O ’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta mahsus ta’lim Vazirligi Sog’liqni saqlash vazirligi Andijon davlat tibbiyot instituti



Download 192 Kb.
bet3/4
Sana22.07.2022
Hajmi192 Kb.
#839984
1   2   3   4
Bog'liq
Presslanadigan massaning qoldiq namligini aniqlash va uning axamiyati

Tajriba qismi : 3.1 Presslanadigan massaning namligini aniqlash
Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasining tuzilishi va ishlash mexanizmi. Presslash jarayoni parametrlarini moslashtirish.
Vazifa.

Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasining tuzilishi va ishlash mexanizmi bilan tanishing.

Presslash jarayoni parametrlarini belgilang.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:
Gidropress.



  1. Zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasi.



  2. Qolip, quyi va yuqori puansonlar (9 va 12 mm li).



  3. Konusssimon silindr (tabletkani itarib chiqarish uchun).



  4. Natriy xlorid.



  5. Kaliy bromid.



  6. Teshigining diametri 1000 mkm li elak.



  7. Mikrometr.



  8. Tarozi va toshlar, slyuda.



  9. Qog’oz kapsulalar.


Ishni bajarish tartibi:
Mashinaning tuzilishi.
 Tabletka tayyorlaydigan mashinalar quyidagi asosiy qismlardan iborat:
1. Harakatlantiruvchi.
2. Uzatuvchi.
3. Ish bajaruvchi.
Zarb bilan ishlaydigan mashinaning ish bajaruvchi sozlamasi qolip, ostki va ustki puansonlar va xampadan iborat.
Qolip. U maxsus po’latdan tayyorlangan silindrsimon shaklli bo’lib, unda bitta yoki bir nechta o’ta silliqlangan teshikchalar bo’ladi. Qolip presslanishi lozim bo’lgan moddalarni o’lchashga va shakl berishga mo’ljallangan. Qolip tabletka tayyorlaydigan mashinaning stoliga maxsus o’rama mixlar yordamida mahkamlab qo’yiladi. Bunda qolip yuzasi stol yuzasiga mos bo’lishi va hampa harakatiga halaqit bermasligi kerak.
Quyi puanson. U bir yoki bir nechta silindr shaklidagi o’ta silliqlangan yassi yoki botiq yuzaga ega bo’lib, qolipning tubini tashkil qiladi. Ish jarayonida pastki puanson qolip ichida yuqoriga va pastga harakat qiladi. Qolip hajmi puansonning tushish darajasini moslash bilan belgilanadi. Puanson qolip ichidagi teshikcha bo’yicha stol yuzasigacha ko’tarilib, presslangan tabletkani itarib chiqaradi. So’ng boshmoq yoki sirpang’ich tabletkani turtib tushiradi va qolipni presslaydigan massa bilan to’ldiradi.
Yuqori puanson. U bir yoki bir nechta silindr shaklidagi o’ta silliqlangan yassi yoki botiq yuzaga ega bo’lib, mashinaning ekstsentrik moslamasiga ulangan bo’ladi. Yuqori puanson ish jarayonida yuqoriga va pastga harakat qiladi. Pastga harakat qilish vaqtida qolip ichiga kirib, massani presslaydi.
Tabletka tayyorlaydigan mashinaning bosim kuchi, yuqori puansonni pastga qanchalik chuqur tushish darajasi bilan belgilanadi. Bu kuch ekstsentrik markaz yordamida amalga oshiriladi. Qolip va puansonlar XVG (DST 5950-73) va X 12 M (DST 5950-3) navli po’lat va boshqa qattiq qotishmalardan tayyorlanadi. Puanson yuza qismining qattiqligi NKS 54-58, qolipniki esa NRS 58-62 bo’lishi kerak.
Xampa. U tabletka tayyorlash uchun mo’ljallangan massa joylashtiriladigan idish. Mashinalarda hampa mashina tanasiga o’rnatilgan bo’lib, u 2 qismdan iborat bo’ladi: harakatsiz (massa saqlovchi) va xarakatli (massani qolipga uzatuvchi) qism.
Qolip hajmini belgilash. Kerakli miqdorda tortib olingan massa qolip teshigiga solinadi. Bunda puanson qolip tubini tashkil qilib, u eng pastki nuqtada joylashgan bo’ladi.
So’ng massa qolipning yuzasi bilan teng bo’lguncha quyi puanson ko’tariladi va shu nuqtada mahkamlab qo’yiladi.
Yuqori puansonni moslashtirish. Qolip hajmini moslashtirib bo’lgach, yuqori puanson asta-sekinlik bilan qolip ichidagi quyi puanson ustiga tushiriladi, natijada massa presslanadi. Presslangan tabletka quyi puanson yordamida itarib chiqariladi va tabletka tashqi ko’rinishi, hamda sinishga bo’lgan qattiqligi bo’yicha baholanadi.
Agar tabletka tez uqalanuvchan bo’lib, etarli qattiqlikka ega bo’lmasa, bosimni oshirish maqsadida yuqori puanson yanada pastroqqa tushiriladi. Agar tabletka qattiqligi ortib ketib, uning suvda parchalanishi qiyin bo’lsa, bu bosim kuchini ortib ketganidan dalolat beradi. Bu holda yuqori puanson bir oz yuqoriga ko’tariladi. Shu tarzda olingan tabletka DF talabiga javob beradigan bo’lguncha yuqori puanson moslanadi va shu xolda mahkamlanadi.
Presslash jarayoni parametrlarini belgilash. Sanoatda ishlab chiqariladigan tabletka mashinalarida, bu jarayonni nazorat qiladigan asbobning yo’qligi tufayli parametrlarni belgilash, gidropress asbobi yordamida amalga oshiriladi.
Presslash bosimini belgilash. Buning uchun quyi puansonni qolipga asos qilgan holda 0,3-0,5 g massa solinadi. Keyin yuqori puanson kiygizilib, gidropress asbobining plunjeriga joylashtiriladi. So’ng ushlagich yordamida asta-sekin ma'lum bosim hosil qilinadi. Bosimning katta-kichikligi olingan moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog’liq bo’lib, 80-300 MPa ni tashkil qiladi. Ko’pincha bosim 200 MPa atrofida bo’ladi. Masalan, kaliy bromidning og’irligi 0,5 g diametri 9 mm bo’lgan tabletkasini tayyorlash uchun 160 MPa (1600 kg/sm2) bosim etarli bo’ladi. U quyidagi tenglama bo’yicha hisoblanadi:
bu erda, Rman -manometr ko’rsatkichi, atm;
26,4 - gidropress plunjerining yuzasi, sm2;

Stab - tabletkaning yuzasi, sm2.


Demak, og’irligi 0,5 g, diametri 9 mm bo’lgan kaliy bromid tabletkasi TST 64-7-170-75 talabiga javob berish uchun 40 atmosfera bosimda presslanishi lozim. Bu esa, 160 MPa ga (1600 kg/sm2) to’g’ri keladi. Bunda olingan tabletka balandligi diametrining 30-40% ni tashkil etadi.
Puansonni moslashtirish. Qolip hajmini moslashtirib bo’lgach, yuqori puanson asta-sekinlik bilan qolip ichidagi quyi puanson ustiga tushiriladi, natijada massa presslanadi. Presslangan tabletka quyi puanson yordamida itarib chiqariladi va tabletka tashqi ko’rinishi, hamda sinishga bo’lgan qattiqligi bo’yicha baholanadi.
XULOSA
Presslanadigan massaning namligini aniqlashdan ko’zlanadigan maqsad va uning ahamiyatini tabletkalar nafaqat qattiq dori shakllari balki korxona sharoitida ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan TDVlari orasida ishlab chiqarish ko’lamining kengligi bilan etakchi xisoblanadi. Ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabletka mashinalarining tuzilishi, ishlash jarayoni mohiyati, qolip hajmi va bosim kuchini belgilashni o’rganish. Presslanadigan massaning texnologik xossalariga qarab maqsadga muvofiq texnologik usul va yordamchi moddalar turi va miqdorini tanlash. Presslanadigan massaning namligini aniqlash, chora tadbirlarini ishlab chiqishni o’rgandim.
Presslanadigan massaning namligini aniqlashdan ko’zlanadigan maqsad Tabletkalar texnologiyasida presslanadigan massaning sochiluvchanligini o’rganish, bu massadan sifatli tabletka olish mumkin yoki mumkin emasligi to’g’risida oldindan xulosa berishga imkon beradi. Ijobiy ko’rsatkichlarni namoyon etgan presslanadigan massalardan sifatli tabletka olish imkoniyati katta bo’ladi. Shunday ekan, presslanadigan massaning aniqlashda qoniqarli natijalarga erishish tabletkalar texnologiyasi va nomenklaturasida muhim ahamiyat kasb etadi. Tabletka mashinalarini ishlash mexanizmini tushunish, ulardagi qolip hajmi va bosim kuchini to’g’ri belgilash, tabletka mashinalarini uzoq va samarali ishlashini ta'minlaydi. Bu jihatdan qolip hajmi va bosim kuchini to’g’ri belgilash katta amaliy ahamiyatga ega ekanligini bilib oldim.
Presslanadigan massaning aniqlashdan ko’zlanadigan maqsad bugungi kunda ikki xil texnologiya mavjud bo’lib, ular to’g’ridan-to’g’ri presslash va nam donadorlash usullarida tabletka olish xisoblanadi. To’g’ridan-to’g’ri va nam donadorlash usullari orqali tayyorlanadigan tabletkalar texnologiyasidagi o’ziga xos tomonlar, shuningdek bu usullar bo’yicha tabletka tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar turi va miqdorini to’g’ri tanlash yuzasidan umumiy tushunchalarga ega bo’lish zarurligini o’rgandim.
Presslanadigan massaning texnologik xossalari va undan olingan andoza tabletkaning zichligi va sochilishi qoniqarli bo’lgan xollarda to’g’ridan-to’g’ri presslab tabletka olish imkoniyati yaratiladi. Bu usul bo’yicha olingan tabletka ham iqtisodiy nuqtai nazaridan, ham biologik samaradorligi jihatidan boshqa usul bo’yicha olingan tabletkalardan bir qator ustunliklarga ega bo’ladi. Biroq aksariyat xollarda tabletkalar nam donadorlash usuli yordamida tayyorlanadi. Shunday ekan, nam donadorlash usuli bo’yicha tabletka tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va texnologik jarayonlar, tabletka ishlab chiqarish texnologiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Men ushbu kurs ishini yozish orqali o’z bilim ko’nikmalarinimni yanada mukammallashtirishga harakat qildim.

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish