O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/75
Sana04.03.2022
Hajmi3,68 Mb.
#482233
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Bog'liq
Muzeyshunoslik

(rizaxona)
deb atalardi 
(riza - cherkov xizmatchilari diniy marosim paytida kiyadigan libos).
11 The fir s t treatise on museums. Samuel Q uiccheberg”s inscriptiones 1565.
2013. 26 p.


G‘arbiy Yevropada cherkovlarda xazinalar borligi haqidagi ilk 
m a’lumotlar VII asrga borib taqaladi, ammo franklar qiroli, keyin im- 
perator bo‘lgan Buyuk Karlning (768—814-yillar) taxtga chiqishi bilan 
ulaming qurilishi haqiqiy avj oldi. U Yevropa xalqlarini zabt eta turib
ular o ‘rtasida nasroniylikni joriy qildi, bu bilan yangi cherkovlar va ro- 
hibxonalar paydo bo‘lishiga turtki berdi.
Ahli qavmning badallari va hadyalari ibodatxonalardagi xazinalar- 
ni to‘ldirishning muhim manbalaridan biri b o iib xizmat qildi. Buyuk 
Karlning o‘zi ham sahovatpeshalikda nom chiqardi, u o ‘limidan uch oy 
aw al o‘z boyliklarining uchdan birini merosxo‘rlariga qoldirdi, qolgan 
boyliklarini esa qirollikdagi 24 abbatlik o ‘rtasida taqsimladi. Avarlar va 
arablar bilan boigan janglar vaqtida tortib olingan harbiy o‘ljalar ham 
nasroniylarning xazinalarini toMdirdi, XI-XIII asrlarda “g‘ayridinlar” 
qo‘lidan “Xudoning tobutini tortib olish” maqsadida Sharqqa qilingan 
salb yurishlari eski xazinalami to‘ldirishning va yangi xazinalar paydo 
qilishning muhim manbaiga aylandi.
To‘rtinchi salb yurishi aytilgan fikrga ajoyib misol bo‘lib xiz­
mat qilishi mumkin. Tashqi sabablarga ko‘ra u o ‘zining Misrga qarshi 
yo'nalishini o‘zgartirdi va 1204-yilda pravoslavlaming Konstantinopol 
shahrini bosib oldi, janglar shahami vayron qilish va uning boyliklarini 
talash bilan yakunlandi, madaniyat, san’at yodgorliklariga ham, cherkov- 
lardagi muqaddas ashyolarga ham shafqat qilinmadi. Bunda venetsiya- 
liklar tomonidan olingan harbiy o ‘lja Venetsiyadagi mashhur San Marko 
ibodatxonasi xazinasini yaratishga asos bo‘ldi. Salbchilar talonchilik 
bilan olingan boyliklaming o ‘zlariga tegishli qismini garov tariqasida 
qarz olish uchun fransuz qiroli muqaddas Lyudovik IXda berdilar. Qirol 
esa qarzni qaytarishni talab qilmasdan, qimmatbaho boyliklami Parijda 
maxsus tiklangan Sen-Shapel ibodatxonasiga joylashtirdi.
Ibodatxonalardagi boyliklar tarkibiga diniy marosim xizmatlarida ish- 
latiladigan buyumlardan tashqari Bibi Maryam, havoriylar, din yo‘lidagi 
jafokashlar va nasroniylar olamida ehtirom qilinadigan boshqa shaxslar 
nomi bilan bog‘liq yodgorliklar kirardi. Ruhoniylarning liboslari va


ishlatgan buyumlari, ularning hoki o ‘ralgan matolar, agar ular jafo 
tortib halok b o ‘lgan bo ‘lsa, azoblash va qatl qurollari shular jum - 
lasidandir. Maxsus kumush yoki q o ‘rg‘oshin idishlarda dafn 1am- 
palari moyi saqlanardi. Injil sujetlari tasviri tushirilgan past b o ‘yli 
keng qutilarda Falastin zam inining muqaddas tuprog‘i asralardi. 
Ba’zan u yoki bu yodgorliklar bir necha nusxada mavjud b o ‘lardi, 
ularning egalari esa o ‘zidagi raritetning haqiqiyligini tasdiqlashar- 
di. M asalan, Yevropada kamida 29 ta cherkov va rohibxona aynan 
o ‘zida Isoning q o ‘l va oyog‘ini xochga qoqishda ishlatilgan mixlar 
saqlanishini tasdiqlashardi.
Buyuk Karl imperiyasi tarkibidagi rohibxonalardan birida saqlan- 
gan nasroniylik yodgorliklarining namunaviy tarkibi quyidagicha 
boMgan: “ Rabbimizning belbog‘i, Uning libosi, Uning poyabzali
Uning oxuri, U iordan daryosidan suv olib ichgan idish, Iisus 5 ming 
kishini beshta non bilan to ‘ydirganda o ‘tirgan tosh, U tug‘ilganda nur 
sochgan chiroq, Favor tog‘idan keltirilgan yodgorliklar, Bibi Mar- 
yamning ... sochi, Uning libosi va palliy, havoriy Pyotrning soqolidan 
olingan tuk, uning poyabzali va ko‘ylagi, uning stoli, avliyo Pavel- 
ning stuli, uning libosi...” va hokazo21.
Cherkov tomonidan jafokashlar va avliyolar sirasiga kiritilgan 
kishilaming xoklari, ayniqsa alohida e ’zozlangan. Ularga egalik qi­
lish uchun haqiqiy kurash borgan: ularni sotib olishgan, o ‘g ‘rilashgan, 
qismlarga bo‘lishgan. Muqaddas xoklar maxsus idishlarga - relikva- 
riylarga solib qo‘yilgan, ularni qimmatbaho metallardan, fil suyagi- 
dan, yog‘ochdan ishlab, qimmatbaho toshlar, naqshlar bilan bezak 
berilgan. Relikvariylar ikki tomli uy yoki gotik uslubdagi ibodatxona 
shaklida ishlangan, ba’zan esa xoch, Silindrik idishlar va boshqa diniy 
ashyolar ko‘rinishida ham bo‘lgan. Agar asralayotgan noyob yodgor- 
lik-ashyo muqaddas kishi tanasining qismi bo‘lsa, bunda relikvariy 
qo‘l, oyoq, bosh, barmoq shaklida, ya’ni saqlanishi m o‘ljallanayotgan 
narsa shaklida tayyorlangan.
2 1

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish