O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti ekologiya va hayot xavfsizligi kafedrasi



Download 9,5 Mb.
bet4/64
Sana02.04.2022
Hajmi9,5 Mb.
#525026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Yoshlar fiziologiyas

3. Akseleratsiya.
Tashqi muhit sharoiti, irsiy dasturlar va boshqa omillar ta’siri ostida o‘sish va rivojlanish jarayonlarining tezlashishi akseleratsiya deyilib (lot. asseleratio tezlashuv), bu atamani ilk bor nemis shifokori R. Kox 1935 yilda biologiya va tibbiyot faniga kiritdi. Akseleratsiya faqat jismoniy o‘sishga gina emas, balki aqliy rivojlanishga ham taalluqlidir. Odatda guruh va davr akseleratsiyalari farqlanadi.
Ma’lum bir yoshdagi ayrim bolalarning jismonan va aqlan tengdoshlariga nisbatan ustun bo‘lishi – guruh akseleratsiyasiga misoldir. Hozirgi zamon bolalari va o‘smirlarida oldingi avlodlarga nisbatan o‘sish va rivojlanish jarayonlarining tezlashuvi, balog‘atga yetish davrining vaqtidan oldin boshlanishi, sensor va somatik tizimlarning tezroq rivojlanishini davr akseleratsiyasiga misol qilib olish mumkin. Keyingi 30-50 yil davomida chaqaloqlarning tana massasi 500 g, tana uzunligi esa 2,0-2,5 sm oshib ketdi. 15 yoshli o‘smirlarda tana uzunligi 6-10 santimetrga, tana massasi esa 3–10 kg ga ko‘payganligi qayd qilingan
Yurak-qontomirlari, afasolishvaharakattizimlariningakseleratsiyasisportning “yosharishiga”, ya’ni sport bilan shug‘ullanuvchilar orasida yoshlarning ko‘payishiga olib keldi.
Jismoniy ko‘rsatkichlarning akseleratsiyasi ruhiy rivojlanishning tezlashuviga olib keladi. Ruhiy akseleratsiyaga hozirgi davrda ommaviy axborot vositalari: radio, televideniya, kompyuter va internet tarmoqlarining keng tarqalishi, axborotlar hajmining ko‘payishi tufayli ham sodir bo‘lishi mumkin.
Huddi shuningdek, jinsiy yetilishda ham akseleratsiya kuzatilmoqda.
Masalan, 1900 yillarga nisbatan hozir o‘g‘il va qiz bolalarning jinsiy yetilishi o‘rtacha 23 yilga tezlashgan. Chexoslovakiyada 1914 yilda qizlarda hayz ko‘rish boshlanishi 14 yoshga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, XX asrning oxirlariga kelib 12 yoshga to‘g‘ri kelgan. Tabiiy va ijtimoiy muhitning o‘zgarishi bolalar akseleratsiyasiga katta ta’sir qiladi.
3 – rasm
Bir xil yoshdagi 100 farqi mavjud bolalar



Akseleratsiya ko‘pincha ijtimoiy, tabiiy sharoit o‘zgarishi bilan yuz beradi. Masalan, alimentar omil, ya’ni ovqatlanishning yaxshilanishi, uning oldingi asrlarga nisbatan miqdor va quvvat jihatidan yuqori darajada hamda rang-barang bo‘lishi o‘sish va rivojlanishni tezlashtirgan omillardan biridir. Yana geterozis – aholining keng migratsiyasi natijasida turli millat, irq, kontinent, davlatlar bolalar anatomiyasi valari o‘rtasida nikohlarning ko‘payishi bois tug‘ilgan bolalarning jismoniy rivojida nisbatan ustunlik kuzatiladi.
Urbanizatsiya tufayli ham, ya’ni shahar aholisining ko‘payishi va ushbu sharoitda axborot almashinuvi tezlashganligi bois bolalarning jismoniy va, ayniqsa, aqliy rivoji tezlashadi. Keyingi yillarda ijtimoiy va ijtimoiygigienik sharoitning yaxshilanishi kasalliklarning kamayishiga, sog’‘lom hayot tarzini tashkil qilishga imkoniyat yaratib, o‘z o‘rnida akseleratsiyaga olib kelishi mumkin. Ba’zi bir adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda kosmik nurlarning ta’sirida tegishli mutatsiyalar paydo bo‘lib, ular ham akseleratsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Akseleratsiyaning o‘ziga yarasha negativ taraflari ham mavjud. Masalan, oxirgi 50 yil ichida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar vaznining 11,5 kg ga ko‘payishi o‘z navbatida bolalarda semirishga moyillikni kuchaytirmoqda. Semizlik esa ko‘pchilik kasalliklarga, ko‘pincha yurakqon tomirlar kasalliklari gipertoniya, arteroskleroz, yurakning ishemik kasalligi va boshqalarga olib kelishi mumkin.
5. Odam umirning davrlarga bo‘linishi.
Ontogenez ikkita rivojlanish bosqichiga prenatal va postnatal davrlarga bo‘linadi. Prenatal davr deb, organizmni ona qornidagi rivojlanish davriga aytiladi. Ya’ni bu davrda tuxum hujayra otalanadi va undan homila shakllanadi va chaqaloqning tug‘ilishi bilan tugaydi. Postnatal davr esa tug‘ilgandan to o‘lgunga qadar vaqtni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi paytda amaliy pedagogika va gigienada bolaning yosh davrlari quyidagicha belgilanadi:



1. bog‘cha yoshgacha bo‘lgan bolalar

3 yoshgacha;

2. maktab yoshgacha bo‘lgan bolalar

– 3 dan 7 yoshgacha;

3. maktab yoshidagi bolalar

7 yoshdan 18 yoshcha:




a) kichik maktab yoshidagi bolalar

– 7 yoshdan 11 yoshgacha;




b) o‘rta maktab yoshdagi bolalar

– 11 yoshdan 14 yoshgacha;




v) katta maktab yoshdagi bolalar

– 15 yoshdan 18 yoshgacha.

4 – rasm.


Rivojlanish bosqichlari

A’zo va tizimlarning tuzilish va funksional shakllanishini e’tiborga olgan holda postnatal ontogenez quyidagi davrlarga bo‘linadi:



1. chaqaloqlik davri

1 kundan 40 kungcha

2. go‘daklik davri

– 40 kundan 1 yoshgacha;

3. dastlabki bolalik davri

1 yoshdan 3 yoshgacha;

4. birlamchi bolalik davri

4 yoshdan 7 yoshgacha;

5. ikkilamchi bolalik davri:





o‘g‘il bolalarda

8 yoshdan 12 yoshgacha




qiz bolalarda

8 yoshdan 11 yoshgacha;

6. o‘smirlik davri:





o‘g‘il bolalarda

13 yoshdan 16 yoshgacha




qiz bolalarda 12 yoshdan 15 yoshgacha;

7. navqironlik davri







o‘g‘il bolalarda

17 yoshdan 21 yoshgacha;




qiz bolalarda

16 yoshdan 20 yoshgacha;

8. I yetuklik davri:







Erkaklarda

22 yoshdan 35 yoshgacha;




ayollarda

21 yoshdan 35 yoshgacha

9. II yetuklik davri:







Erkaklarda

36 yoshdan 60 yoshgacha;




ayollarda

36 yoshdan 55 yoshgacha;

10. keksalik davri:







Erkaklarda

61 yoshdan 74 yoshgacha,




ayollarda

56 yoshdan 74 yoshgacha;

11. Qariyalik davri

75 yoshdan 90 yoshgacha;

12. O‘ta qariyalik davri

90 va undan yuqori yosh.

Ontogenezni davrlarga bo‘lishda tibbiy xodimlar, biologlar, morfologlar, biokimyogarlar, geograflar va boshqa ko‘pgina mutaxassislar qatnashib, bunda tana uzunligining, qo‘l va oyoqlarning uzunligi, tana og‘irligi, skeletning suyaklanishi, tishlarning chiqishi, ichki sekretsiya bezlarining shakllanishi, jinsiy rivojlanishi, muskullar kuchi va boshqa antropometrik ko‘rsatkichlar hisobga olinadi.



Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish