2.2. Konsitutsiyamizda taklif etilayotgan o‘zgarishlarda “Habeas Corpus” shakllari
Jinoyat huquqi - huquq tizimining bir tarmogʻi; oliy davlat hokimiyati organi tomonidan oʻrnatilgan, qonun bilan qoʻriqlanadigan, ijtimoiy munosabatlar uchun xavfli boʻlgan tajovuzlarning jinoyat ekanligi va jazoga loyiqligini, jazo choralari tayinlash shartlari va tartibini hamda jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishni belgilaydigan huquqiy meʼyorlar yigʻindisi. OʻzRda Jinoyat huquqining asosiy manbai Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va jinoyat qonunidir. Jinoyat huquqi jinoyat qonunining amalda tatbiq qilinishidan kelib chiqadigan munosabatlarni oʻrganadi, jinoiy javobgarlik asoslari va tamoyillarini belgilaydi. Jinoyat huquqining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qoʻriqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olishdan, fuqarolarni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iborat. Jinoyat huquqi davr talabidan kelib chiqqan holda qonuniylik, fuqarolarning qonun oldidagi tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi qoidalariga asoslanadi. Jinoyat huquqi 2 qismdan iborat. Bular: Umumiy qism va Maxsus qism.
Umumiy qism Jinoyat huquqining vazifalari va tamoyillarini amalda qoʻllanish doirasi, javobgarlikning asoslari, jazo turlari va ularni tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligi va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari toʻgʻrisidagi masalalarni oʻz ichiga oladi. Maxsus qism esa alohida jinoyatlar va shu jinoyatlar uchun tayinlanadigan jazolarni oʻz ichiga oladi12.
Bunda bevosita Sud-huquq islohotlarini yanada chuqurlashtirishning tub maqsadi fuqarolar shaxsiy erkinligi kafolatlari haqqoniy amalga oshirilishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Insonning erkinligi va shaxsiy daxlsizligiga bo‘lgan munosabat, uning huquqiy himoyalanganligining yuqori darajasi — mamlakatda sud hokimiyati shaxs huquq va manfaatlarini himoyalash funksiyasini samarali amalga oshirayotganligida ko‘rinadi.
Barchamizga ma’lum, “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi natijasida “Habeas Corpus” instituti normalarini milliy qonunchilikka yanada izchil tatbiq etish hamda qo‘llash imkoniyatlari kengaydi.
Qamoqqa olish shaxsning erkinligini chegaralash bilan bevosita bog‘liq va shu sababdan mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19, 25 va 44-moddalariga asosan aynan sud tartibida amalga oshirilishi zarur. Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotganlarga sudgacha bo‘lgan tergov bosqichida mazkur ehtiyot chorasini qo‘llashda sud himoyasi huquqini ta’minlaydi.
“Habeas Corpus” institutining joriy etilishi, ya’ni 2008 yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o‘tkazilishi prinsipial qadam bo‘ldi. Ushbu qarorning o‘z vaqtida va puxta o‘ylab qabul qilingani bugungi kunda hayotda o‘z isbotini topmoqda.
Sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash masalalari jinoyat ishlari yurituvining sudga qadar bosqichlarida sud nazoratini kengaytirishni, xususan, lavozimdan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish kabi protsessual majburlov choralarini qo‘llashda tatbiq etilishini taqozo etdi13.
2012 yilning 18 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining ayrim normalariga, shu jumladan, 29 va 31-boblariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, endilikda lavozimdan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirish kabi protsessual majburlov choralari faqat sudyaning sanksiyasi asosida qo‘llash tartibi qonunan mustahkamlandi.
Sud vakolatidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish huquqi chiqarilib, sudda ishni ko‘rishda jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasini o‘qib eshittirish majburiyatini prokuror zimmasiga yuklashni ko‘zda tutuvchi normalar joriy etilgani surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida sud nazoratini kuchaytirishga sharoit yaratdi. “Habeas Corpus” institutini qo‘llash sohasi yanada kengaytirilgani fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalarini amalga oshirish imkonini berdi.
2014 yil 4 sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslariga yana qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, jinoyat protsessual qonunchiligiga uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasining kiritilgani fuqarolarning huquq va erkinliklari himoya qilinishini kafolatlashga xizmat qiladi.
Istiqlol yillarida milliy qonunchiligimizni xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish, demokratik tamoyillar va xalqaro huquqiy talablarga toʻliq javob beradigan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Birgina «Habeas Corpus» institutining milliy qonunchiligimizdan mustahkam joy olgani ham fikrimizning yorqin dalilidir.
XULOSA
Sud vakolatidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish huquqi chiqarilib, sudda ishni ko‘rishda jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasini o‘qib eshittirish majburiyatini prokuror zimmasiga yuklashni ko‘zda tutuvchi normalar joriy etilgani surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida sud nazoratini kuchaytirishga sharoit yaratdi. “Habeas Corpus” institutini qo‘llash sohasi yanada kengaytirilgani fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalarini amalga oshirish imkonini berdi.
2014 yil 4 sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslariga yana qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, jinoyat protsessual qonunchiligiga uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasining kiritilgani fuqarolarning huquq va erkinliklari himoya qilinishini kafolatlashga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur normalar sud-huquq islohotlarining mantiqiy davomi sifatida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini odil sudlov yo‘li bilan himoya qilishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, bu borada qonunchilikdagi ayrim muammolarni bartaraf etishga, eng muhimi, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizatsiya qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |