jangarilik amaliyotlarini moliyalashtirishda gumon qilinmoqda.

Terrorchi guruhlarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordam ko‘lamini birgina MDH mamlakatlari hududida faoliyat yurituvchi terrorchi tashkilotlarga 60 ga yaqin diniy tashkilotlar, 100 ga yaqin xorijiy kompaniya va o‘nlab banklar homiylik qilayotganida ham ko‘rish mumkin. O‘z navbatida, o‘zini «O‘zbekiston islomiy harakati» deb atovchi tashkilot ham qator homiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Mutaxassislar ular qatoriga «al-Qoida», «Musulmon birodarlar» kabi terrorchi guruhlarni kiritadilar.

Terrorchi tashkilotlarni oziqlantirib turuvchi asosiy moliyaviy manbalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.

Ayniqsa, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi va narkobiznes yordamida mablag'lar to‘plash va undan tartibsizlik va beqarorlikni keltirib chiqarishda foydalanish ekstremistlarning asosiy yo‘li hisoblanadi.

Terrorchi tashkilotlarning asosiy moliyaviy manbalari:

-norasmiy faoliyat yurituvchi tuzilmalardan olinadigan daromadlar;

-uyushma a’zolari to‘laydigan badallar;

-narkobiznes va noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi;

-kidnepping (odamlarni tovon puli undirish maqsadida o’g‘irlash);

-qo‘poruvchilik, qaroqchilik va bosqinchilik.

Demak, ekstremistik va terrorchi kuchlarning moliyaviy manbalariga qarshi hamkorlikda kurash olib borish ham dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Zero, terrorchilarga moliyaviy madad kuchlari yetib kelishda davom etar ekan, ularga qarshi olib borilayotgan kurash natija bermaydi. Bu yo‘lda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng muhim vazifalardan biri giyohvandlikka qarshi hamkorlikda kurashish. Chunki terrorchi kuchlarning asosiy moliyaviy ta’minoti giyohvandlik ortidan keladigan daromad bilan ham bog‘liq. Hozirgi kunda butun yer sharida yetishtirilayotgan giyohvand vositalarning asosiy qismi Afg‘onistonga to‘g‘ri kelmoqda.

Afg‘onistonda yiliga 200 ming gektarga yaqin maydonga ko‘knori ekilib, 800 tonnaga yaqin geroin butun dunyoga tarqatilmoqda. Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan «Tolibon» harakati jahonda ishlab chiqariladigan afyunning 80 foizini o‘z nazorat ostiga olgan bo‘lib, undan tashkilot juda katta daromad ko‘rmoqda. Bugungi kunda giyohvandlik iskanjasiga tushganlarning aksariyat qismi 15-35 yosh orasida bo‘lgan yigit-qizlar bo‘lib, ma’lumotlarga ko‘ra ularning soni 200 millionga yetadi.

Xalqaro valyuta fondining 2006-yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning turli mintaqalaridagi narkokartellar uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terrorizmni moliyalashtirishga har yili 500 milliondan to 1,5 milliard dollargacha mablag‘ sarflamoqda.

BMT ekspertlari o'tkazgan tadqiqotlar xulosalariga ko‘ra, jahonda har yili taxminan 100 ming narkoman vafot etmoqda. Statistik ma’lumotlar bugungi kunda narkobiznes savdosidan tushadigan daromad yiliga 400 milliard dollarni tashkil etishini ko‘rsatadi. Yer yuzi bo‘ylab bunday illatning tarqalishida diniy ekstremistik guruhlarning ham o‘ziga xos hissasi bor. Birgina «al-Qoida» tashkiloti o‘z moliyaviy mablag'larining 40 foizdan ortiqrog’ini narkobiznes orqasidan topishi ham so‘zimizning isboti bo‘la oladi. Shubhasiz, bu yetishtirilayotgan giyohvand vositalarni Markaziy Osiyo mamlakatlari hududi orqali boshqa mintaqalarga tarqatishga harakat qilinmoqda.

Ekstremistik tashkilotlarda a’zolar tomonidan oylik daromaddan majburiy badal («baytulmol» yoki «tabarruhot») tolashning yo‘lga qo‘yilgani ham terrorchilik amaliyotlarini moliyaviy oziqlantiruvchi manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Xususan, «Hizbut-tahrir» a’zolari orasida oylik daromadidan 5-20 foiz majburiy badal to‘lashi yolga qo‘yilgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday shakllarda yig‘ilgan pullar qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirish, terrorchilarni tayyorlash lagerlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan. Masalan, 2002-yilda Germaniyada «hizbut-tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti tomonidan mahalliy musulmonlardan yig‘ilgan «tabarruhot»lar chet mamlakatlardagi terrorchilik amaliyotlarini moli­yalashtirishga yo‘naltirilgani fosh etilgan. Shuningdek, 2007-yilda Pokistonda turli yo‘llar bilan yig‘ilgan xayriya pullarini «al-Qoida»ga qurol-yarog‘ sotib olishga sarflagani uchun tashkilotning barcha hisob raqamlari muzlatilgan.

Terrorchi guruhlar hozirda o‘z moliyaviy manbalari bilan bank tizimi imkoniyatlari va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan murakkab aloqa tizimlarini shakllantirishga harakat qilmoqda. Natijada, ushbu manbalarni aniqlash va yo‘q qilish tobora qiyinlashib bormoqda.

Terrorizmning moliyaviy manbalariga barham berishga xalqaro miqyosda alohida ahamiyat berilmoqda. Dunyoning ko‘pgina davlatlari, jumladan, O‘zbekistonda ham terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash haqidagi maxsus qonunlar qabul qilingan. Mazkur yo‘nalishda xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT Xavfsizlik Kengashining terrorchi shaxslar hamda tashkilotlarga tegishli dunyo banklaridagi hisob raqamlarini «hibsga olish»ga bag‘ishlangan 1333, 1390 va 1455-qarorlari deyarli barcha davlatlar tomonidan ijro etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizm bilan birga uni moliyalashtirish bilan uzviy bog‘liq bolgan narkobiznes va narkotrafikka qarshi kurashda ham qat’iy siyosat olib bormoqda. 1999-yilda «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi, 2000-yilda «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi va 2006-yilning 1-yanvaridan amalga kiritilgan «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul qilingani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Shuningdek, terrorizmga qarshi qaratilgan ko‘plab xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, bu masalalarda o‘zining tashabbuslarini ilgari surayotganini ham alohida ta’kidlash zarur.

Ma’lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan 13 ta hujjati (11 ta konvensiya va 2 ta protokol) mavjud. Hozirda O‘zbekiston 12 ta ana shunday xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilgan.

O‘zbekiston Yevropa Kengashi doirasida ham terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan 7 xalqaro shartnomani imzolagan.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish