Drezden galereyasi
“Qadimiy ustalar” suratlar galereyasi. Ushbu galereya XVI asr-ning
sakson kurfyursti Fridrix Dono tomonidan tashkil etilgan. U o ‘z davri
da rassomlarga homiylik qilgan. 0 ‘z saroyiga Lukas Kranaxni taklif
etib, A.Dyurerga buyurtmalar bergan. Ushbu rassomlaming asarlari ha-
nuz galereyani bezab turadi.
Kolleksiya yig‘ish kurfyurst Avgust 1 dan boshlangan, 1560-yilda
o ‘zining Drezden qasrida Kunskameraga asos soladi. Uning kolleksi-
yasida tangalar, gravyuralar va bir necha asarlari bor edi, ular namoyish
etilmagan, devoriy bezak bo‘lib turgan.
Galereyaning tezda toMdirish ishlari Avgust II Kuchli davrida
bo‘lib, Sakson kurfyursti va Polsha qiroli bo‘lgan. Bir necha 10 yil
lar maboynida u tomonidan b o iajak galereya asosi tashkil etiladi va
Drezden saroyida to‘plam va kolleksiyalar alohida ajratiladi. Suratlar
galereyasi maxsus tayyorlangan binoga “Konyushen” ga ko‘chib o ‘tadi
va shu bilan Drezden galereyasi tarixiga yakun yasaydi.
Avgust III XVII asr o ‘rtalarida saroy to‘plamlarini Yevropa rang-
tasvirining yirik xazinasiga aylantiradi. Hattoki, davlat ishlarini chetga
surib, asar sotib olishga shiddat bilan kirishadi. Avgust III Parijdagi,
Venetsiyadagi va Antverpendagi auksionlarda ishtirok etadi va sotiladi-
gan asarlar haqida m a’lumotlar yig‘ib, mablag1 ayamasdan asarlami
sotib oladi.
1741-yilda Drezdenga gersog Vallenshteynning katta kolleksiyasi,
1745-yilda modenlik gersog Franchesko III d ’Este mashhur to‘plami
sotib olinadi.
XVII asr oxiriga kelib, Drezden badiiy kolleksiyaning ajoyib
markaziga aylanadi. Yuz yillar davomida saksoniyalik zodagonlar o ‘z
qasrlari uchun san’at asarlarini xarid qila boshlaydilar. Ammo Fridrix
Avgust (1694-1733) davrida bu juda ommalashib ketadi. 1722-yil-
da u Yudenxofdagi binoning ikkinchi qavatida, maxsus jihozlangan
xonada saroylar, qasrlar va cherkovlardan yig‘ilgan asarlardan ibo-
rat kartina galereyasini tashkil qiladi. Drezden galereyasi obro‘sining
oshishi Avgust III (1733-1763) davriga to ‘g ‘ri keldi. 1754-yilda
galereyaga Rafaelning eng mashhur «Madonna San-Sisto», hozirgi
kunda “Sikstinlik madonna” nomi bilan m ashhur asarini keltirilishi
unga mashhurlik olib keldi63.
1746-yilda binoga qo‘shimcha ko‘rgazma maydonlari qurilib,
1855-yilga qadar u kartina galereyasi bo‘lib qoldi. Yevropadan Drez-
denga keltirilgan asarlar zal devorlariga asar hajmi va keltirilish
vaqtiga qarab osilgan.
1765-yildan galereyaga “ixtisoslashgan omma” jalb qilina boshla-
di. Uch yil o ‘tgandan keyin 19 yoshli talaba logann Gete Leypsigdan
Drezdenga galereyaning mashhur xazinasini o ‘z ko‘zi bilan k o ‘rish
uchun tashrif buyuradi va o ‘z taassurotlarini matbuotda yoritadi.
1777-yilda rassomlar va diletantlar uchun Myunxen pinekoteka-
si ham o ‘z zallari eshiklarini ochadi. 1760-yildan oldindan berilgan
buyurtmaga asosan Kassel galereyasini ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Landgraf Vilgelm Vll tomonidan tashkil qilingan bu galereya Rem-
brandtning 35 ta, Rubensning 34 ta, Van Deykning 20 ta asarlaridan
iborat edi. 0 ‘sha davrda tasviriy san’at ixlosmandlari bu galereyani
Dyusseldorfda tomosha qilishlari mumkin edi. 1756-yilda Dyussel-
dorf galereyasi ikki qismga: Italiya va Niderland maktabiga ajratildi.
1770-yilda Mariya Tereziya (1740-1780) hamda Iosif II (1765-
1790) tomonidan tashkil qilingan Vena imperator galereyasi katta
ahamiyatga molikdir. Ekspozitsiya 1781-yilda ochiladi. 1720-yilda
imperator Karl VI Shtallburgda yangi ekspozitsiya tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |