Fanning vazifalari: Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib o’quv kursi o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’ygan:
XX asrdagi dunyoning siyosiy xaritasidagi o’zgarishlar natijasida ekstremizm va terrorizm tahdidining kuchayishini talabalarga tushuntirish;
dunyoviy davlatning dinga munosabatini o’rganish orqali O’zbekistonning dunyoviy davlat sifatidagi dinga munosabatini baholash;
diniy aqidaparastlikning kelib chiqish tarixini «kuzatish»;
salafiylikning kelib chiqishi va mohiyatini tahlil qilish;
diniy ekstremizmning paydo bo’lish tarixini o’rganish;
O’zbekistonda diniy ekstremizm va terrorizm harakatlarining yoyilishini va ular keltirgan zararini baholash;
dunyodagi terroristik harakatlar va partiyalarning maqsadini tushuntirish;
talabalarni yuqoridagi ma’lumotlar bilan g’oyaviy qurollantirish;
- ularni vatanparvarlik, tinchliksevarlik, tolerantlik, yot g’oyalarga qarshi kurash ruhida tarbiyalash va sh.k.lardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |