O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Download 1,09 Mb.
bet101/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

Mustahkamlash uchun savollar:

1. Diniy ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyoda namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi?

2. Diniy ekstremistik harakatlar Markaziy Osiyoga nisbatan qanday g‘arazli maqsadlarni ko‘zlamoqda?

3. Markaziy Osiyoda faoliyat yuritishga intilayotgan qanday diniy ekstremistik tashkilotlar mavjud?



  1. Hozirgi davrda din va davlat munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi?


16-mavzu. Xalqaro terorizmning moliyaviy va iqtisodiy manbalari
Reja:

1. Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmni shakllantiruvchi asosiy omillar.



2. Ekstremizm va terrorizmning jinoyatchilik bilan aloqadorligi. Terrorizmning moliyaviy manbalari.
1-savolning bayoni: Xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning bugungi kunda faol harakat qilishi o‘z-o‘zidan bo‘lmay, ularning shakllanishi va vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatib turgan qator omillar sabab bo‘lmoqda. Bularni namoyon bo‘lish va faoliyat ko‘satish makoniga ko‘ra, ikkiga ajratish mumkin: ichki va tashqi.

  1. Ichki omillar.

  1. 130 yillik mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida hukm surgan ilmiy ateizm siyosati natijasida xalqning ma’naviy ildizlaridan bebahra qolishi, ma’naviyat va ma’rifat o‘rnini ma’lum darajada jaholat egallashi jamiyat ichida ma’lum darajada fundamentalizmning shakllanishiga zamin hozirladi. Qur’oni karim, Hadis, tasavvuf, shariat, fiqh ilmlari haqida umumiy tushunchaga ham ega bo‘lmaslik holati sobiq Ittifoq davlati tarkibida bo‘lgan barcha islom keng tarqalgan mamlakatlarga yuzaga keldi. Ana shunday sharoitda, mustaqillikka erishgan bu davlatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazishga intilgan Ittifoq tarkibida bo‘lmagan davlatlardan chiqqan yovuz kuchlar islom omilidan, ya’ni dinining sof g‘oyalari niqobi ostida o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida siyosiy hokimiyatni egallashga intildilar. Alloh, islom kabi so‘zlar bilan nomlangan, eshitilishi jarangdor «Islom uyg‘onish partiyasi», «Hizbulloh» («Alloh partiyasi») kabi partiya va tashkilotlar tuzib, konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlab islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar.

  2. Mazkur davlatlar (ba’zan arab davlatlarining o‘zida ham) ichki muxolif kuchlarning mag‘lubiyati diniy mutaassibchilikka asoslangan harakatlarning vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatdi.

  3. O‘z taraqqiyot dasturlarini demokratik tuzum va bozor iqtisodiyotiga mo‘ljallab tanlagan ko‘pmillatli va ko‘pkonfessiyali davlatlarda modernizatsiya va xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirishda bu borada yutuqlarga erishgan ba’zi g‘arb mamlakatlari tajribasiga murojaat qilinayotgani. Buning “G‘arbning musulmon olamiga kuchli ta’siri” va “islom olamining G‘arbga tobe bo‘lib qolgani” deb talqin qilinishi diniy ekstremistik va terrorchilikning kuchayishiga sabab bo‘lishda davom etmoqda.

  4. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan demokratik davlat va fuqarolik jamiyatiga o‘tish davrini boshdan kechirayotgan davlatlarda vujudga kelayotgan ichki ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar – keskin ijtimoiy stratifikatsiya, adolatsizlik ko‘rinishlari, korrupsiya va poraxo‘rlik. Oldingi paragrafda to‘xtalib o‘tganimizdek, ushbu muammolarga duch kelgan har bir insonning birgina harakat, oson yo‘l bilan vaziyatni o‘nglashga moyilligi kuchayishi sabab diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar ulardan o‘z maqsadlari yo‘lida keng foydalanishmoqda.

  5. Dunyoda yoxud har bir alohida olingan davlatlar ichida ro‘y berayotgan ulkan transformatsiya, ya’ni eski mafkuralar o‘rniga qiyinchilik bilan yangisi shakllanayotganligi. Bunday sharoitda ekstremistik kuchlar muayyan jamiyatda avvaldan e’tiqod qilib kelingan diniy ta’limot va qadriyatlardan foydalanib odamlarni o‘z atroflarida birlashishiga urinishlari sodir bo‘ldi.

  1. Erkin faoliyat bilan shug‘ullanishda to‘sqinlik qiladigan, muhim inson huquqlari va erkinliklarini chegaralovchi qattiq qonunchilik omili fuqarolardagi qonunni aylanib o‘tishga harakatlarini kuchaytirib, natijada kontrabanda faoliyati bilan shug‘ullanishiga olib keladi. Mazkur faoliyat sub’ekti keyinchalik kontrabandaning boshqa ko‘rinishlari (narkotik, qurol-yarog‘...) bilan shug‘ullanadigan boshqa guruhlarga aralashib qolishga olib keladi. Bu esa yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, bugungi terrorizm va ekstremizmning muhim moliyaviy manbalarini tashkil etadi.

  2. Hatto, ma’muriy (vertikal) boshqaruv tizimi davlatchilikning mustahkam bo‘lmasligi ham terrorizm va diniy ekstremizmning zo‘rayishiga ta’sir ko‘rsatadi.

  3. Diniy idoralar va ta’lim maskanlarida diniy bilimlar o‘rgatilishining talab darajasida emasligi. Masalan, Qirg‘izistondagi imomlarning 30-40% gina maxsus ta’limga ega ekan1. “Izvestiya” gazetasida yozilishicha, Buyuk Britaniyada yashovchi musulmonlarning 75%, Fransiyada yashovchi musulmonlarning 80%, Germaniyada yashovchi musulmonlarning 68% birinchi terrorist ben Ladenni qo‘llab-quvvatlar ekanlar...2 Mana shu misol ham diniy idoralarda kishilarga har qanday ekstremistik, terroristik kuchlarning maqsadlarini aniq tushuntirib bermayotganligidan dalolat beradi.

  4. Xalqaro terrorchilikning siyosatga, iqtisodga va xavfsizlikka tahdidi globallashuvning jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida vujudga keladigan etnokonfessional mojarolarga ham bog‘liq. “Qaynoq nuqtalar” deb ataladigan bunday holatlar ekstremizm va terrorizmning yaqqol namoyon bo‘lishiga xalal berib, ularning hal etilmay, aksincha tobora kuchayib borishi oqibatida keyinchalik ko‘rinish bera boshlaydi. Bugungi kunda mojaroli mintaqalar (hal etilmay kelayotgan YAqin SHarq va Bolqon muammosi, chegaraviy masalalar: Hindiston-Pokiston, Isroil-Falastin...) xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning faol hududlari bo‘lib kelmoqda.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish