O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti filolologiya va tillarni o’qitish: O’zbek tili yo’nalishi sirtqi bo’lim 3 – 19 guruh talabasi maxmatqulov abdullaning falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Download 97,43 Kb.
bet2/3
Sana27.03.2022
Hajmi97,43 Kb.
#513198
1   2   3
Bog'liq
Burch kategoriyasi

A S O S I Y Q I S M:

Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U yuqorida aytganimizdek, vijdon, e’tiqod mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bip xatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadokat- yoki xiyonat yotadi. Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, farzandlik burchi singari keng kamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bulgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Burch tushunchasining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri-uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati. Harbiylashgan va o‘ta mafkuraviylashgan, yani yagona mafkura hukmronlik qilgan jamiyatlarda esa burch omma hamda shaxs hayotida fojeiy hodisaga aylanadi. O‘ta ustalik bilan yo‘lga qo‘yilgan targ‘ibot natijasida bunday jamiyatlar a’zolari oqni-qora, qorani - oq deb qabul qiladilar. Buni umumbashariy milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan beshafqat sho‘rolar sotsializmi yoki fashistlarning milliy sotsializmi yaqqol isbotlab berdi. Yuz -minglab, hatto millionlab odamlar aldandilar, keyinchalik, uzoq yillar mobaynida vijdon azobida yashadilar. Demak, jamiyat qurishda totalitarchilikka yo‘l

qo‘yilishi o‘sha jamiyat a’zolarini burchni noto‘g‘ri tushunishga va buning oqibatida axloqsizlikka olib keladi. Shuni ham aytish kerakki, ba’zi hollarda burch shaxsning ko‘pgina mayl-istaklariga qarshi boradi uni huzur halovatdan turmush lazzatlaridan mahrum etadi. Masalan, Furqat mustamlakachilar mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat-farog‘atda kechishi mumkin edi. Lekin u Vatan oldidagi, millat oldidagi burchni deb muhojirlikning og‘ir qismatiga duchor buldi uni muctamlakachilar mamlakat xududidan chiqarib yuborib, qayta kiritmadilar. Furqat xorijda vafot etdi. Ba’zan burch tufayli odamlar o‘z sevgisidan, jon-dilidan sevgan kishisidan kechishga ham majbur buladilar Mezoniy tushunchalardan yana biri - nomus. Nomus tushunchasi bir tomondan, burch bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan, qadr-qimmat tushunchasiga aloqudor. Zero nomus mohiyatan shaxsning o‘z qadr-qimmatini anglab etishi, shu qadr-qimmatning jamiyat tomonidan tan olinishi yoki olinmasliga munosabati bilan belgilanadi. Goho uni or tushunchasi bilan chalkashtirish, hollari ham uchrab turadi. Lekin aslida, nomusga nisbatan or ancha tor qamrovdagi, nisbatan zalvorsiz tushuncha. CHunonchi, oriyatli odam deganda, o‘z so‘zining ustidan chiqadigan, sadaqa tarzida qilingan muruvvatlardan baland turadigan shaxs tushuniladi. Beor odam esa - o‘z sha’niga

aytilgan gaplarga parvo qilmay, ishini bajarib ketaveradigan, aytilgan-aytilmagan joylarga suqilib kiraveradigan surbetnamo kishi. Nomusning esa toshi og‘ir - ijtimoiylik xususiyatita ega, keng qamrovli. Nomus yo‘lida inson hatto o‘z hayotidan kechishi mumkin, odamlar o‘z nomusi, oila nomusi, millat nomusi deb kurashadilar. Bu haqda ko‘plab badiiy asarlar yaratilgan. Mehnat, sport singari sohalarda jamoa nomusi ham, alohida ahamiyatga ega shu o‘rinda nomus obro‘ tushunchasi bilan bog‘lanib ketadi. Bularning hammasi o‘zini xurmat qilish, o‘ziga nisbatan atrofdagilarning xurmat-izzatini yo‘qotmaslik uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish hissidan kelib chiqadi.


Burch muhim axloqiy-ma'naviy qadriyat hisoblanib, har bir shaxsning jamiyat oldidagi fuqarolik, ota-ona oldidagi farzandlik, xalq, millat oldidagi insonparvarlik, jamoatchilik oldidagi odamiylik vazifalarini bajarish dеmakdir.
Burch - ado etilishi majburiy bo`lgan insoniy vazifalar va insoniylik yuzasidan bajarilishi mumkin bo`lgan axloqiy qoidalarni o`z ichiga qamrab oladi. Ota-onaning farzand oldidagi, jamiyat oldidagi burchi, farzandning ota-ona oldidagi burchi, insoniyatning o`tmish mеrosini asrash va kеlgusi avlodlarga еtkazish burchi, millat oldidagi, kеlajak avlod oldidagi burchi, tabiatni asrash burchi, vatan

oldidagi burch - majburiy vazifalardir.Ota-onaning farzand oldidagi burchlari «Qobusnoma»da zikr etilishicha, «...farzandga yaxshi ot qo`yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to`y-tomosha bеrish, ilm va kasb-hunar o`rgatishdan iboratdir». Yuqoridagilardan, ko`rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat oldida ham javobgardirlar. Har tomonlama еtuk farzandni tarbiyalash ota-onaning asosiy, majburiy burchidir. Ota-onani hurmat va izzat qilish, kеksayganda moddiy ta'minlash, ular nasihatiga quloq tutish va uni so`zsiz ado etish farzandning ota-ona oldidagi burchi hisoblanadi. Farzand el-yurt oldida ota-ona obro`si, qadr-qimmatini ko`tarishi lozim. Farzand, ayniqsa, otani hurmat qilishga, topshiriqlarini bеkamu-ko`st bajarishga majbur. Uning ko`nglini og`ritish aslo mumkin emas. Oqil farzand ota qadrini yuksak tutadi. Xalqimiz «Ota qarg`ishi o`q» dеb bеjiz aytmagan. Ulamoyu fuzalolarimiz fikriga ko`ra: ota - farzand uyidagi istagan narsani olishi mumkin ekan. Farzand esa ota uyidan uning ruxsatisiz hеch narsani olishga haqqi yo`q ekan. Mana, farzandning ota-ona oldidagi burchi, haqi nima bilan bеlgilanadi?


Ulamolarning bayon qilishicha: “Ota-onaning farzandiga nisbatan saksonta haqi bor ekan. Ularning qirqtasi tiriklik vaqtida va qolgan qirqtasi o`lgandan kеyin

amalga oshiriladi. Tiriklik chog`idagi qirqta haqning o`ntasi tanga, o`ntasi tilga, o`ntasi dilga va o`ntasi molga taalluqlidir”.


Oilada kеlinning ham qaynona-qaynota oldidagi burchi farzand burchi dеmakdir. Xalqimizning ma'naviy mеrosi hisoblanadigan mеhnatsеvarlik, mеhr-oqibatlilik, birodarlik, insonparvarlik, mardlik, halollik, iymon-e'tiqodlilik kabi fazilatlarni, Al-Bеruniy, Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Alishеr Navoiy, Al-Farg`oniy, Al-Buxoriy, Imom Tеrmiziy, Bahouddin Naqshband va shu kabi mutafakkirlarimizning ma'naviy mеrosini avaylab-asrash, asrlar davomida qadriyat darajasiga ko`tarilgai milliy ma'naviy mеrosni kеlajak avlodga еtkazish har birimizning jamiyat oldidagi, insoniyat oldidagi, kеlajak avlod oldidagi burchimizdir.
Insonning burchi - mehnat qilish va qo'lidan kelganicha yerni jannatga aylantirishdir. Majburiyatni keltirib chiqaradigan haq emas, balki burch huquqni tug'diradi. Butun insoniyat, aslida, ikki toifaga bo'linadi: kimdir qarz oladi, boshqalari beradi. Burch tuyg'usi biz boshqalarda ko'rishni xohlagan narsadir. Qarzlar milliy miqyosda to'lanishi kerak, aks holda ular to'lanishi kerak. Qarzingizni to'lashga intiling va siz ikki tomonlama maqsadga erishasiz, chunki bu bilan siz uni bajarasiz. Qachonki, tor fikrli odam uyatli ish qilsa, buni o‘z burchim deb e’lon qiladi. Haqiqiy jasorat har qanday ofat va xavf-xatarlarga qaramay, o'zini xotirjam tutishda va o'z burchini tinimsiz bajarishda namoyon bo'ladi. Vazifalar haqida kichik so'zlar Inson erkin bo'lsagina o'z burchini his qiladi. Agar men o‘z burchimni anglagan bo‘lsam, demak, bu xuddi hech qanday haqiqat kabi menga zulm qilmaydigan, men uchun fidoyilik emas, fidoyilik emas, balki o‘zimning o‘zimning jonim uchun fidoyilik bo‘lmaydigan sillogizm, xulosa, fikrdir. tabiiy harakat usuli.



Download 97,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish